Bosh sahifa » Kutubxona » Kutubxonalar. Namangan viloyat bolalar kutubxonasi

Kutubxonalar. Namangan viloyat bolalar kutubxonasi

Namangan viloyat bolalar kutubxonasi 1933 yilning 3 dekabrida tashkil etilgan. Kutubxonaning tashkilotchisi va mudiri A.S.Nikochenko bo‘lgan.

Dastlab kutubxona fondi 300 nusxadan iborat bo‘lgan.

1945 yilgacha kutubxona sobiq pionerlar uyiga qarashli bo‘lgan.

1946 yilda Namangan shahar ijroiya qo‘mitasi qoshida madaniy-oqartuv bo‘limi tashkil etilgan va kutubxona madaniyat bo‘limiga o‘tkazilgan.

1969 yilning fevral oyida kutubxonaga viloyat bolalar kutubxonasi maqomi berilgan. T.Chichkina kutubxonaga rahbar etib tayinlangan.

1983 yilda  kutubxona uchun 2 qavatli bino qurilib, foydalanishga topshirilgan.

Kutubxonada Kitob saqlash, Kutubxona fondini to‘ldirish, Adabiyotlarga ishlov berish va kataloglashtirish, Maktabgacha yoshdagi va 1–4-sinf o‘quvchilariga xizmat ko‘rsatish, 5–9-sinf o‘quvchilariga xizmat ko‘rsatish, Ilmiy-metodik, Axborot-bibliografiya bo‘limlari mavjud.

Hozirgi kunda kutubxona fondi 117900 nusxadan iborat.  Kutubxona viloyatdagi 27 ta bolalar kutubxonalariga metodik rahbarlik qiladi.

Manzili: 716000, Namangan shahri, Lutfiy ko‘chasi, 1-uy, tel.:  (369)  226-29-35

O‘ZBEKISTONNING YIRIK KUTUBXONALARI

Metodik ma’lumotnoma
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti
Toshkent – 2004

O‘xshash maqola

Kutubxonalar. A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat universal ilmiy kutubxonasi

Post Views: 2 345 Samarqand viloyat universal ilmiy kutubxonasi 1911 yilda tashkil etilgan. O‘sha davrda kutubxona …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan