Bosh sahifa » Toshkentliklar » Ko‘kto‘nlikota

Ko‘kto‘nlikota

KO‘KTO‘NLIKOTA – qabri Shayx Xovandi Tohur qabri orqasidagi chinor ostida, ariq bo‘yida joylashgan. Rivoyatlarga qaraganda, Ko‘kto‘nlikota Shayx Xovandi Tohurning jorubkashi bo‘lgan. Ko‘kyo‘tal kasaliga uchragan bemorlar Ko‘kto‘nliotani ziyorat qilib, kasallikdan forig‘ bo‘lgan. Arxiv hujjatlariga ko‘ra, Toshkentda Ko‘kto‘nliota qadamjo mozori bundan tash­qari bir necha joyda (Sebzordagi Xo‘jako‘cha, Taxtapul va Chuvalachi, Ko‘kcha dahasining Kallaxona mahallasida) uchraydi.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

O‘xshash maqola

O‘zbekiston Oliy sudining birinchi raisi va uning ayanchli qismati

Post Views: 1 301 Saʼdulla Qosimov yoxud «Qosimovchilik ishi» Saʼdulla Qosimov 1901 yil Toshkent shahrida dunyoga …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan