Mirshab

MIRSHAB (arabcha-forscha tun boshlig‘i) – Toshkentda Oktyabr to‘ntarishigacha ma’muriy lavozim; tungi shahar soqchisi. Mirshabxona boshlig‘i qo‘rboshi deyilgan. Mirshablar tun bo‘yi shaqildoq bilan ko‘cha va mahallalarni aylanib, shahar osoyishtaligini ta’minlagan. Qo‘qon xonligi hukmronligi davrida (1810–65) politsiya funksiyasini bajargan. Toshkentning har dahasida 10 tadan Mirshab, bir mirshabboshi bo‘lgan. 1892 yilgacha Mirshab katta oqsoqolga, keyinchalik Eski shahar politsmeysteriga bo‘ysungan.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

O‘xshash maqola

Professorlar shaharchasi

Post Views: 63 PROFESSORLAR SHAHARCHASI – Sobir Rahimov (hozirgi Olmazor) tumanidagi turar joy massivi. Qamarniso, Mirzo …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan