Muhammad Solihxo‘ja

MUHAMMAD SOLIHXO‘JA domla Rahmatxo‘ja o‘g‘li (taxminan 1830–1889) – toshkentlik tarixchi va geograf olim. Toshkentning Shayxontohur dahasidagi «Qoryog‘di» mahallasida tug‘ilgan va shu yerda yashab ijod qilgan. Muhammad Solihxo‘ja bobosi mulla Rahimxo‘ja o‘z nasabnomasi bilan Shayx Xovandi Tohurga (14-asr) borib ulanishini va u Toshkentning «Qiyot» mahallasidagi Bekmuhammadbiy masjidida imomlik qilganligini va dars ham berganligini ta’kidlaydi

batafsil »

Проект реконструкции улицы Заркайнар (Ташкент. Старый город)

Проект-предложение реконструкции улицы Заркайнар в Старом городе Ташкента, был выполнен в рамках программы Реконструкции старогородской части Ташкента до 2020 года. Данный проект подразумевает возвращение улицам Старого города Ташкента исторического облика, с учетом местных климатических условий, натуральных традиционных для строительства материалов, традиционных архитектурных элементов и декора

batafsil »

Xoja Dovud (14 asr)

XOJA DOVUD (14-asr) – Shayx Xovandi Tohurning o‘g‘li. Qabri Shayxontohur dahasining Oqmasjid mahallasi g‘arbida, mahalla masjidining orqasida joylashgan. «Tarixi jadidayi Toshkand» asarida keltirilishicha, o‘sha masjid ham Xoja Dovudning masjidi hisoblangan. O‘tmishda shaharliklar Xoja Dovud qabri masjidida uch kun shar’iy shartlar bilan e’tikofda bo‘lib, nafl ro‘zasini tutishgan. Xoja Dovudning qizidan naqshbandiya tariqati peshvosi Xoja Ahror dunyoga kelgan

batafsil »

Telegraf-telefon stansiyasi

«O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasining «Toshkent telegraf-telefon stansiyasi» (Navoiy ko‘chasi, 28) – ayni vaqtda Xalqaro kommutatsiya markazi (XKM) hisoblanadi. 1932 yil tashkil qilingan. Telegraf-telefon stansiyasi tezkor zamonaviy apparatlar bilan jihozlangan. Quyidagi xizmat turlarini ko‘rsatadi: telegraf aloqasi xizmatlari – umumiy foydalanish telegraf tarmog‘i. Xabarlarni jismoniy va yuridik shaxslarning istalgan pochta manziliga kafolatlangan va qisqa muddatlarda yetkazib berilishini ta’minlaydi; «UzMAIL» xabarlarini ko‘pfunksional ishlab berish …

batafsil »

Mutafakkirlar. Abu Rayhon Beruniy (973-1048)

O‘rta asrning buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy 973 yil 9 sentyabrda Xorazmning qadimgi poytaxti Kot shahrida tug‘ildi. Ayrim manbalarda Beruniyni Kot shahrining tashqarisida tug‘ilgan, shu sababli uni “Beruniy”, ya’ni “tashqarilik” degan taxallus bilan atashgan deyishadi. Yoshligidanoq ilm-fanga qiziqishi orta bordi. Beruniy keyinchalik mashhur olim Abu Nasr Mansur ibn Iroq qo‘lida ta’lim oldi. Ibn Iroq astronomiya, geometriya, …

batafsil »

Академия наук в интеллектуальной истории Узбекистана. Глава II. АН накануне, в годы и после второй мировой войны. Часть 1

Дальнейший рост научно-исследовательских учреждений республики приводит к тому, что в январе 1940 г. на базе Комитета наук организуется Узбекистанский филиал Академии наук СССР (УзФАН) [Узбекистанский филиал Академии наук СССР и его структура // Известия Узбекистанского филиала Академии наук СССР. Ташкент: Фан, 1940. № 1. С. 69-73]. В своей структуре он имел несколько подразделений: Научно-исследовательский институт геологии, Научно-исследовательский ботанический институт, Научно-исследовательский …

batafsil »

Navoiy ko‘chasi

NAVOIY KO‘CHASI – poytaxtning eng qadimiy va markaziy ko‘chalaridan biri. Amir Temur shohko‘chasi va Beruniy ko‘chasi oralig‘ida. Uzunligi 4 km atrofida. Dastlab Hadra maydonidan Anhor kanali oralig‘ida bo‘lgan. 1966 yilgi Toshkent zilzilasidan so‘ng O‘rda ko‘prigidan hozirgi Amir Temur shohko‘chasigacha uzaytirilgan. 1893 yilgacha Toshko‘cha, Kattako‘cha nomlari bilan yuritilgan. So‘ng Shayxontohur ko‘chasi nomi berilgan. 1938 yil ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy …

batafsil »

История одной дунганско-узбекской семьи

Мои родители выросли и жили в селе Каракунуз (ныне село Масанчин) Курдайского района Джамбулъской области в Казахстане. Мама рано овдовела: от тяжелой болезни умер молодой муж. Повторного брака вдов китайская традиция не одобряла. По этому случаю есть поговорка: “Хороший конь не носит двух седел, хорошая женщина не выходит замуж: второй раз”. Следуя ей, многие женщины, оставшись без мужа, отказывались вторично …

batafsil »

Shohiy

SHOHIY (taxallusi; to‘liq ismi Shoxo‘ja Hakim ibn Shofayzxo‘ja Shayx Xovandi Tohuriy) (19-asr) – ma’rifatparvar shoir, tabib. Toshkentning Oqmasjid mahallasida tug‘ilgan. Dastlab Yunusxon madrasasida mudarrislik qilgan. O‘rta Osiyo, Kavkaz, Turkiya, Suriya, Misr, Iroq, Saudiya Arabistoni kabi mamlakatlarda bo‘lib, u yerdagi ta’lim-tarbiya ishlari bilan qiziqqan. Shohiy tabobatdan dars bergan. Chag‘miniy (14-asr)ning «Qonuncha» asarini o‘zbek tiliga o‘girgan

batafsil »

Образ периодической печати на страницах газеты «Туркистон» в 1922–1924 гг.

В данной статье проанализированы проблемы периодической печати, поднимавшиеся в 1922–1924 гг. на страницах газеты «Туркестан». Автором, на основе первоисточников, раскрыт ряд проблем периодической печати 1922–1924 гг. Ключевые слова: периодическая печать, газета, статья, сообщение, заметка, Туркестан, Узбекистан, журналистика. Сто лет прошло с момента появления периодической печати на территории Республики Узбекистан. В течение этого периода периодическая печать прошла своеобразный путь развития: публицистические …

batafsil »

Shohjuvortepa

SHOHJUVORTEPA – o‘rta asr shahri xarobasi (4–12-asr). Toshkent viloyatidagi Piskom daryosi so‘l qirg‘og‘ida, Piskom qishlog‘i qarshisida joylashgan. Dastlab (1906) I.V.Mushketov qayd qilgan. Yu.F.Buryakov (1964, 1974–1981), M.R.Tixonin (1982–83) qazish ishlari olib borgan. Maydoni – 10 gektar. Yirik hisor (maydoni 2,25 ga), qo‘sh mudofaa devori bilan o‘ralgan shahristondan iborat. Hisor shahristondan chuqurligi 11,5 m keladigan xandaq bilan ajratilgan

batafsil »

Xonaqoh

XONAQOH – Beshyog‘och dahasidagi qadimgi mahalla. Tikanlik mozor, Murod, Ko‘kmasjid mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. 300 ga yaqin xonadon yashagan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, hunarmandchilik, baqqollik va dehqonchilik (shahar tashqarisidagi dalalarida) bilan shug‘ullangan. Choyxona, temirchilik ustaxonalari, misgarlik ustaxonasi, baqqollik do‘konlari, masjid bo‘lgan (20-asr boshi)

batafsil »

Toshkent-2200. Qadimgi Choch yodgorliklarida olib borilgan kimyoviy-texnologik va ta’mirlash ishlari tahlili

1966 yil 1 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya instituti tarkibida maxsus ilmiy laboratoriya tashkil etildi. Unga respublikamizda ochilayotgan arxeologik yodgorliklarda topilayotgan noyob san’at asarlari, turli hunarmandchilik mahsulotlari va me’moriy yodgorliklarni tabiiy fan usullari yordamida o‘rganish, ularni ta’mirlash va saqlash usullarini yaratish va zaruriy amaliy ishlarni bajarish yuklatilgan edi

batafsil »