Bosh sahifa » Bilasizmi? » Kutubxonalar. Narshaxiy nomidagi Buxoro viloyat bolalar kutubxonasi

Kutubxonalar. Narshaxiy nomidagi Buxoro viloyat bolalar kutubxonasi

Buxoro viloyat bolalar kutubxonasi viloyat universal ilmiy kutubxonasining bolalar bo‘limi negizida 1964 yil 1 iyulda tashkil etilgan. Dastlab kutubxona fondi 13 ming nusxadan iborat bo‘lib, 15 nafar kutubxonachi xodimlar ish olib borardi. Shu davrda kutubxonaga A.V.Samoxina rahbar edi.

1970 yilda kutubxona Amir Sayid Olimxon madrasasi binosiga ko‘chirilgan.

1973 yilda kutubxona viloyat Mehnat shuhrati kitobiga kiritilgan. Kutubxona qoshidagi kinostudiyaning «Saxiy kitob podsholigida» kinofilmi uchun faxriy yorliq sovrindori va Tabiatni muhofaza qilish jamiyatining «Tabiat bolalar xayolida» nomli ko‘rgazmasi diplomi va O‘zbekiston xalq xo‘jaligi ko‘rgazmasining II darajali diplomiga sazovor bo‘lgan.

Hozirgi paytda kutubxonada Kitob saqlash, To‘kislash, 1–4-sinf o‘quvchilari, 5–6-sinf o‘quvchilariga xizmat ko‘rsatish, Adabiyotlarga ishlov berish, Metodik, Ma’lumot–bibliografiya bo‘limlari va Musiqa-nota sho‘’basi mavjud.

1993 yil 25 yanvarda kutubxonaga buyuk tarixchi olim M.Narshaxiy nomi berilgan.

Kutubxona fondi hozirgi kunda 138 ming nusxadan ortiq bo‘lib, viloyatdagi 25 ta bolalar kutubxonalariga metodik rahbarlik qiladi.

Manzili: 705000, Buxoro shahri, X. Ibodov ko‘chasi, 4-uy

O‘ZBEKISTONNING YIRIK KUTUBXONALARI

Metodik ma’lumotnoma
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti
Toshkent – 2004

O‘xshash maqola

1926 yil, Boku. Birinchi Butunittifoq turkologik syezdi (video)

Post Views: 45 1926 yil 26 fevral – 5 mart kunlari Ozarbayjon SSR poytaxti Boku …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan