Bosh sahifa » Toshkent tarixi » Muhammad Karimxo‘ja xalifa madrasasi (1884)

Muhammad Karimxo‘ja xalifa madrasasi (1884)

MUHAMMAD KARIMXO‘JA XALIFA MADRASASI (1884) – Sebzor dahasining Kaduvod mahallasi hududida qurilgan. Madrasa quruvchisining to‘liq ismi Mulla Muhammad Karim xalifa xoji Muhammad Rahimboy o‘g‘li bo‘lgan. Madrasa pishiq g‘ishtdan qurilgan bo‘lib, xonaqoh, ayvon, darvozaxona, dabirxona, darsxona va qator hujralardan iborat. Sharq tarafida Muhammad Karimxo‘ja xalifa tomonidan qurilgan hammom, darsxona va pishiq g‘ishtli hujralar joylashgan. Madrasa vaqf mulklari hisobiga faoliyat yuritgan.

“Toshkent” ensiklopediyasi. 2009 yil

O‘xshash maqola

“Yangi Sanganak” xazinasi

Post Views: 321 Toshkent viloyati Parkent tumani “Yangi Sanganak” qishloq fuqarolari yig‘inida yashovchi Imomali Boymaqov …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan