Bosh sahifa » Toshkentliklar

Toshkentliklar

Nuriddin Akramovich Muhitdinov

Nuriddin Akramovich Muhitdinov (1917 yil 19 noyabr – 2008 yil 27 avgust) – davlat va siyosat arbobi, diplomat. Toshkentda tug‘ilgan. Moskva savdo-kooperativ institutini tugatgan (1938). 2-jahon urushi qatnashchisi. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining kotibi (1950–51), Ministrlar Sovetining raisi (1951–55), Tashqi ishlar vaziri (1953–54), O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining 1-kotibi (1955–57). Nuriddin Akramovich Muhitdinov 1957–61 yillarda KPSS Markaziy Komitetining kotibi, keyin “Sentrosoyuz” boshqaruvi …

batafsil »

Qatag‘on qurbonlari. Sanjar Siddiq – o‘zbek badiiy tarjima sanʼati asoschisi

O‘zbek matbuotining yirik namoyandasi Sanjar Siddiq Abdul-Bosit Isroiljon o‘g‘li 1902 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Abdul-Bosit avval jadid maktablarida so‘ng madrasada tahsil oldi, rus-tuzem maktabida o‘qib, rus tili, Ovro‘po ilm-fani yutuqlari bilan tanishdi. 1918-1919 yillarda “Chig‘atoy gurungi”da ustoz Fitratning tavsiyasi bilan Sanjar nomini oldi. 1920 yildan Eski Toshkentdagi 12-sonli maktabda o‘qituvchi, ayni vaqtda “Ishtrokiyun” gazetasi tahririyatida adabiy xodim va tarjimon vazifalarini …

batafsil »

Adham Rahmat

ADHAM RAHMAT (1909–1983) – yozuvchi. 1926 yildan Toshkentda. 2-jahon urushi yillari o‘zbek tilida chiqqan «Qizil askarlar haqiqati» front gazetasi muharriri. Urushdan so‘ng «Sovet O‘zbekistoni» gazetasi muxbiri. Uning ijodida harbiy vatanparvarlik mavzui asosiy o‘rin egallaydi. U o‘zbekistonlik 2-jahon urushi qatnashchilari qahramonliklarini tarannum etgan, bedarak yo‘qolganlarni qidirib topib, xalqqa maʼlum qilishda jonbozlik ko‘rsatgan. Adham Rahmatning «Jangovar lavhalar» (1960), «Ellik bir bahodir» (1961), «Jangovar …

batafsil »

O‘zbekiston Oliy sudining birinchi raisi va uning ayanchli qismati

Saʼdulla Qosimov yoxud «Qosimovchilik ishi» Saʼdulla Qosimov 1901 yil Toshkent shahrida dunyoga kelgan. 1909 yildan mashhur muallim Eshonxo‘ja Xoniyning yangi usuldagi “Xoniya” boshlang‘ich maktabida, 1916 yilgacha Munavvarqori Abdurashidxonovning rushdiy “Namuna” maktabida o‘qigan. Ayni paytda rus-tuzem maktabida o‘qib, rus tili va zamonaviy fanlarni ham o‘zlashtirgan. 1918-1920 yillarda “O‘zbek pedagogika bilim yurti”da tahsil olgan. 1919 yil dekabr oyigacha o‘qituvchi bo‘lib, 1919 yil …

batafsil »

Badriddin Chochiy (1285–1344)

BADRIDDIN CHOCHIY (taxalluslari: Chochiy, Badr, Shoshiy) (1285–1344) – shoir. Toshkentda tug‘ilgan. Misrda va Bag‘dod shahrida tahsil olgan. Turkiy va fors tillarida ijod etgan. 1332 yildan Dehlida yashab, Sulton Muhammadshoh Tug‘luq saroyida xizmat qilgan. Asosan qasidalar yozgan. Qasidalarida ijtimoiy turmushdagi kamchiliklarni hajv ostiga olgan, ushbu janrni yuqori bosqichga ko‘targan. Qasidachilikda vasfni qayta tiklagan. «Qish qasidasi» («Qasidai shitoiya»), «Yoz qasidasi» («Qasidai sayfiya»), «Bahor …

batafsil »

Mirkarim Osim (1907–1984)

Mirkarim Osim  – yozuvchi va tarjimon. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi (1944), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1977). Toshkentda tug‘ilgan. Samarqandda o‘qituvchilar tayyorlash kursida dars bergan (1930). Davlat nashriyotida muharrir (1931), Pedagogika fanlari ilmiy-tekshirish institutida ilmiy xodim (1932–49), Fafur Fulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir (1959–72). Navoiy haqida turkum qissa va hikoyalar yozgan (1937–40). O‘rta Osiyo xalqlari tarixining eng qadimgi …

batafsil »

Toshkentlik Muhammad Yunus Toib – biz bilmagan qozi

Qozi – musulmon davlatlarida hukmdor tomonidan tayinlanadigan, shariat asosida sud vazifasini bajaruvchi, sud’ya, sha’riy mahkama raisi. O‘rta Osiyo xonliklari davrida qozilar xozirgi sud, prokuror, notarius vazifalarini bajarganlar, ya’ni fiqh (shariat qonunlari) asosida fuqarolik ishlari, jinoiy ishlarni ko‘rib chiqqanlar, xar qanday bitim, shartnoma, vasiyatnomalarni tasdiqlaganlar. Tariximizda muhim o‘rin tutadigan qozilar ko‘plab uchraydi. Jumladan, Turkiston jadidlarining yo‘lboshchisi, o‘zbek milliy teatrining asoschisi, ma’rifatparvar …

batafsil »

Muhammad Yoqubbek – Xitoydagi Yettishahar davlatining Pskentlik hukmdori (2-maqola)

Davomi. 1-qismni o‘qish Sharqiy Turkistondan tashvishli xabar… Xon Sulton Sayidxon Toshkent o‘rdasiga kelib o‘rnashdi. Uning oldiga Muhammad Yoqubbek ham kelib, salomga kirdi. Amir lashkar Alimqulga bu paytda Sharqiy Turkistonning Qashqar shahridan xat-xabar kelgan bo‘lib, uni bu masala ko‘p o‘ylantirib qo‘ygan. Sarkarda Qashqar va uning atrofi, u yerda bo‘layotgan voqealarga ko‘pdan e’tibor berib yurgan edi. Chunki, Sharqiy Turkistondagi manchjurlar hokimiyatiga qarshi …

batafsil »

Muhammad Yoqubbek – Xitoydagi Yettishahar davlatining Pskentlik hukmdori (1-maqola)

Turkiston xalqlari tarixida o‘chmas iz qoldirgan siymolardan biri Muhammad Yoqubbek Badavlatdir (1820–1877 yy.). Muhammad Yoqubbek XIX asrning ikkinchi yarmida Qo‘qon xonligi va Sharqiy Turkiston hududida katta harbiy tashkilotchilik ishlarini olib borgan atoqli sarkarda va davlat arbobi sifatida mashhur bґlgan. U manbalarda turlicha, jumladan, «Muhammad Yoqubbek», «Yoqubbek Badavlat», «Otaliq G‘oziy», «Qushbegi» kabi nomlar bilan qayd etilgan. Muhammad Yoqubbek 1820 yilda Toshkent …

batafsil »

Shosh vohasi faqihlari merosi

Fiqh ilmi islomshunoslikning yetakchi tarmoqlaridan biri. Ayni paytda kam o‘rganilgan sohasi sanaladi. «Garchi fiqh ilmi haqida K.Brokkelman, O.Pritsak, Yu.Z.Kavakji va boshqa G‘arb olimlari ishlarida birmuncha so‘z yuritilsa-da, lekin ular Movarounnahrda o‘rta asrlardagi fiqh ilmi tarixi taraqqiyotini o‘rganishda yetarli manba bo‘la olmaydi»[1]. Keyingi yillarda bir qator o‘zbek olimlari A.Saidov[2], A.Mo‘minov[3], M.Kamilov[4], O.Qoriyev[5], A.Jo‘zjoniy[6], S.Ishoqov[7] tomonidan tadqiqotlar amalga oshirildi. Shuningdek, buyuk faqih …

batafsil »

Muhiddinxo‘ja qozi (tarixiy hujjatlar asosida)

Muhammad Hakimxo‘ja eshon vafotidan keyin qozi kalonlik mansabini u kishining o‘g‘illari Muhiddinxo‘ja egalladi. Bu lavozimda u otasiga nisbatan boshqacha sharoitda, mustamlakachilar o‘lkada ildiz otib, xalq hayotida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berayogan vaziyatda faoliyat ko‘rsatdi. Uning davrida Turkistonda matbuot-nashriyot ishlari yo‘lga qo‘yildi. Bir necha ilmiy-madaniy muassasalar ish yuritdi, yangi zamon fan-texnikasini, rus tili, adabiyoti va san’atini o‘rganishni targ‘ib etuvchi yangicha ma’rifatparvarlik yo‘li …

batafsil »

Shoshlik muhaddislar. Abu Bakr Umar ibn Abdurahim Shoshiy

Shoshlik muhaddislar orasida tasavvufda ham shuhrat qozonib, «shayx», «solih sufiy» kabi darajalarga erishgan olimlar ham mavjud. Ana shundaylardan biri Abu Bakr Umar ibn Abdurahim Shoshiy bo‘lib, u tax. 450/1058 yilda tug‘ilib, 518/1124 yilda vafot etgan. U shayx, solih sufiy va muhaddis[1]. Abu Bakr Umar ibn Abdurahim Shoshiy Imom Abulmuzaffar Sam’oniy, Abulqosim Hibatulloh ibn Abdulvoris Sheroziy Hofiz, Abu Sa’d Muhammad ibn …

batafsil »

Said Ahmad

SAID AHMAD (taxallusi; asl ism-sharifi Husanxo‘jayev Said­ahmad) (1920.10.6–2007.5.12) – O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1980). O‘zbekiston Qahramoni (1999). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1968). Toshkentda tug‘ilgan. Tasviriy san’at bilim yurtida, Toshkent pedagogika institutida o‘qigan (1940–43). «Mushtum» jurnali (1938–38; 1955–57), O‘zbekiston radioqo‘mitasi (1941–43)da, «Qizil O‘zbekiston» gazetasi (1943–47) va «Sharq yulduzi» (1948–50; 1957–59) jurnalida adabiy xodim. «Er yurak» (1942), «Farg‘ona hikoyalari» (1948), «CHo‘l burguti» …

batafsil »

Mahmud Usmonov (ganchkor usta)

USMONOV Mahmud (1910–1997.1.7) – ganchkor usta, O‘zbekiston Badimiy akademiyasi akademigi (1997), O‘zbekiston xalq rassomi (1977). Toshkentda tug‘ilgan. Hunarni otasi usta Usmon Ikromovdan, keyinchalik Usta Shirin Murodovdan o‘rgangan. Mahmud Usmonov Toshkent ganchkorligi san’ati an’an’alarini rivojlantirdi, uni yangi mazmun bilan boyitdi; islomiy va girih naqshlarni mahorat bilan qo‘llab jozibador naqsh mujassamotlarini yaratdi; u ishlagan naqsh­lar nafis, aniq va lo‘nda, o‘ymalari mukammalligi bilan …

batafsil »

Muhammad Hakimxo‘ja qozi kalon (tarixiy hujjatlar asosida)

Aziz Toshkandimizni o‘rus bosqinchilari bemisl shafqatsizligu qonxo‘rlik bilan bosib olgan 1865 yili iyun oyida bu shahri azimning qozi kaloni Muhammad Hakimxo‘ja Norxo‘ja eshon o‘g‘illari edi. Sovet davri tarix ilmi mustamlakachilik kayfiyatiga va kommunistik mafkuraga uyg‘un ravishda bu inson sha’nini ham bulg‘ab, shu yo‘l bilan xalqning ko‘zida ulug‘larini obro‘sizlantirish, millatning o‘ziga ishonchini sindirish, g‘ururini poymol etish, o‘z qahramonlaridan ayirib boshqalarni qahramon …

batafsil »