Toshkent gazetalari tarixi

Toshkentda Markaziy Osiyoda ilk gazetalar – «Turkestanskiye vedomosti» («Turkiston vedomostlari») va «Turkiston viloyatining gazeti» 1870 yildan chiqa boshlagan. Turkiston general-gubernatorligi tomonidan tashkil etilgan mazkur nashrlardan ko‘zlangan maqsad mustamlakachilarning yerli xalqlarga o‘zlarining siyosatlarini targ‘ib va tashviq etish bo‘lgan

batafsil »

Shayxontohur dahasi. Qashqar, Qiyot, Qoryog‘di mahallalari

Shayx Umar Bog‘istoniyning o‘g‘li, ilohiyot va tariqat ilmining yirik namoyondalaridan biri, ulug‘ valiulloh Shayx Xovandi Tohur (XIV asr) nomi bilan ataladi. Dahada shaharning uchta darvozasi (Qo‘ymas, Qo‘qon va Qashqar) bo‘lib, ular Yangi o‘rda qurilgan vaqtda o‘rnatilgan

batafsil »

Tarixi Aliquli (Alimquli) amirlashkar. 3-fasl

III. USHBU YERDA O‘RUSIYA LASHKARI BILAN MUSULMONIYA LASHKARINI IBTIDOI URUSH QILG‘ONLARINI(NG) BAYONI TURUR Bu orada bir muncha o‘rus lashkari Berfut pulkuflik boshchiligida Oqmasjid ustiga kelib, Yoqubbek Badavlat noibi Mullo Muhammad Rizo bahodurboshini qamabdi. Va bu xabarni eshitgan zahoti Yoqubbek Badavlat, men va Toshkand askari Oqmasjid madadi uchun shitob va ta’jil bilan jo‘nadik

batafsil »

Toshkent aholisi

Hozirgi Toshkent hududi va Toshkent vohasida yashagan eng qadimiy aholi haqida ma’lumot juda kam. Bu yerda yashagan ibtidoiy odamlarning qadimiy manzilgohlari yuqori paleolit davri (40–12-ming yillik)ga to‘g‘ri keladi. Jez davri (mil.av. 2-ming yillik)da bu hududda chorvador qabilalar, mil.av. 1-ming yillik o‘rtalarida qisman dehqonchilik bilan shug‘ullangan qabilalar yashagan

batafsil »

Tarixi Aliquli (Alimquli) amirlashkar. 2-fasl

II. BU FASLDA XO‘QAND XONLARI BILAN RUSIYA DAVLATI ORALARIGA TUSHKAN VOQEALARNING IBTIDOSINING BAYONI TURUR Ma’lum olg‘aykim, Rusiya sultonlari bilan Xo‘qand xonlari oralariga avvaldan hech muxolifat va dushmanlik tushmay, hamisha muhabbat va oshnolig‘ bo‘lganekan. Bizlarni(ng) asrimizdan ilgari Umarxon vaqtida Xo‘qanddan Shodmonxo‘ja mingboshi amakisi Tursunxo‘ja sudur (bilan) Fitirburxga elchi bo‘lib boribdi

batafsil »

Toshkent shahri tumanlari

Toshkent shahri tumanlarining tashkil etilishi to‘g‘risida qisqacha ma’lumot. Bektemir tumani (Бектемир тумани, Бектемирский район) – O‘zSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1990 yil 27 fevraldagi 3938-XI-sonli qarori bilan tashkil etilgan

batafsil »

Toshkent to‘g‘risida ba’zi ma’lumotlar

1867 yil 11 iyul – Rossiya imperatori Aleksandr II ning Farmoniga binoan Yettisuv va Sirdaryo viloyatlaridan iborat Turkiston general-gubernatorligi tashkil etildi va Yettisuv va Sirdaryo viloyatlarini boshqarish to‘g‘risidagi Nizom asosida Toshkent shahar boshqarmasi tuzildi

batafsil »

Tarixi Aliquli (Alimquli) amirlashkar. 1-fasl

…janobi javhari shamshiri shujoat, quvvati bozui shahomat, ya’ni, Abulfath Mullo Alimquli amirlashkar, shahidi marhumning ibtidoi oftobi davlatlaridan to g‘urubi umr va iqbollarigacha davlatoso mulozimi rikobi humoyun(ida) erdim

batafsil »

Abu Sulaymon Banokatiy

XIV asrda Shoshda yashagan ko‘zga ko‘ringan tarixnafis olimlardan biri Abu Sulaymon Banokatiydir. Uning to‘liq ismi Abu Sulaymon Faxruddin Ali b. Abulfazl Dovud b. Muhammad al-Banokatiy

batafsil »

Yunusobod

Yunusobod tumani. XIX asrning 50-yillarida Taxtapullik Yunushoji ismli savdogar Chinobod, Choshtepa va Oqtepa degan joylarda bo‘sh yotgan bo‘z yerlarni o‘zlashtirishni boshlab yuboradi. Yunushoji obod qilib suv chiqargan yerlarida katta-katta tokzor va mevali bog‘lar barpo qiladi, salobatli qo‘rg‘onlar, karvonsaroylar qurdiradi

batafsil »

Sebzor dahasi. Jangob, Registon mahallalari

Jangob mahallasi. Eskijo‘va, G‘ishtmasjid, Xadra, Chuqurqishloq mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. XVIII asrning 2-yarmida shahar 4 qismga bo‘linib ketadi. Har bir daha (Ko‘kcha, Shayxontohur, Sebzor va Beshyog‘och) alohida hokim tomonidan boshqariladigan bo‘lgan

batafsil »

Sebzor dahasi (Eskijo‘va, Taxtapul, Qumloq)

Eskijo‘va – Oxunguzar, Janggoh, Pushtihammom, Tinchob, Sog‘bon mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan va aholisi asosan savdo-sotiq bilan shug‘ullangan. Mahalla hududida, karvonsaroy, Beklarbegi madrasasi, masjidlar, jumladan, o‘tgan asrning o‘rtalarida Shayxontohurga ko‘chirilgan Xotin masjid, Jo‘vaxona va boshqa baqqollik do‘konlari bo‘lgan

batafsil »

Sebzor dahasi (Chuvalachi, Zarqaynar, Qorasaroy)

Chuvalachi Teshikqofqa, Chigitboshi, Kaduvot, Hasanboy mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. Mahallada 100 dan ortiq xonadon yashagan. Aholisi asosan o‘zbeklar bo‘lib, hunarmandchilik, bog‘dorchilik va dexqonchilik bilan shug‘ullangan

batafsil »