Bosh sahifa » Shosh hokimlari » Normuhammad qushbegi

Normuhammad qushbegi

NORMUHAMMAD QUSHBEGI – Qo‘qon xonligining Toshkentdagi noibi (1847–1852, 1863–64), qipchoqlardan. Qurama hokimi (1846–47). Xonlikdagi yuqori mansablarni olgan: dodhoh (1844), qushbegi (1850). Toshkent zodagonlari va ponsodlari ko‘magida xon noibi Aziz parvonachini Toshkentdan quvib yuborgan, qo‘zg‘olonni bostirgan. Qo‘qon xonligi mingboshisi Musulmonqul Toshkentni qamal qilgan. Normuhammad qushbegi qo‘shini shahar tashqarisiga chiqib jang qilib zafar quchgan. Musulmonqul Ketmontepaga qochgan. Toshkent qo‘shini Qo‘qonga yurish qilib, qipchoqlar qirg‘inini uyushtirgan (1852). Qirg‘in paytida Normuhammad qushbog‘i va uning 500 kishilik yaqin kishilarini xavfsiz joyda saqlashgan.

Abdulla Qodiriyning «O‘tgan kunlar» romanida 1852 yilgi Toshkent qo‘zg‘oloni, Normuhammad qushbegi haqida qiziqarli tarixiy ma’lumotlar bor.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

O‘xshash maqola

Tudun

Post Views: 136 TUDUN (xitoy manbalarida – Tutun) – Chochni idora etgan turkiy hokimlar unvoni …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan