Bosh sahifa » Toshkent shahri » «O‘zbekiston» anjumanlar sayroyi

«O‘zbekiston» anjumanlar sayroyi

«O‘ZBEKISTON» ANJUMANLAR SAROYI (Taraqqiyot ko‘ch., 1) – Toshkent shahrining 2200 yilligi munosabati bilan qurilgan muhtasham inshoot («Tashgiprogor» va «Po‘lat qurilma loyiha» institutlari loyihasi asosida; bosh pudratchi – «Neftgazmontaj» qo‘shma korxonasi). O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 5 iyundagi qarori asosida bunyod etilgan. Qurilish ishlari 2008 yil may oyida boshlanib, 2009 yilning iyul oyida yakunlangan. Saroy malakali poytaxt quruvchilari tomonidan bunyod etilgan. Saroyning ichki pardozi va jihozi Germaniya, tashqi tomon ko‘rinishi Gretsiya mutaxassislari tomonidan amalga oshirilgan.

«O‘zbekiston» anjumanlar saroyida mamlakat miqyosida, shuningdek, e’tiborli xalqaro tashkilotlar faoliyati doirasida turli-tuman tadbirlar, uchrashuvlar, tantanalar o‘tkaziladi. Saroy 9,5 ming m2 dan ziyod maydonni egallagan. Uning 2200 o‘rinli bitta va har biri 300 o‘rinli 2 ta konferens-zali bor. Old qismini baland kolonnalar bezab turibdi. Tepasida balandligi 50 metrli, 52 diametrli gumbaz o‘rnatilgan. Tashqi bezagida zamonaviy qurilish materiallari, noyob oq marmar, oynadan keng foydalanilgan.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

O‘xshash maqola

Toshkentning tog‘li hududidan Turk xoqonligi davri qabristoni topildi

Post Views: 440 Toshkent shahridan 100 km shimoli-sharqda, G‘arbiy Tyanshan tog‘larining dengiz sathidan 1000 metr …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan