Bosh sahifa » Toshkent tarixi » «Mo‘yi muborak» madrasasi

«Mo‘yi muborak» madrasasi

«Mo‘yi muborak» madrasasi – meʼmoriy yodgorlik (1857). Toshkentning Hastimom mavzesida, Qaffol Shoshiy maqbarasi janubida joylashgan. Toshkent hokimi Mirzo Ahmad qushbegi tomonidan pishiq g‘ishtdan bunyod etilgan. Madrasa bitgach, Mirzo Ahmad unga Abdulmajidxon eshonni (sobiq muftiy Ziyovuddin Eshon Boboxonning bobosi) mudarris etib tayinlagan. Tarixchi Muhammad Solihxo‘ja o‘sha davrda madrasa o‘rni aholi tomonidan Xoja Ahror tug‘ilgan joy deb tushunilib, Xoja Ahror maydoni deb atalganini taʼkidlaydi. Madrasaning alohida bir gumbazi bo‘lib, unda Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) mo‘ylari (soch tolalari) – «Mo‘yi muborak» qo‘yilgan. «Mo‘yi muborak» madrasasining ayrim qismlari hozirgi Tillashayx masjidi hovlisida joylashgan. Madrasa 13 hujra va bir masjiddan iborat bo‘lib, ikki mudarris – Imomxon maxdum va Abdulmajidxon eshon talabalarga saboq bergan. Mirza Ahmad qushbegi madrasaga Eski Toshkent, Sariog‘och va Xonqo‘rg‘onda o‘zlashtirilgan yerlarni hamda boshqa turdagi mulklarni vaqf qilgan.

“Toshkent” ensiklopediyasi. 2009 yil

O‘xshash maqola

Toshkent qozilari

Post Views: 607 O‘rta Osiyoda huquqiy masalalar ko‘p asrlar davomida islom shariati ahkomlariga ko‘ra qozilar …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan