Bosh sahifa » Toshkent tarixi » Professorlar shaharchasi

Professorlar shaharchasi

PROFESSORLAR SHAHARCHASI – Sobir Rahimov (hozirgi Olmazor) tumanidagi turar joy massivi. Qamarniso, Mirzo Folib, Forobiy va Toshxo‘jayev ko‘chasi oralig‘ida joylashgan. Loyihasi va qurilish ishlari Toshkent viloyati Zangiota tumani tasarrufidagi yerlarda 1966 yilgi Toshkent zilzilasidan so‘ng boshlangan. Professorlar shaharchasi, asosan, O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent texnika universiteti o‘qituvchi va professorlari uchun xususiy uy-joylar qurilishi maqsadida ajratib berilgan. Shaharchada turar joylar, maktab, bolalar bog‘chasi, kasb-hunar kolleji, Beruniy mahallasi guzari, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish inshootlari, shuningdek, geologlar uchun 44 kottej mavjud. Shaharchada obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilgan.

“Toshkent” ensiklopediyasi. 2009 yil

O‘xshash maqola

«Turkiston albomi»

Post Views: 242 «TURKISTON ALBOMI» – Turkiston o‘lkasi, uning ijtimoiy hayoti, aholining turmush tarzi, madaniyati …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan