Bosh sahifa » Toshkent ko‘chalari » Eski va yangi Nukus ko‘chasi

Eski va yangi Nukus ko‘chasi

Hozirgi Nukus qadim tarixga ega ko‘cha. Inqilobdan avvalgi davrda ushbu ko‘cha Mariin ko‘chasi deb nomlanib, Pervushkadan (savdogar Pervushinning sharob zavodi oldidagi maydon) Mirobod bozorigacha bo‘lgan. Aynan shu ko‘chada 1905 yilda otlar deposi, tramvay yo‘li qurilishidan keyin esa – tramvay deposi joylashgan. Unda tanish Turkiston arxitekturasini eslatib turuvchi bino qolgan bo‘lib, 1941 yilda Toshkentga evakuatsiya qilingan “Podyomnik” zavodi joylashgan. Hozirgi kunda “eski depo”ni «Ming O‘rik» arxeologik yodgorligining ro‘parasida ko‘rish mumkin.

1918 yilda ko‘chaga Marvda halok bo‘lgan inqilobchi Pavel Poltoraskiy nomi berildi.

Ko‘chadagi eng chiroyli binolardan biri – 1937 yilda qurilgan 94-maktab va uning yonida joylashgan bir nechta “Stalin uylari”.

1960-yillarning oxirida ko‘chani Bobur ko‘chasi (u davrda – Bogdan Xmelniskiy ko‘chasi) bilan kesishmagacha uzaytirishdi. Bu aeroportga transport qatnovini osonlashtirdi. Bir qancha vaqt davomida ko‘chaning bu qismi Novopoltoraskaya deb nomlangan. Mustaqillik yillarida umumiy uzunligi 2,7 km bo‘lgan ko‘cha Qoraqalpog‘iston poytaxti Nukus nomi bilan ataldi.

Bu yerda banklar va savdo markazlari, O‘zLiDeP Markaziy Kengashi binosi, Mirobod bozori, Rus pravoslav cherkovining Toshkent va O‘zbekiston yeparxiyasi, Rossiya elchixonasi va boshqa obyektlar joylashgan.

2016 yilda Shota Rustaveli ko‘chasining ustidan o‘tgan ko‘prik orqali Nukus ko‘chasining davomi Muqimiy ko‘chasiga ulanib, Nukus ko‘chasi kichik xalqa yo‘liga kirdi.

Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati

O‘xshash maqola

Toshkent. XX-asr (fotojamlanma). 1-qism

Post Views: 356 Toshkent shahrining XX-asrdagi fotosuratlari

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan