Bosh sahifa » Toshkent shahri » Nizomiy maydoni
IF

Nizomiy maydoni

NIZOMIY MAYDONI – Yakkasaroy tumanida, Toshkent pedagogika universiteti asosiy binosi qarshisida. Yusuf Xos Xojib, Bratislava hamda Bobur ko‘chasi o‘zaro tutashgan yerda. 1953 yil tashkil etilib, M.V.Frunze (1895–1925; Turkistonda sovet rejimini qurol kuchi bilan o‘rnatgan sho‘ro harbiy arbobi) nomi bilan atalgan. 1958 yil maydonga uning haykali o‘rnatilgan. 1992 yil maydonga ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy (1141–1209) nomi berildi. Mustaqillik yillari maydonda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi. 2004 yil 23 mart kuni ushbu maydonda Nizomiy haykali (me’morlar: V.Akopjanyan, M.Sh.Musayev va haykaltarosh I.Jabborov) o‘rnatildi. O‘zbek va ozarbayjon xalqlarining asriy do‘stligini ifodalovchi ushbu haykal ochilishi marosimida O‘zbekiston va Ozarbayjon Respublikasi Prezidentlari ishtirok etdi va nutq so‘zladi. Maydon atrofida Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i, Yakkasaroy tuman hokimiyati, Pedagogika universitetining asosiy binosi, boshbekat, savdo va umumiy ovqatlanish maskanlari hamda boshqa muassasalar bor. YAqinida Mehnat va ijtimoiy ta’minot vazirligi, poliklinika, «Toshkentboshreja» instituti, «Tabassum» kafesi, savdo majmualari joylashgan.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

O‘xshash maqola

Toshkentning tog‘li hududidan Turk xoqonligi davri qabristoni topildi

Post Views: 440 Toshkent shahridan 100 km shimoli-sharqda, G‘arbiy Tyanshan tog‘larining dengiz sathidan 1000 metr …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan