Abdulla AVLONIY (1878.12.7–1934.24.8) – ma’rifatparvar, jurnalist, davlat va jamoat arbobi. Toshkentda tug‘ilgan. 1906 yildan she’rlari bilan matbuotda qatnasha boshlagan. 1906 yil «Taraqqiy», 1907 yil o‘z uyida (Toshkentda) «Shuhrat» gazetalarini chiqargan. Bu gazetalar yopib qo‘yilgach, 1908 yil yashirin ravishda «Osiyo» gazetasini nashr etdi
batafsil »Toshkentliklar
Muhiddinxo‘ja qozi
MUHIDDINXO‘JA QOZI (1841–1902) – o‘zbek ma’rifatparvari. So‘nggi Toshkent qozikaloni – Hakimxo‘ja o‘g‘li. Toshkentda tug‘ilgan. Toshkent, Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Toshkentning Sebzor dahasidagi Isaxonxo‘ja madrasasida mudarrislik qilgan
batafsil »Qayum Ramazon
QAYUM RAMAZON (taxalluslari: Qayum, O‘ktam, Turg‘unboy qori, Ramazon qori) (1900–1938.4.10) – o‘zbek pedagogi, jurnalist, teatr tanqidchisi, tilshunos. Toshkentda tug‘ilgan. Munavvarqorining yangi usul maktabi hamda madrasada, Boku pedagogika institutida (1916–17) o‘qigan
batafsil »Shosh hattotlari. Muhammad Yunus Kotib
Bizgacha ilmiy meros sifatida yetib kelgan qo‘lyozma asarlarni o‘rganar ekanmiz, o‘tmishda hattotlik san’atini sevgan hattotlar yashaganligini ko‘ramiz. Ularning sermashaqqat mehnati tufayligina har xil asarlarning qo‘lyozma nusxalari bunyod etilgan
batafsil »Badriddin Chochiy
XIV asrda Toshkentda yashab ijod etgan ko‘zga ko‘ringan shoirlardan biri Badriddin Chochiydir, ya’ni toshkentlik Badriddindir. Ba’zi manbalarda Badriddin Shoshiy ham deb ko‘rsatganlar…
batafsil »Zangi ota Himmatiy
Zangi ota Himmatiyning tavalludlari haqida ko‘plab rivoyatlar mavjud. Shulardan birida naql qilinishicha, Zangi ota tug‘ilganlaridan so‘ng, ul zotning ota-onalari chaqaloqni Hazrat Xoja Ahmad Yassaviy xuzurlariga olib borganlar. Suhbat asnosida Xoja Ahmad Hazratlarining nigohlari chaqaloqqa tushadi
batafsil »Shayx Zayniddin bobo
Shayx Zayniddin bobo 1164 yilda Bag‘dod shahrida tug‘ilgan. Shayx Zayniddinning otalari — Shayx Shahobiddin Abu Xafs Umar Suxravardiydir. U kishi atoqli olim va jamoat arbobi bo‘lib, «suxravardiyya» tasavvuf tariqatini yaratganlar. «Avoruf ul-maorif» nomli mashhur kitobning muallifi
batafsil »Ali Banokatiy
Ali ibn Ahmad ibn Muhammad Banokatiy husnixat sohibi – hattotlardan sanaladi. Qadimda Toshkentni Binkat, Banokat deb ham atashgan. Banokatiy Bag‘dodda vafot etganligidan u kishi bu tomonga kelib ta’lim olgan ko‘rinadi
batafsil »Abu Bakr Shoshiy (1038-1114)
Muhammad ibn Ahmad Shoshiy hijriy 429, milodiy 1038 yili dunyoga keladi. U Ibn Sino vafotidan (1037) bir yil keyin tug‘iladi. Shoshiy Bag‘dodda ta’lim oladi. Tengdosh talabalardan ziyrakligi va bilimdonligi bilan farq qilgan Shoshiy ustodlari nazdida ham katta obro‘ qozonadi
batafsil »Ikki Iloqiy. Sharafuddin va Muhammad Iloqiylar
Olimlar tarjimai holi haqida yozilgan manbalarda ikkita Iloqiy nomi zikr etilgan. Bularning biri Sharafuddin Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf al-Iloqiy (vafoti 1068 yil), ikkinchisi Muhammad ibn Ali (ba’zan Adib) al-Iloqiydir (vafoti 1141). Lekin bu olimlar haqida yozganlar ularning ikkovini ham Ibn Sinoning shogirdi deb tilga olishadi
batafsil »Shoshiy-Omiriy
Shoshiy-Omiriy arab tilida ijod qilgan toshkentlik shoirlardandir. Uning to‘la ismi Abu Omir Ismoil ibn Ahmad ash-Shoshiy al-Omiriy bo‘lib, Toshkentda tug‘ilgan, keyinchalik ilm-ma’rifat qidirib Sharq o‘lkalarini kezgan
batafsil »Abu Muhammad Matroniy
Matroniy arab tilida ijod qilgan toshkentlik shoir. Matron so‘zi xristian dini ruhoniylarining lavozimi, mitropolit, arxiyepiskop degan ma’noni bildiradi. Nima sababdan bu shoir bunday taxallus olgan, bu haqda aniq bir ma’lumot yo‘q. O‘rta asrda yetishgan arabiynavis shoirlardan Matroniy o‘tkir hajvchi shoir bo‘lgan, hozirgacha uning 112 baytdan iborat hajviy va lirik she’rlari saqlanib qolgan
batafsil »