Bosh sahifa » Toshkent tarixi » Chimboyliq xazinasi

Chimboyliq xazinasi

CHIMBOYLIQ XAZINASI – jez davri buyumlari xazinasi (miloddan avvalgi 2-ming yillikning 2-choragi). 1898 yil tadbirkor va fotograf N.S.Nikolai tomonidan Toshkentdan 50 km sharqda, Chirchiq dar­yosining o‘ng qirg‘og‘ida, Chimboyliq qishlog‘i yaqinidagi Avliyo Oqtosh mavzeida topilgan. Jez bolta, bigiz, pichoq (saqlangan uzunligi 12 sm) va og‘irligi 580 g keladigan jez yombidan iborat. Chirchiqqa quyiladigan soy yuvib ketgan qabrdagi dafn ashyolari bo‘lganligi taxmin qilinadi. Topilma katakomba yoxud andronovo madaniyatlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

O‘xshash maqola

XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Toshkent matbuoti

Post Views: 741 Insoniyat paydo bo‘lganidan boshlaboq o‘zaro axborot almashuv ehtiyoji paydo bo‘lgan. Dastlab, insonlar …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan