Eski va yangi Nukus ko‘chasi

Hozirgi Nukus qadim tarixga ega ko‘cha. Inqilobdan avvalgi davrda ushbu ko‘cha Mariin ko‘chasi deb nomlanib, Pervushkadan (savdogar Pervushinning sharob zavodi oldidagi maydon) Mirobod bozorigacha bo‘lgan. Aynan shu ko‘chada 1905 yilda otlar deposi, tramvay yo‘li qurilishidan keyin esa – tramvay deposi joylashgan. Unda tanish Turkiston arxitekturasini eslatib turuvchi bino qolgan bo‘lib, 1941 yilda Toshkentga evakuatsiya qilingan “Podyomnik” zavodi joylashgan. Hozirgi kunda …

batafsil »

Said Olimxon – so‘nggi mang‘it hukmdori

Alim Khan (1880-1944), Emir of Bukhara

Qadimdan Islom dinining tayanchi deya eʼtirof etilgan Buxoroning so‘nggi, o‘ninchi hukmdori bo‘lmish Amir Olimxonning hukmronlik yillari o‘ta ziddiyatli kechdi. Bir tomondan qizil armiya hujumi, ikkinchi tomondan esa, ichki muxolifat – «Yosh buxoroliklar» partiyasi amirlikning barham topishini tezlashtirdi. Amir 1881 yilda Karmanada dunyoga kelgan, o‘n ikki yoshida otasining istagi bilan Peterburgdagi Nikolayev kommunasida uch yil davomida, maxsus tezlashtirilgan tartibda xarbiy muhandislik …

batafsil »

Rossiya imperiyasining Turkistonda yer egaligi munosabatlari islohoti

Turkistonda Rossiya imperiyasi tomonidan yer egaligining musulmon yaʼni shariat tizimini isloh qilish yo‘lida olib borgan islohotlar ichida, birinchi navbatda, yangi tizimning asosiy muxoliflari — yirik yer egalari va musulmon ruhoniylari boshqaruvining zaiflashuviga olib kelgan fon Kaufman tomonidan amalga oshirilgan yer islohotini hisoblash mumkin. 1869 yil oktyabr oyida fon Kaufman tomonidan tuzilgan, general-mayor Gomzin boshchiligidagi rus maʼmuriyati vakillaridan tashqari va mahalliy …

batafsil »

Toshkent qozilari

O‘rta Osiyoda huquqiy masalalar ko‘p asrlar davomida islom shariati ahkomlariga ko‘ra qozilar tomonidan hal etilgan. XIX asrning ikkinchi yarmida xonliklardagi zaif siyosiy boshqaruvdan foydalanib Rusiya imperiyasi o‘lkani bosib oldi va Turkistonda o‘z qonunchiligini qaror toptirishga kirishdi. Huquqiy islohotlar imperiya tarkibida yangi tashkil etilgan Turkiston general-gubernatorligi markazi Toshkent shahridan boshlandi. Aytish joizki, chor hukumati mustahkam mahalliy huquq tizimi qarshiligiga duch keldi. …

batafsil »

Buxoro amirligi Qushbegisi arxivining shakllanish tarixi

Buxoro amirligi tarixini yoritishda bugungi kunda saqlanayotgan Qushbegi arxivi materiallari tarixchilar uchun muhim tarixiy materiallardir. Buxoro amirligi qushbegi arxivining hozirgi holatigacha bo‘lgan shakllanish jarayonlari ham uzoq davrni bosib o‘tgan bo‘lib, buni quyidagi jihatlarda ko‘rib o‘tamiz. Viloyatlardan amirning Arkiga haftalik maʼlumotlar choparlar orqali yetkazib turilgan. Bunday hujjatlar asosan bir xil shaklda tuzilgan. Yuqoridagi o‘ng burchagiga «Hazrat Haqq subhonahu va taʼolo», chap …

batafsil »

Turkistondagi birinchi musulmon banki

Termizdagi birinchi bank binosi Ushbu tarixiy inshoot 1902 yilda Buxoro amiri Abdulahadxon (1886-1910) buyrug‘i bilan Abduvosiboy Halimboy o‘g‘li mablag‘lari hisobiga qurilgan. Ushbu imoratning tarixiy ahamiyati shundaki, u Buxoro amirligining sharqiy bekliklari, shu jumladan, hozirgi Surxondaryo viloyati va Tojikiston Respublikasi hududidagi dastlabki bank binosi bo‘lgan. Bu bankning Turkistondagi boshqa banklardan farqi shundaki, uning tashkil topishida rus kapitali umuman ishtirok etmagan. Binobarin, …

batafsil »

Bodavlat, Otaliq g‘oziy – Muhammad Yoqubbek haqida

Yoqubbek botirning qabrda kesilgan boshi Qo‘qon xonligi tarixida Muhammad Yoqubbek (xalq orasidagi laqabi – Bodavlat, Otaliq g‘oziy)ning nomi tez-tez uchrab turadi. Asli Toshkent yaqinidagi Pskentda Qurama qozisi Pirmuhammadbek oilasida dunyoga kelgan Muhammad Yoqubbek yigitlik davrida Qo‘qon xonligi askari xizmatiga olinadi. Harbiy isteʼdodi va xizmatlari uchun u oldin Xon o‘rdasi botirboshisi, ellikboshi, yuzboshi va ponsod (besh yuz sonli qo‘shin boshlig‘i) darajasiga …

batafsil »

Temuriylar xilxonasining ochilishi: Amir Temur, Shohrux va Mirzo Ulug‘bek byustining yaratilish tarixi, qabriga qaytarish unutilgan Bibixonim jasadi

Bu muhim tarixiy voqeaning ro‘y berganiga shu yilning iyun oyida roppa-rosa 80 yil to‘ldi. 1941 yilning 12 martida SSSR Xalq Komissarlari Soveti va VKP(b) Markaziy Komiteti “Alisher Navoiyning 500 yillik yubileyini o‘tkazish to‘g‘risida” qaror qabul qilgan. Oradan ikki oy o‘tgach, 1941 yil 15 iyunda go‘yo shu qarorga binoan, buyuk o‘zbek shoiri yashagan tarixiy davrni o‘rganish maqsadida Moskvadan bir guruh olimlar …

batafsil »

Система водного права и водопользования в Ташкенте, сложившаяся к моменту российского завоевания

После того, как во второй половине XIX в. Туркестанский край стал частью Российской империи и было образовано Туркестанское генерал-губернаторство, главной целью правительства стала реализация политики, направленной на подчинение экономики региона интересам экономики империи. Известно, что в конце XIX — начале XX вв. в России стремительно развивалась текстильная промышленность, и растущий спрос на сырье, к тому же риск остановки экспорта хлопка из …

batafsil »

Aleksandr Byornsning 1838 yilgi hisobotida Qo‘qon xonligidagi ayrim jarayonlar

Aleksandr Byornsning 1838 yil 01 fevraldagi hisobotida Qo‘qon xonligidagi ayrim jarayonlar Aleksandr Byornsning shaxsi ko‘pchilikka maʼlum. Uning birgina “Buxoro sayohatnomasi” asari muallif tirikligidayoq katta shuhrat qozongan. Aleksandr Byorns 1835-1838 yillari Afg‘oniston hukmdori Do‘st Muhammadxon huzurida elchi vazifasida faoliyat ko‘rsatadi. Elchilik davomida nafaqat Afg‘oniston, balki O‘rta Osiyo, Eron va Xitoy Turkistonidagi jarayonlarga katta qiziqish bildirib, bu haqda Hindiston general-gubernatori idorasiga yozgan …

batafsil »

O‘zbekiston Oliy sudining birinchi raisi va uning ayanchli qismati

Saʼdulla Qosimov yoxud «Qosimovchilik ishi» Saʼdulla Qosimov 1901 yil Toshkent shahrida dunyoga kelgan. 1909 yildan mashhur muallim Eshonxo‘ja Xoniyning yangi usuldagi “Xoniya” boshlang‘ich maktabida, 1916 yilgacha Munavvarqori Abdurashidxonovning rushdiy “Namuna” maktabida o‘qigan. Ayni paytda rus-tuzem maktabida o‘qib, rus tili va zamonaviy fanlarni ham o‘zlashtirgan. 1918-1920 yillarda “O‘zbek pedagogika bilim yurti”da tahsil olgan. 1919 yil dekabr oyigacha o‘qituvchi bo‘lib, 1919 yil …

batafsil »

“Yangi Sanganak” xazinasi

Toshkent viloyati Parkent tumani “Yangi Sanganak” qishloq fuqarolari yig‘inida yashovchi Imomali Boymaqov o‘z hovlisida issiqxona qurishga joy tayyorlash uchun qazish ishlarini olib borayotganida ichiga mis tangalar solingan sopol ko‘zaga duch kelgan va 2021 yilning 11 mart kuni Temuriylar tarixi davlat muzeyiga borib, xazinani davlatga topshirish niyatida ekanini bildirishi bilanoq, ishchi guruh tuzilib, topilma yeriga yetib boriladi. Issiqxona qurish uchun tayyorlangan, …

batafsil »

Qo‘qon o‘rdasi

Farg‘ona vodiysidagi qadimiy shaharlardan bo‘lgan Qo‘qonda vodiydagi boshqa shaharlarga nisbatan meʼmoriy yodgorliklar ko‘p saqlanib qolgan. Dahmai shohon, Jome masjidi, Komolqozi (Xo‘ja dodxoh), Norbo‘tabiy, Miyon hazrat, Dasturxonchi madrasalari, Madarixon dahmasi, Xudoyorxon saroyi va boshqa ko‘plab yodgorliklar shaharning tarixiy qiyofasini belgilab, uning husniga husn bag‘ishlab turibdi. Ko‘hna shahar markazidagi tepalikda o‘rnashgan ulkan saroy, Qo‘qon o‘rdasi XIX asr meʼmorchilik yodgorliklari ichida tashqi ko‘rinishi …

batafsil »

Farg‘ona oblastidagi qadimgi Axsi shahrining tarixi

Farg‘ona o‘blastida qadimgi zamonlarda poytaxt bo‘lib turgan Axsi yoki Axsikat degan katta shahar bo‘lgan ekan. Bul kunlarda mazkur shaharning o‘rni va atrofi yaxshi maʼlumdir. Chunonchi, Namangon uyezdiga tobye xud Namangon shahridin o‘n besh chaqirim masofada Axsi bo‘lostida daryo labida bir necha qishloqdin iboratdur. Bul xususda tavorix kitoblardin mazkur Axsikat xususida xabar olib, tavorix uchun biror risola tasnif qilmoq lozimdur. Yaʼni, …

batafsil »

Toshkent shevasi

TOSHKENT ShEVASI – o‘zbek adabiy tiliga asos bo‘lgan yetakchi shevalardan biri, o‘zbek tilining qarluq-chigil lahjasiga kiradi. Unda qipchoq lahjasi elementlari ham uchraydi: yur-jur, ayrim-ajrim (semantik differensiatsiya mavjud), yo‘nalish-jo‘nalish, ayrilmoq-ajralmoq. Toshkent shevasi singarmonik emas, masalan, tegiz va taqiz, o‘tqaz, kirg‘iz va h.k.; Toshkent shevasida adabiy tildagi kabi 6 unli, singarmonik-qishloq shevalarida – 9 unli. Singarmonik bo‘lmagan shevalar va adabiy tilda indifferent …

batafsil »