Badriddin Chochiy

XIV asrda Toshkentda yashab ijod etgan ko‘zga ko‘ringan shoirlardan biri Badriddin Chochiydir, ya’ni toshkentlik Badriddindir. Ba’zi manbalarda Badriddin Shoshiy ham deb ko‘rsatganlar…

batafsil »

Toshkentnoma. Sebzor dahasi

Sebzor (forscha — olmazor degan ma’noni bildiradi). Daha hududidan Kaykobus, Shaharariq kabi yirik ariqlar o‘tganligi sabab, soya-salqin joylar bo‘lgan. XVI asrda bu yerlarda shayboniylarning dala hovlilari joylashgan

batafsil »

Zangi ota Himmatiy

Zangi ota Himmatiyning tavalludlari haqida ko‘plab rivoyatlar mavjud. Shulardan birida naql qilinishicha, Zangi ota tug‘ilganlaridan so‘ng, ul zotning ota-onalari chaqaloqni Hazrat Xoja Ahmad Yassaviy xuzurlariga olib borganlar. Suhbat asnosida Xoja Ahmad Hazratlarining nigohlari chaqaloqqa tushadi

batafsil »

Ko‘kcha dahasi. Mahallalar. Kallaxona va boshqalar

Kallaxona mahallasi Sag‘bon, Chig‘atoy, Saqishmon mahallalari bilan chegaradosh bo‘lib, bir qismi Eskijo‘va bozori bilan tutash bo‘lgan. Mahallaning nomi haqida turli fikrlar yuradi. Ba’zilar gunohkorlar qatl etiladigan joy – deyishsa, ba’zilar – asirga tushgan bosqinchilar shu yerga keltirilib, qatl etilganlgan haqida gaplar bor va nomi shundan deyishadi

batafsil »

Ko‘kcha dahasi. Mahallalar

Allon hozirgi Olmazor tumanidagi mahalla va ko‘cha. 1988 yilning o‘rtalarida Toshkent shahar toponimik komissiyasining majlislaridan birida Allon ko‘chasi oqsoqollarining ko‘chalarini besabab «Sberkassa» qilib o‘zgartirganlari va o‘z tarixiy nomini qaytarishlarini so‘rab yozgan shikoyatlari ko‘rib chiqildi

batafsil »

Habibullo Qodiriy. Eski Toshkantda (qissa)

Muqaddima – Qani dada, «Afg‘on kelini» hikoyangizni boshlang… – der edim, kayfi kelib turgan choqlarda, otamga. Yuz yoshlardan oshib qolgan otam esa ko‘ksini tutgan oppoq soqolini silab «heh-heh» deb kular, po‘stagi tagidan nosqovog‘ini olib nos iskar va boshidan kechirgan uzun qissasini, ipidan-ignasigacha qoldirmay asta hikoya qilib berar edi: – Bu voqyea boshlangan kezlarda o‘ris hali Toshkantga kelmagan edi. Ammo, el …

batafsil »

Toshkentnoma. Ko‘kcha dahasi. Sag‘bon

Tadqiqotchilar fikricha Ko‘kcha nomi Koxcha, ya’ni qal’acha so‘zidan kelib chiqqan. Bu atama VI-XI asr arxeologiya yodgorligi Ko‘kcha oqtepasiga nisbatan aytilgan. Bu yerda hayot X-XI asrlargacha davom etgan. Oqtepa o‘tgan asrning 80-yillarida tekislanib tashlangan. Dahada uch darvoza (Sag‘bon, Chig‘atoy va Ko‘kcha), 57 mahalla, 47 mavze, 60 masjid va ikki madrasa bo‘lgan

batafsil »

Shayx Zayniddin bobo

Shayx Zayniddin bobo 1164 yilda Bag‘dod shahrida tug‘ilgan. Shayx Zayniddinning otalari — Shayx Shahobiddin Abu Xafs Umar Suxravardiydir. U kishi atoqli olim va jamoat arbobi bo‘lib, «suxravardiyya» tasavvuf tariqatini yaratganlar. «Avoruf ul-maorif» nomli mashhur kitobning muallifi

batafsil »

Xoja Ahror Valiy (1404-1490)

Xo‘sh, Xoja Ahror kim? Bu zotning besh asrdan buyon tillardan tushmay kelishining sababi nimada? Nima uchun bu kishini Xoja Ahror Valiy deydilar? Nega bu kishi haqida ko‘plab, turli tuman mulohazalar yozib kelingan? Tarixiy manbalarda Xoja Ahror haqida g‘oyat muhim ma’lumotlar bor

batafsil »

Ali Banokatiy

Ali ibn Ahmad ibn Muhammad Banokatiy husnixat sohibi – hattotlardan sanaladi. Qadimda Toshkentni Binkat, Banokat deb ham atashgan. Banokatiy Bag‘dodda vafot etganligidan u kishi bu tomonga kelib ta’lim olgan ko‘rinadi

batafsil »

Abu Bakr Shoshiy (1038-1114)

Muhammad ibn Ahmad Shoshiy hijriy 429, milodiy 1038 yili dunyoga keladi. U Ibn Sino vafotidan (1037) bir yil keyin tug‘iladi. Shoshiy Bag‘dodda ta’lim oladi. Tengdosh talabalardan ziyrakligi va bilimdonligi bilan farq qilgan Shoshiy ustodlari nazdida ham katta obro‘ qozonadi

batafsil »