Bosh sahifa » Toshkent tarixi » Childuxtarontepa

Childuxtarontepa

CHILDUXTARONTEPA – arxeologik yodgorlik (hozirgi «O‘zbekiston shampani» AJ yaqinida joylashgan). So‘nggi jez davri (miloddan avvalgi 2-ming yillik oxiri – 1-ming yillik boshlari) chorvador qabilalari tomonidan qoldirilgan qabriston. Uchta qabr ochilgan, ularda mayitlar tuproq o‘ralarga dafn etilgan. Jasadlar udumga ko‘ra naqshsiz, yassitaglik sopol idishlar, munchoqlar, jezdan yasalgan zeb-ziynatlar – ikki uchi burama naqshli bilakuzuklar bilan qo‘shilib ko‘milgan.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

O‘xshash maqola

Professorlar shaharchasi

Post Views: 63 PROFESSORLAR SHAHARCHASI – Sobir Rahimov (hozirgi Olmazor) tumanidagi turar joy massivi. Qamarniso, Mirzo …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan