Bosh sahifa » Toshkent mahallalari » Qadimiy mahallalar. Zangiota

Qadimiy mahallalar. Zangiota

ZANGIOTA – Beshyog‘och dahasidagi qadimgi mahalla. “Suzukota”, “Chaqar”, “O‘qchi”, “Chuqurko‘prik”, “Zaxariq”, «Samarqand darvoza», “Eshonguzar” mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. Qariyb 100 xonadon yashagan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, kosibchilik, savdo-sotiq, shahar tashqarisidagi yerlari (Zangiota, Qatortol, No‘g‘oyqo‘rg‘on mavzelari)da dehqonchilik hamda bog‘dorchilik bilan shug‘ullangan. Maktab, masjid, choyxona, sartaroshxona, baqqollik va kosibchilik do‘konlari bo‘lgan (20-asr boshi). Meʼmoriy yodgorliklardan Xo‘ja Nuriddin maqbarasi (16-asr) saqlangan. Hozir hududida turar joy binolari qurilgan.

“Zangiota” mahallasi (Samarqand darvoza ko‘chasi, Jizzax tor ko‘chasi, 130) – Shayxontohur tumanida joylashgan hozirgi mahalla. Qisman qadimgi Zangiota mahallasi o‘rnida. «Samarqand darvoza», “Kattabog‘”, “Eshonguzar” va “Suzukota” mahallalari bilan chegaradosh. Rivoyatlarga ko‘ra, Zangibuva (Zangiota) shu mahallada tavallud topib, shu yerda yashagan, so‘ngra Zangiota qishlog‘iga ko‘chib ketgan. 1992 yil fevraldan hozirgi nomda atalgan.

Aholisi 5405 kishi, asosan, o‘zbeklar (2009). Mahalla hududida o‘rta maktab, Navoiy nomidagi madaniyat uyi joylashgan.

“Toshkent” ensiklopediyasi. 2009 yil

O‘xshash maqola

Qadimiy mahallalar. Yalangqar

Post Views: 230 YALANGQAR – Beshyog‘och dahasidagi qadimgi mahalla. Murod, Zevak, Qoratosh mahallalari bilan chegaradosh …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan