Bosh sahifa » Kutubxona » Kutubxonalar. Sirdaryo viloyat bolalar kutubxonasi

Kutubxonalar. Sirdaryo viloyat bolalar kutubxonasi

Sirdaryo viloyat bolalar kutubxonasi 1967 yilda tashkil etilgan.

Kutubxonada kitobxon bolalarni kutubxonaga yanada ko‘proq jalb etish va ularning o‘qishdan tashqari bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida «Kitob haftaligi» o‘tkazish an’anaga aylangan. Taniqli yozuvchi va shoirlar bilan uchrashuvlar, «Yosh qalamkashlar», «Rasm chizish», «Yosh shoirlar», «Eng yaxshi kitobxon» ko‘rik-tanlovlari tez-tez o‘tkazilib turiladi.

Hozirgi kunda kutubxonada Kitob saqlash, To‘kislash, Adabiyotlarga ishlov berish, Kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish, Metodik-bibliografik bo‘limlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Tarmoq kutubxonalariga metodik yordam sifatida kutubxonada har oyning birinchi chorshanba kuni «Kutubxonachiga yordam kuni» deb belgilangan. Shu kuni viloyat bolalar kutub xonasi xodimlaridan qiziqtirgan savollarga javob va kutubxona xizmati bo‘yicha kerakli metodik yordamlar olish mumkin.

Kutubxona fondi hozirgi kunda 107779 nusxadagi adabiyotlarni tashkil etadi.

Kutubxona viloyatdagi 18 ta bolalar kutubxonalariga metodik rahbarlik qiladi.

Manzili: 707000, Guliston shahri, Navoiy ko‘chasi, 1-uy

O‘ZBEKISTONNING YIRIK KUTUBXONALARI

Metodik ma’lumotnoma
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti
Toshkent – 2004

O‘xshash maqola

Kutubxonalar. Namangan viloyat bolalar kutubxonasi

Post Views: 398 Namangan viloyat bolalar kutubxonasi 1933 yilning 3 dekabrida tashkil etilgan. Kutubxonaning tashkilotchisi …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan