Bosh sahifa » Toshkentliklar » Nuriddin Akramovich Muhitdinov

Nuriddin Akramovich Muhitdinov

Nuriddin Akramovich Muhitdinov (1917 yil 19 noyabr – 2008 yil 27 avgust) – davlat va siyosat arbobi, diplomat. Toshkentda tug‘ilgan. Moskva savdo-kooperativ institutini tugatgan (1938). 2-jahon urushi qatnashchisi. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining kotibi (1950–51), Ministrlar Sovetining raisi (1951–55), Tashqi ishlar vaziri (1953–54), O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining 1-kotibi (1955–57).

Nuriddin Akramovich Muhitdinov 1957–61 yillarda KPSS Markaziy Komitetining kotibi, keyin “Sentrosoyuz” boshqaruvi raisi o‘rinbosari (1962–66), Chet mamlakatlar bilan madaniy aloqalar komiteti raisining 1-o‘rinbosari (1966–68), SSSRning Suriyadagi elchisi (1968–77), Ittifoq savdo-sanoat palatasi raisining o‘rinbosari (1977–85). 1987–96 yillarda “Yodgorlik” tarixiy-madaniy meros jamiyati raisi, «Oltin meros» xalqaro xayriya jamg‘armasi maslahatchisi (1996 yildan). Chig‘atoy qabristoniga dafn etilgan.

“Toshkent” ensiklopediyasi. 2009 yil

O‘xshash maqola

Badriddin Chochiy (1285–1344)

Post Views: 232 BADRIDDIN CHOCHIY (taxalluslari: Chochiy, Badr, Shoshiy) (1285–1344) – shoir. Toshkentda tug‘ilgan. Misrda va …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan