O‘rda – Turkiy va mo‘g‘ul xalqlarida harbiy-ma’muriy manzilgoh, O‘rta asrlarda oliy hukmdor qarorgohi, arki. Yirik Turkiy va mo‘g‘ul davlatlari hamda ko‘chmanchi qabilalar ittifoqlari (Oltin o‘rda va No‘g‘oy o‘rda kabilar)ning nomi shundan kelib chiqqan
batafsil »Toshkentnoma
Toshkentnoma. Oqqo‘rg‘on, Qo‘yliq va Mirobod mavzelari
Oqqo‘rg‘on – qadimgi Toshkent atrofidagi mavzelarning biri. Oqqo‘rg‘on hududi Oqqo‘rg‘on va Darxon (Darxonotasoy) ariqlaridan sug‘orilgan. O‘rta asr vaqf hujjatlarida Oqqo‘rg‘on yerlari Xoja Ahrorga qarashli bo‘lib, keyinchalik Xoja Ahror madrasasining vaqf yerlari hisoblangan
batafsil »Qisqa satrlarda – Shayxontohur mahallalari
Padarkush mahallasi. Shimoldan Orqa ko‘cha, sharqdan Quduqboshi, janubdan Dukchi, g‘arbdan Pushtibog‘ mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. Mahalla aholisi asosan bo‘z to‘qish bilan shug‘ullangan. Shuning uchun, mahallaning dastlabki nomi Bo‘zchi mahalla deb yuritilgan
batafsil »Shayxontohur. Xadra, Darxon, Balandmasjid, Zanjirlik, O‘qchi mahallalari
Xadra mahallasi Toshkentning eski shahar qismidagi qadimgi murakkab chorrahalaridan biri hisoblanadi. Shahriston bilan chegaradosh, G‘arbda Chorsu bilan bog‘langan ko‘cha, Shimolda Eskijo‘va tomonga boradigan ko‘cha, Sharq tomondan shaharni o‘rda bilan ulaydigan toshko‘cha, Janub tomon esa Beshyog‘och dahasiga olib borgan
batafsil »Shayxontohur dahasi. Qashqar, Qiyot, Qoryog‘di mahallalari
Shayx Umar Bog‘istoniyning o‘g‘li, ilohiyot va tariqat ilmining yirik namoyondalaridan biri, ulug‘ valiulloh Shayx Xovandi Tohur (XIV asr) nomi bilan ataladi. Dahada shaharning uchta darvozasi (Qo‘ymas, Qo‘qon va Qashqar) bo‘lib, ular Yangi o‘rda qurilgan vaqtda o‘rnatilgan
batafsil »Yunusobod
Yunusobod tumani. XIX asrning 50-yillarida Taxtapullik Yunushoji ismli savdogar Chinobod, Choshtepa va Oqtepa degan joylarda bo‘sh yotgan bo‘z yerlarni o‘zlashtirishni boshlab yuboradi. Yunushoji obod qilib suv chiqargan yerlarida katta-katta tokzor va mevali bog‘lar barpo qiladi, salobatli qo‘rg‘onlar, karvonsaroylar qurdiradi
batafsil »Sebzor dahasi. Jangob, Registon mahallalari
Jangob mahallasi. Eskijo‘va, G‘ishtmasjid, Xadra, Chuqurqishloq mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. XVIII asrning 2-yarmida shahar 4 qismga bo‘linib ketadi. Har bir daha (Ko‘kcha, Shayxontohur, Sebzor va Beshyog‘och) alohida hokim tomonidan boshqariladigan bo‘lgan
batafsil »Sebzor dahasi (Eskijo‘va, Taxtapul, Qumloq)
Eskijo‘va – Oxunguzar, Janggoh, Pushtihammom, Tinchob, Sog‘bon mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan va aholisi asosan savdo-sotiq bilan shug‘ullangan. Mahalla hududida, karvonsaroy, Beklarbegi madrasasi, masjidlar, jumladan, o‘tgan asrning o‘rtalarida Shayxontohurga ko‘chirilgan Xotin masjid, Jo‘vaxona va boshqa baqqollik do‘konlari bo‘lgan
batafsil »Sebzor dahasi (Chuvalachi, Zarqaynar, Qorasaroy)
Chuvalachi Teshikqofqa, Chigitboshi, Kaduvot, Hasanboy mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. Mahallada 100 dan ortiq xonadon yashagan. Aholisi asosan o‘zbeklar bo‘lib, hunarmandchilik, bog‘dorchilik va dexqonchilik bilan shug‘ullangan
batafsil »Toshkentnoma. Sebzor dahasi
Sebzor (forscha — olmazor degan ma’noni bildiradi). Daha hududidan Kaykobus, Shaharariq kabi yirik ariqlar o‘tganligi sabab, soya-salqin joylar bo‘lgan. XVI asrda bu yerlarda shayboniylarning dala hovlilari joylashgan
batafsil »Ko‘kcha dahasi. Mahallalar. Kallaxona va boshqalar
Kallaxona mahallasi Sag‘bon, Chig‘atoy, Saqishmon mahallalari bilan chegaradosh bo‘lib, bir qismi Eskijo‘va bozori bilan tutash bo‘lgan. Mahallaning nomi haqida turli fikrlar yuradi. Ba’zilar gunohkorlar qatl etiladigan joy – deyishsa, ba’zilar – asirga tushgan bosqinchilar shu yerga keltirilib, qatl etilganlgan haqida gaplar bor va nomi shundan deyishadi
batafsil »Ko‘kcha dahasi. Mahallalar
Allon hozirgi Olmazor tumanidagi mahalla va ko‘cha. 1988 yilning o‘rtalarida Toshkent shahar toponimik komissiyasining majlislaridan birida Allon ko‘chasi oqsoqollarining ko‘chalarini besabab «Sberkassa» qilib o‘zgartirganlari va o‘z tarixiy nomini qaytarishlarini so‘rab yozgan shikoyatlari ko‘rib chiqildi
batafsil »Ko‘kcha dahasi. Chig‘atoy, Hofiz Kuykiy, Qo‘shchi, Shohnishin tepa mahallalari
Chig‘atoy mahallasi. Sog‘bon, Qo‘shchi, Saqichman, Kallaxona mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. Chig‘atoy darvozasini qo‘riqlash, shu darvoza yaqinida yashaydigan Chig‘atoy aholisiga topshirilgan. Darvoza, ko‘cha va mahalla nomlari Chig‘atoy deb atala boshlangan
batafsil »Beshyog‘och dahasi. Teshik ko‘prik tepa, Cho‘ponota kompleksi, Sergeli mavzesi, No‘g‘oyqo‘rg‘on
Teshik ko‘prik tepa. V-XIII asrlar arxeologiya yodgorligi. Chilonzor tuman Bunyodkor shoxko‘chasi, metroning Hamza bekati yaqinida 1962, 1968 yillarda K.A.Shakurin va M.I.Filanovich tomonidan o‘rganilgan. VII asrda xarobaga aylangan. IX asrda hayot bir oz tiklangan. XIII asrda mo‘g‘il bosqini tufayli hayot butunlay to‘xtagan
batafsil »Beshyog‘och dahasi. Qozirobod, Boyko‘cha mahallasi, Do‘mbirobod, Chilonzor
Jome Masjidi (1451). Toshkent shahrining hozirgi Gulbozor mahallasi hududida butun Turkiston va Xurosonda piri murshidlardan biri darajasiga ko‘tarilgan, nomi butun islom dunyosida ulug‘langan Xoja Ahror tomonidan qurilgan. Masjid o‘z davrining salobatli va muhtasham binolaridan hisoblanib unda Juma va Hayit namozlari, xutbalar o‘qilgan
batafsil »