Kirxa

KIRXA, Injilchi-lyuteranlar cherkovi (Sodiq Azimov ko‘chasi) – meʼmoriy yodgorlik. Lyuteranlar diniy marosimlar o‘tkazgan. Gotika uslubida qurilgan (1892, meʼmor A.L.Benua). 1937 yilda sho‘rolar tomonidan yopilgan cherkov binosida. Toshkent konservatoriyasining Opera studiyasi va Musiqa saloni joylashgan (1981–1990). 1992 yil 8 sentyabrda nemis injilchi-lyuteranlar cherkovi rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan. Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 3 maydagi qarori bilan cherkov (Kirxa) lyuteranlarga qaytarib berilgan.

“Toshkent” ensiklopediyasi. 2009 yil

O‘xshash maqola

Туркестанские немцы

Post Views: 39 Немецкое переселение в Туркестан происходит в основном во второй половине XIX века, …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan