Bosh sahifa » Toshkentliklar (page 4)

Toshkentliklar

Maqsud Shayxzoda

SHAYXZODA, Maqsud Shayxzoda [1908.25.10 (7.11) – 1967.19.2] – shoir, dramaturg, adabiyotshunos, tarjimon, pedagog. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1964). Bokudagi dorilmualliminni tugatgan (1925). 1927 yilda aksilinqilobiy tashkilot a’zosi sifatida hibsga olinib, 1928 yil fevralda Toshkentga surgun qilingan

batafsil »

Muhammadrasul Rasuliy (1884-1935)

MUHAMMADRASUL RASULIY (1884–1935) – ma’rifatparvar, pedagog. Toshkentda tug‘ilgan. Toshkentdagi Beklarbegi madrasasida o‘qigan. 1907 yildan rus-tuzem maktablarida dars bergan. 1917 yildan keyin maktablarda o‘qituvchilik qilgan, savodsizlikni tugatishda faol ishtirok etgan

batafsil »

Rahmat Fayziy (1918 – 1988)

RAHMAT FAYZIY (1918.10.9–1988.18.11) – O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1978), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1968). Toshkentda tug‘ilgan. 2-jahon urushi qatnashchisi (1939–41), «Turon» gazeta va jurnali tahririyatlarida (1937–38; 1943–61), «O‘zbekfilm» kinostudiyasi (1962–65)da, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi (1965–74)da mas’ul lavozimlarda ishlagan

batafsil »

Abdulla Fonus (1828-1914)

ABDULLA FONUS (1828–1914) – o‘zbek xalq qiziqchisi, taqlid ustasi. Toshkentda tug‘ilgan. U fonus yasab sotish bilan tirikchilik qilgan. Turli yoshdagi kishilarga, qush va hayvonlarga taqlid etgan. Uning taqlidlari ko‘pincha achchiq kulgi, hajvdan iborat bo‘lgan. Shu yo‘l bilan u turmushdagi nohaqlik va qusurlarni, xurofotni hajv qilgan. «Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

batafsil »

Shoirlar. Sobir Abdulla

SOBIR ABDULLA (1905.5.9–1972.24.10) – O‘zbekiston xalq shoiri (1965). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1944). Qo‘qonda tug‘ilgan. 1924 yildan Toshkentda. 1926–48 yillarda «Yangi Farg‘ona», «Yosh leninchi» gazetalarida adabiy xodim, «Mushtum»da bo‘lim mudiri, Andijon viloyat teatri, O‘zbek davlat filarmoniyasi va Muqimiy nomidagi teatrda adabiy emakdosh (1937–71)

batafsil »

Muhammadamin Faxriddinov (1894–1941)

FAXRIDDINOV Muhammadamin (1894–1941) – o‘zbek ma’rifatparvari, pedagog. Toshkentda tug‘ilgan. Madrasa va 2 bosqichli rus-tuzem maktabini tugatgan. 1913–17 yillarda Toshkentdagi rus-tuzem maktablaridan birida o‘qituvchi. Oktyabr to‘ntarishi (1917) dan so‘ng o‘zbek maktablarida o‘qituvchilik qilgan

batafsil »

Turob To‘la

TUROB TO‘LA (taxallusi; familiyasi To‘laxo‘jayev, 1918.24.12–1990.20.4) –O‘zbekiston xalq shoiri (1988). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1967). 1930 yildan Toshkentda. Toshkent teatr bilim yurtida (1934–38), Toshkent pedagogika institutining til va adabiyot fakultetida (1938–41) o‘qigan. Mehnat faoliyatini yoshlar gazetasida adabiy xodimlikdan boshlagan (1935–41)

batafsil »

Sulton Akbariy

SULTON AKBARIY (1923.3.12–1997.3.6.) – shoir, jurnalist. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi. Toshkentda tug‘ilgan. Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1942). 2-jahon urushi qatnashchisi (1942–45). Respublika gazeta va jurnallarida, Badiiy adabiyot nashriyotida mas’ul lavozimlarda ishlagan. O‘z davrida dolzarb bo‘lgan mavzularda maqolalar yozgan. Ijodi 1940 yildan boshlangan

batafsil »

Muhammad Haydar

MUHAMMAD HAYDAR, Dug‘lot, Mirzo Haydar (1499–1551) – tarixchi, davlat arbobi. Toshkentda tug‘ilgan. 1509–12-yillarda Bobur, so‘ngra Sulton Sa’idxon (Qashqar hukmdori) xizmatida bo‘lgan, uning o‘g‘li valiahd Abdurashidning tarbiyachisi. Ko‘pgina harbiy yurishlarga boshchilik qilgan. 1533 yil taxtga Abdurashidxon o‘tirgach, ichki ziddiyatlar tufayli mamlakatni tark etgan. Hindistonga – boburiylar saroyiga borgan

batafsil »

Xislat (Haybatullaxo‘ja Orifxo‘ja o‘g‘li)

XISLAT (taxallusi; asl ism-sharifi Haybatullaxo‘ja Orifxo‘ja o‘g‘li) (1880.10.5–1945.8.6) – shoir va tarjimon. O‘zbek mumtoz adabiyotining so‘nggi namoyandalaridan biri. Toshkentda tug‘ilgan. 16–17 yoshlarida Toshkent shahri Kesakqo‘rg‘on mahallasidagi madrasaga o‘qishga kirib, arab va fors tillarini mukammal o‘zlashtirgan

batafsil »

Sidqiy Xondayliqiy

SIDQIY XONDAYLIQIY (taxallusi; asl ism-sharifi Sirojiddin Mahdum Mirzohidoxund o‘g‘li) (1884–1934) – Toshkent adabiy muhitining iste’dodli vakili, shoir, xattot, tarjimon. Hozirgi Bo‘stonliq tumanidagi Xondayliq qishlog‘ida tug‘ilgan. 1903 yilda Toshkentga kelgan va dastlab Kesakqo‘rg‘on mahallasidagi Rahmatulloh madrasasida zamonasining mashhur qilqalami Muhammad Shohmurod kotib (1850–1922)ga shogird tushgan

batafsil »

Mannop tabib

MANNOP TABIB (Abdumannop Abdunabiyev) (1867–1950) – tabib. Toshkent shahrining Sebzor dahasidagi Xo‘jatarashkan mahallasida tabib oilasida tug‘ilgan. Otasi – Abdunabi, bobolari Abdullajon va Mahamadrajab ham tabib bo‘lgan. Mannop tabib 1930–40-yillarda Toshkent aholisi o‘rtasida mashhur bo‘lgan va ko‘plab bemorlarni davolagan

batafsil »

Ma’rifatparvarlar. Komilbek Norbekov

NORBEKOV Komilbek (1880–1943) – o‘zbek ma’rifatparvari. Toshkentning ma’rifatli boylaridan Muhammadaminbekning o‘g‘li. Ukasi Karimbek (1882–1970) bilan birga charm ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Avstriya va Germaniya firmalari bilan teri-charm savdo aloqasini o‘rnatgan. Munavvarqori, A.Avloniy, U.Xo‘jayev (Asadullaxo‘jev), N.Xo‘jayev, Orifxo‘jaboylar bilan birga «Imdodiya» («Xayriya») jamiyati (1909), «Turon» jamiyati va shu nomli truppani tashkil etgan (1914)

batafsil »

Tavallo

TAVALLO (taxallusi; asl ism-sharifi To‘lagan Xo‘jamyorov) (1883-1937.10.11) – shoir. Toshkentda tug‘ilgan. Toshkentdagi Beklarbegi madrasasida, rus-tuzem maktabida o‘qigan. Arab, fors, turk, ozarbayjon va rus tillarini yaxshi bilgan. 1905 yildan «Turkiston viloyatining gazeti», «Sadoi Farg‘ona», «Taraqqiy» kabi gazeta va jurnallarda she’r va maqolalari bilan muntazam qatnashgan

batafsil »

Ma’rifatparvarlar. Shokirjon Rahimiy

RAHIMIY Shokirjon (1898–1938.4.10) – ma’rifatparvar, taraqqiyparvar pedagog. Toshkentda tug‘ilgan. Otasi qo‘lida xat-savodini chiqargach, madrasada, usuli jadid maktabi va kechki rus-tuzem maktabida o‘qigan (1903–09). «Rahimiya» maktabida o‘qituvchilik qilgan (1909–19)

batafsil »