X.Bo‘riyeva. Toshkent shahrining tarixiy toponimiyasi (I-bob)

Ushbu rukn orqali Toshkent tarixi va buguniga oid kitoblar haqida ma’lumot hamda ularning matnini siz o‘quvchilarga taqdim etish rejalashtirildi. Birinchi maqola sifatida tarix fanlari nomzodi, dotsent Xayriya Bo‘riyeva qalamiga mansub «Toshkent shahrining tarixiy toponimiyasi» kitobining «XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlari manbalarida Toshkent shahrining tarixiy toponimiyasi» bobi e’tiboringizga havola etiladi

batafsil »

Yangi shahar (ma’lumot)

YANGI SHAHAR – Toshkentning chor Rossiyasi tomonidan bosib olingan (1865)dan keyin vujudga kelgan, yevropacha uslubda qurilgan janubi-sharqiy qismi, Eski shahardan Anhor kanali bilan chegaralangan mustaqil aholi manzili sifatida barpo etilgan. Yangi shahar qurilishi tarixan shakllangan Eski shaharni hisobga olmay, harbiy istehkom tipidagi inshootlar qurishdan boshlangan

batafsil »

Eski Toshkent

ESKI TOSHKENT (Yuqori Toshkent) – qadimda Shosh viloyatiga qarashli shahar nomi. Toshkent viloyatining g‘arbida, Sirdaryoning o‘ng qirg‘og‘ida, hozirgi Chinoz va No‘g‘ayqo‘rg‘on oralig‘ida, «Paxta» temir yo‘li bekatida, Chirchiq bo‘yidagi baland tekislikda joylashgan. Qadimda «Isko Toshkand» deb atalgan («Isko» sug‘dcha – «yuqori»)

batafsil »