Bosh sahifa » Bilasizmi? » Kutubxonalar. Qoraqalpog‘iston Respublikasi kutubxonasi

Kutubxonalar. Qoraqalpog‘iston Respublikasi kutubxonasi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Respublika kutubxonasi 1936 yili To‘rtkul (Petro Aleksandrovsk)da shahar kutubxonasi negizida tashkil etilgan. Dastlab kutubxona fondi 30480 nusxani tashkil etgan. Shu yili kutubxona Nukus shahriga ko‘chirilgan va Respublika kutubxonasiga aylantirilgan. 1936-41 yillarda Daniyar Allambergenov kutubxonaga rahbarlik qilgan.

Kutubxonada 1941 yildan buyon 586 nomdagi gazeta va jurnallar, shuningdek, XIX asrga oid 200 ga yaqin nodir adabiyotlar mavjud.

Kutubxona Kitob saqlash, To‘kislash va qayta ishlash, Kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish, Ilmiy-metodik, Bibliografik ma’lumot berish, Huquqiy axborot bo‘limlari hamda O‘lkashunoslik, Chet el adabiyotlari, Kitob almashish, Depozitar saqlash sho‘’balaridan iborat.

2003 yil aprel oyida O‘OJIKJ homiyligida «Kompyuter o‘qitish markazi» tashkil etilgan. IRBIS dasturi bo‘yicha 2000 dan ortiq adabiyotlarning elektron katalogi tuzilgan.

Bugungi kunda kutubxona fondida257 ming nusxadan ortiq adabiyotlar saqlanmoqda.

Kutubxona Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 443 ta ommaviy kutubxonalarga metodik rahbarlik qiladi.

O‘ZBEKISTONNING YIRIK KUTUBXONALARI
Metodik ma’lumotnoma
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti
Toshkent – 2004

O‘xshash maqola

1926 yil, Boku. Birinchi Butunittifoq turkologik syezdi (video)

Post Views: 34 1926 yil 26 fevral – 5 mart kunlari Ozarbayjon SSR poytaxti Boku …

Битта мулоҳаза

  1. Assalamu aleykum menga Alisher Navoiyning Layli va majnun Qaroqolpoq tilga tarjma qilingan asari kerak edi topib bera olasizmi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan