Ханы, заставившие Китайcких императоров считаться собой (часть 1)

…После Нарбута-бия на кокандский престол вступил его старший сын Алим, принявший титул хана (1798—1810). По отзыву кокандских авторов, «Алим-хан был храбрым государем». При нем Коканд подчинил себе Ташкент, Каратегин, Дарваз и Бадахшанские владения. Как сообщают кокандские историки, Алим-хан повел войско также и на Кашгарию и захватил ее. В «Тарих-и Шахрухи» содержатся следующие сведения о подчинении Алим-ханом Кашгарии: «Правители семи городов …

batafsil »

Muhammad Yoqubbek – Xitoydagi Yettishahar davlatining Pskentlik hukmdori (2-maqola)

Davomi. 1-qismni o‘qish Sharqiy Turkistondan tashvishli xabar… Xon Sulton Sayidxon Toshkent o‘rdasiga kelib o‘rnashdi. Uning oldiga Muhammad Yoqubbek ham kelib, salomga kirdi. Amir lashkar Alimqulga bu paytda Sharqiy Turkistonning Qashqar shahridan xat-xabar kelgan bo‘lib, uni bu masala ko‘p o‘ylantirib qo‘ygan. Sarkarda Qashqar va uning atrofi, u yerda bo‘layotgan voqealarga ko‘pdan e’tibor berib yurgan edi. Chunki, Sharqiy Turkistondagi manchjurlar hokimiyatiga qarshi …

batafsil »

Muhammad Yoqubbek – Xitoydagi Yettishahar davlatining Pskentlik hukmdori (1-maqola)

Turkiston xalqlari tarixida o‘chmas iz qoldirgan siymolardan biri Muhammad Yoqubbek Badavlatdir (1820–1877 yy.). Muhammad Yoqubbek XIX asrning ikkinchi yarmida Qo‘qon xonligi va Sharqiy Turkiston hududida katta harbiy tashkilotchilik ishlarini olib borgan atoqli sarkarda va davlat arbobi sifatida mashhur bґlgan. U manbalarda turlicha, jumladan, «Muhammad Yoqubbek», «Yoqubbek Badavlat», «Otaliq G‘oziy», «Qushbegi» kabi nomlar bilan qayd etilgan. Muhammad Yoqubbek 1820 yilda Toshkent …

batafsil »

Chingizxonning nabirasini musulmon qilgan shayxni bilasizmi?

2020 yilda “Buxoro – Islom madaniyati poytaxti” Milodning IX asri boshlaridayoq “Qubbat ul-islom” – “Islom dinining gumbazi” nomi bilan mashhur bo‘lgan Buxoro, tarixchi Narshaxiyning guvohlik berishicha, mashhur fiqhshunos olim Abu Xafsi Kabir Buxoriy (767–832) tufayli shu nomga sazovor bo‘lgan. Buxoroning shonli tarixida shayx Sayfiddin Boharziy (1190–1261) faoliyati tufayli shaharning shuhrati islom olamida yanada yuksaldi. Shu sababli oradan to‘rt asr o‘tgach, …

batafsil »

Ertaga “TASHKENT BOOK FEST – 2019” – I Toshkent xalqaro kitob koʻrgazma-yarmarkasi boshlanadi

Shu yilning 2-4-oktyabr kunlari “TASHKENT BOOK FEST – 2019” – I Toshkent xalqaro kitob koʻrgazma-yarmarkasi boʻlib oʻtadi. Bu haqda AOKA xabar berdi. Oʻzbekistonda ilk marotaba oʻtkazilayotgan ushbu yirik madaniy tadbirda yetti mamlakat — Buyuk Britaniya, Germaniya, Qozogʻiston, Koreya, Qirgʻiziston, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya davlatdan 16 ta nashriyot va kitob savdo tashkilotlari vakillari ishtirok etadilar. Shuningdek, Oʻzbekistondagi elchixona va xorijiy kompaniyalar, xususan, …

batafsil »

Buxoroda X asrga oid koʻprik qoldiqlari topildi

Buxoro viloyatining Romitan tumanida joylashgan “Xoʻja Niyoz Xorazmiy” maqbarasi oldidan oqib oʻtuvchi zovurda qurilish ishlari olib borilayotgan paytda suv ostidan X asrga taalluqli Laq-Laqa koʻprigi topilgan. Toshkent arxeologiya tadqiqot instituti mutaxassislari koʻprik X asrda qurilgani va XVI asrda qayta taʼmirlanganini tasdiqladi. Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, mazkur hududda tadbirkor Nizom Huseynov tomonidan ekoturistik markaz yaratish boʻyicha ham …

batafsil »

Tariximizdagi talaba-rektor haqida bilasizmi?

1918-yilda fidoyi maʼrifatparvar Munavvarqori Abdurashidxonov tashabbusi bilan Turkiston xalq milliy dorilfununi sifatida faoliyat boshlagan Oʻzbekiston Milliy universiteti bu yil bir yuzi bir yoshni qarshiladi. Uning musulmon xalq dorilfununidan to bugungi Milliy universitetgacha bosib oʻtgan yoʻli, jumladan, 1918-yilda Turkiston xalq universiteti, 1919–1923-yillarda Turkiston Davlat universiteti, 1923–1960-yillarda Oʻrta Osiyo Davlat universiteti, 1960–2000-yillarda Toshkent Davlat universiteti, 2000-yildan boshlab Oʻzbekiston Milliy universiteti davrlari ham …

batafsil »

Anvar Posho: “Sulh bitimi faqat Turkiston tuproqlaridan butun rus askarlarini olib chiqib ketilgandan keyingina boʻlishi mumkin…Bu yer ruslarniki emas, balki turkiy xalqlarning asl yurtidir”

Eng soʻnggi umidni qonga boʻyagan,  Oh, qanday xayrsiz zamonlar kelgan.  Faryodim dunyoni boʻgʻib oʻldirsin,  Qop-qora baxtimga shaytonlar kulsin. Choʻlpon Posho Anvar Posho 1881-yilning iyun oyida Istanbulda tavallud topdi. Harbiy bilim yurtida, keyinroq Istanbul Bosh Shtab akademiyasida tahsil olgan. 1909 — 1911-yillarda Berlinda Harbiy attashe lavozimida xizmat qilgan. Turkiya, Makedoniya, Kavkaz, Germaniya, Rossiya hamda hayotining soʻngida Turkistondagi siyosiy jarayonlarda qatnashgan. Yosh …

batafsil »

Davlat tili maqomi (tarixiy-huquqiy tahlil)

O‘zbek tili dunyoning eng rivojlangan tillaridan biri ekanligi allaqachon isbotlangan. U mumtoz adabiy an’anaga, keng tarmoqli leksikaga va boy ifoda vositalariga ega. Ma’lumki, o‘tmishda o‘zbek tilining maqomi turlicha bo‘lgan. Ish yuritishda Husayn Boyqaro davrida (XV asrning ikkinchi yarmi – XVI asrning boshi) kamroq, amirliklar davrida ko‘proq qo‘llangan. Sobiq ittifoq davrida, aniqrog‘i, 1918 yilda go‘yo tillar tengligi ta’minlangan – Turkiston ASSRning …

batafsil »

Qadimiy mahallalar. Beshog‘ayni

BESHOG‘AYNI – Sebzor dahasidagi qadimiy mahalla. Kohota, Hovuzli, Qoratut, Qoshiqchilik mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. Qariyb 150 xonadon yashagan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, chakana savdo va hunarmandchilik, shahar tashqarisidagi yerlarida dehqonchilik bilan shug‘ullangan, 2 masjid, qabriston, choyxona, baqqollik do‘konlari, sartaroshxona, juvozxona, tegirmon, to‘quv ustaxonasi bo‘lgan (20-asr boshi). Hozirgi hududida 4–9 qavatli turar joy binolari qurilgan. «Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

batafsil »

Eski oʻzbek yozuvi

Eski oʻzbek yozuvi – arab grafikasi asosida shakllangan va 11-asrdan 20-asrning boshlarigacha qoʻllangan oʻzbek yozuvi; arab alifbosidagi 28 ta harfga arab tilida boʻlmagan, lekin eroniy va turkiy tillarga xos boʻlgan tovushlarni ifodalash uchun yana 4 ta harf qoʻshish bilan shakllantirilgan. Ushbu harflar arab alifbosidagi tayyor harflarga qoʻshimcha nuqta yoki chiziq orttirish yoʻli bilan hosil qilingan va ularning har biri alifbo …

batafsil »

Yekaterina II saroyidagi Buxoro elchisi

Buxoroning markaziy koʻchalaridan birida, ulkan Koʻkaldosh madrasasi va Shohsanam masjidi oldida koʻrimsizgina, lekin, meʼmoriy yechimi bilan oʻziga xos boʻlgan Ernazar Elchi madrasasi mavjud. Ikki qavatli bu inshoot oq marmardan qurilgan va sharqona bezaklar bilan jilolangan. Ichki hovlisi keng boʻlib, mudarrislar va talabalar uchun xonalar va hujralar bor. Vaqf mablagʻlari hisobiga oʻz davrida bu yerda shogirdlar bepul taʼlim olish barobarida nafaqa …

batafsil »

Xonning soʻnggi ilinji (birinchi maqola)

Xudoyorxonning Angliyada, qirolicha Viktoriya huzurida boʻlgani, xonlik taqdiri borasida u bilan muzokaralar olib borgani haqidagi hujjatlardan xabardormisiz? Bu xon uchun Vatanni mustamlakachilardan asrab qolishning soʻnggi chorasi edi. Xudoyorxonning bu yoʻlda chekkan zahmatlari ozmuncha edimi? Uning taxtga uch marta – 1845, 1862 va 1865 yillarda chiqib, yigirma besh yil chamasi mamlakatni boshqarganligi koʻpchilikka ayon. Xudoyorxon ilk bor 1858 yili akasi Mallaxon …

batafsil »

Toshkentda fransuz olimi Choʻlpon hayoti va ijodi toʻgʻrisida maʼruza qiladi

Yevropa tillari bayrami munosabati bilan Fransiya elchixonasi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasida Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romanini fransuz tiliga tarjima qilgan fransiyalik tadqiqotchi Stefan Dyuduanon (Stéphane Dudoignon) bilan uchrashuv tashkil etmoqda. Bu haqda Fransiya elchixonasining matbuot xizmatiga tayanib Korrespondent.uz xabar qildi. Uchrashuvda Stefan Dyuduanon O‘zbekiston tarixi va madaniyati, jumladan, jadidchilik harakati hamda Cho‘lpon hayoti va ijodi to‘g‘risida ma’ruza qiladi.​ Ma’ruza 26-sentabr …

batafsil »

Buyuk ipak yo‘li: nega cho‘l o‘rtasidagi quduqlarda doim suv bo‘lgan?

Xitoy va Markaziy Osiyo shaharlarini O‘rtayer dengizi mamlakatlari bilan bog‘lovchi Buyuk ipak yo‘li ko‘p asrlar davomida ushbu hududlar o‘rtasidagi savdo va madaniyat almashinuv jarayonlarida muhim rol o‘ynagan. U eramizdan avvalgi II asrda Xitoy va Farg‘ona vodiysi shaharlari o‘rtasidagi savdo yo‘li sifatida yuzaga kelgan bo‘lib, keyinroq Sharq va G‘arb o‘rtasidagi muhim transport aloqa yo‘li maqomini egalladi va o‘rta asrlarga qadar amal …

batafsil »