Bosh sahifa » Toshkentliklar (page 2)

Toshkentliklar

Shoshlik muhaddislar. Abdulloh ibn Abu Avona Shoshiy

Abu Sa’d Sam’oniy o‘zining «Ansob» asarida Shoshni «Sayxun daryosi ortidagi turklar bilan chegaradosh shahar bo‘lib, u «Shosh» deb ataladi»[1] deya ta’riflagan. Shuningdek, Sam’oniy bu yerdan ko‘plab imomlar yetishib chiqqanligi, Abdulloh ibn Avona Shoshiy shular jumlasidan ekanligini birinchilar qatorida qayd etgan[2]. Imom Abdulloh ibn Abu Avona Shoshiydan buyuk muhaddis, Imom Muhammad ibn Ismoil Buxoriy, Ja’far ibn Muhammad Firyobiy va boshqalar hadis …

batafsil »

Shoshlik muhaddislar. Abullays Nasr ibn Hasan ibn Qosim Shoshiy Tunkatiy

O‘rta asr islom mamlakatlari tarixi, madaniyati va jug‘rofiyasini o‘rganishda mashhur tarixchi Abu Sa’d Abdulkarim Sam’oniyning «Ansob»asari muhim ahamiyat kasb etadi. Abu Sa’d Sam’oniy «Tunkatiy» deb, Shosh vohasidagi shaharlardan birining nisbatini keltiradi. Tunkat shahri Sirdaryo ortida joylashgan. Bu shahardan ko‘plab ilm ahllari yetishib chiqqan[1]. Xususan, Abullays Nasr ibn Hasan ibn Qosim ibn Fazl Tunkatiy Tunkat ahlidan bo‘lib, uni Abulfath deb ham …

batafsil »

Shoshlik muhaddislar. Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad ibn Odam ibn Abdulloh Odamiy Shoshiy

Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad ibn Odam ibn Abdulloh Odamiy Shoshiy — shoshlik muhaddis. Abu Sa’d Sam’oniyning «Ansob» asarida muhaddis bobosining ismi Odam bo‘lganligi uchun bu kishiga «Odamiy» nisbati berilgan[1]. Abu Bakr Ahmad Odamiy Shoshiy dastlab hadis ilmini o‘z yurtida Habib Mug‘ira Shoshiy, Homid ibn Dovud Shoshiylardan o‘rgangan[2]. U ilm-ma’rifat talabida Iroq va Hijoz o‘lkalariga safar qilgan. Abu Bakr Ahmad …

batafsil »

Shoshlik muhaddislar. Abu Ali Hasan ibn Sohib ibn Hamid Hofiz Shoshiy

Abu Ali Hasan ibn Sohib ibn Hamid Hofiz Shoshiy (vaf. 314/926) — ko‘plab hadislarni yod biluvchi hofiz, ishonchli muhaddisdir[1]. Shoshda tug‘ilib o‘sgan. Hasan ibn Sohib Shoshiy imom, hofiz, ko‘p yurtlarni kezgan sayyoh bo‘lib, u ilm talabida Xuroson, Iroq, Shom, Haramayn (Makka va Madina), Yaman, Misrdagi turli tabaqalardan hadislar eshitgan[2]. Halimiyning aytishicha, Sohib Shoshiy katta hofiz bo‘lib, Xuroson shayxlaridan hadislar yozib …

batafsil »

Munavvarqori

MUNAVVARQORI, Abdurashidxonov Munavvarqori (1878–1931.23.4) – siyosat va ma’rifat arbobi, Toshkentda jadidchilik harakatining yirik rahbari. 20-asr o‘zbek milliy matbuoti va yangi usuldagi milliy maktab asoschisi, yangi milliy teatr tashkilotchilaridan biri, adib va shoir. Toshkentning Shayxontohur dahasidagi «Darxon» mahallasida ziyoli oilasida tug‘ilgan. Dastlabki ta’lim-tarbiyani onasidan olgan. So‘ng o‘z davrining mashhur o‘qituvchisi Usmon domladan ilmi qiroat va tajvidni o‘rganib, hofizi Qur’on bo‘lgan. 1885–90 …

batafsil »

Shoshlik muhaddislar. Abu Ishoq Ibrohim ibn Xuzaym Shoshiy

Abu Ishoq Ibrohim ibn Xuzaym ibn Qumayr ibn Hoqon Shoshiy — ishonchli muhaddis bo‘lib[1], u Shosh vohasining Xarashkat[2] shaharchasida tug‘ilgan. Abu Sa’d Sam’oniy Xarashkatiy — Xarashkat Shosh shaharlaridan biri bo‘lib, bu yerdan ko‘p olimlar chiqqan. Bulardan Abu Said Sa’d ibn Abdurahmon Xarashkatiy bo‘lib, u Yusuf ibn Ya’qub qozi, Muhammad ibn Abdulloh Hazramiylardan hadis rivoyat qilgan. 340/952 yilda vafot etgan[3]. Abu …

batafsil »

Shoshlik muhaddislar. Abu Muhammad Ja’far ibn Shuayb Shoshiy

Abu Muhammad Ja’far ibn Shuayb Shoshiy (vaf. 294/ 907) — muhaddis. Shoshda tug‘ilgan. Mashhur tarixchi Abu Sa’d Sam’oniyning ta’kidlashicha, Ja’far ibn Shuayb Shoshiy 287/900 yilda Nishopurga kelib, Abu Ahmad Muhammad ibn Yusuf Tamomiy, Abu Rabi’ Xolid ibn Yusuf Samtiy, Ya’qub ibn Humayd, Iso ibn Hammod va Abu Tohir Ahmad ibn Amr Sarjiylardan hadis ilmidan ta’lim olgan[1]. Ja’far ibn Shuayb Shoshiydan …

batafsil »

Bir yarim asr din xizmatida (muftiy Eshon Boboxon va avlodlari)

Sakson olti yoshdaman. Yurtimizda din ravnaqi yo‘lida ko‘p xizmat qilgan tabarruk sulolaning bir a’zosi sifatida padari buzrukvorim Eshon Boboxon hazratlari va u zotning zurriyotlari haqidagi xotiralar qo‘limga qalam tutqazdi. 1928 yili otam Eshon Boboxonning yer- suv, mol-mulklari, shahar hovlilari musodara qilindi. Otam bilan birga Zaynuddinxon akam ham ko‘p vaqt yashirinib yurishga majbur bo‘ldi. 1929-1930 yillari organ xodimlari ularni olib ketib …

batafsil »

Семейная жизнь муфтиев (Бабахановых), продолжатели рода

Эшон Бабахан был добрым, чутким, внимательным и вместе с тем требовательным отцом. Особенную любовь он испытывал по отношению к внукам. По возвращении с работы или же из поездок он не оставлял их без своего внимания и подарка. Продолжателями рода Эшона Бабахана являются семеро сыновей и две дочери, 29 внуков и более ста правнуков и праправнуков. Сыновья Эшона Бабахана – Муборакхон, …

batafsil »

Shoshlik muhaddislar. Abu Sa’id Iso ibn Solim Shoshiy

Iso ibn Solim Abu Sa’id Shoshiy (vaf. 232/847) — Shosh ahlidan[1], u Aris (kuyov) deb tanilgan[2], uning kunyasi Abu Sa’iddir[3]. U ishonchli muhaddis bo‘lib, el-yurt kezgan. Iso ibn Solim Shoshiy Abu Xudba Ibrohim ibn Xudba[4], Ubaydulloh ibn Amr, Baqiya ibn al-Valid va boshqalardan hadislar rivoyat qilgan. Abu Bakr Xatib Bag‘dodiyning xabar berishicha, «U Bag‘dodg‘a kelgan va bu yerda yirik muhaddis, …

batafsil »

Shoshlik muhaddislar. Abu Sa’id Haysam ibn Kulayb Shoshiy

Imom Shoshiy nomi bilan tanilgan yurtdoshimiz Abu Sa’id Haysam ibn Kulayb Shoshiy hadis ilmiga hissa qo‘shgan olimlardan hisoblanadi. Uning nomi juda ko‘p arab manbalarida ishonchli muhaddis sifatida e’tirof etiladi. Uning to‘liq ismi – Abu Sa’id Haysam ibn Kulayb ibn Surayj[1] (ba’zi manbalarda Shurayh[2] deb keltirilgan) ibn Ma’qil Shoshiy Binkasiy[3] Turkiy Ma’qiliy[4] Adib[5] bo‘lib, uning tug‘ilgan yili manbalarda aniq ko‘rsatilmagan. Ammo …

batafsil »

Shoshlik muhaddislar faoliyatidan

Toshkent shahri va vohasi O‘rta Osiyodagi ko‘hna o‘lkalardan bo‘lib, uning tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, «O‘zining ko‘p ming yillik tarixi davomida Buyuk Ipak yo‘lidagi bu shahar kommunikatsiya jihatidan Mag‘ribu Mashriqni, janub va shimolni tom ma’noda bog‘lovchi muhim manzil, Turon, Turkiston, O‘rta Osiyo zaminidagi buyuk markaz sifatida ma’lum va mashhurdir»[1]. Shuning uchun Toshkent vohasi tarixi qadimdanoq ko‘plab tarixchilar[2], sharqshunoslar[3], …

batafsil »

Ko‘kto‘nlikota

KO‘KTO‘NLIKOTA – qabri Shayx Xovandi Tohur qabri orqasidagi chinor ostida, ariq bo‘yida joylashgan. Rivoyatlarga qaraganda, Ko‘kto‘nlikota Shayx Xovandi Tohurning jorubkashi bo‘lgan. Ko‘kyo‘tal kasaliga uchragan bemorlar Ko‘kto‘nliotani ziyorat qilib, kasallikdan forig‘ bo‘lgan. Arxiv hujjatlariga ko‘ra, Toshkentda Ko‘kto‘nliota qadamjo mozori bundan tash­qari bir necha joyda (Sebzordagi Xo‘jako‘cha, Taxtapul va Chuvalachi, Ko‘kcha dahasining Kallaxona mahallasida) uchraydi. «Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

batafsil »

Шамсиддинхан Бабаханов – ученый, богослов, дипломат

Шамсиддинхан родился в Ташкенте в семье известных религиозных деятелей Бабахановых. Он окончил среднюю школу № 28 и в 1955 году поступил в Ташкентский институт иностранных языков на факультет английского языка. Учился на «отлично», после окончания института его оставили в аспирантуре. В 1961 году поступает в аспирантуру Института востоковедения Академии наук ССС в Москве. Там он увлекается арабской филологией, начинает изучение …

batafsil »

Зияуддинхан Бабаханов (из цикла «Жизнь муфтиев Бабахановых»)

Глубокие знания – надежная опора в жизни  Судьбе было угодно, чтобы в богобоязненной семье в 1908 году родился мальчик, которого назвали Зияуддинхан (от арабского Зыяу-д-дин – «Сияние религии»). В нем-то и суждено было осуществиться заветной мечте Эшона Бабахана. Дело отца продолжил Зияуддинхан ибн Эшон Бабахан, которому выпала счастливая удача с ранних лет непосредственно участвовать в уроках чтения Корана, которые давал …

batafsil »