Bosh sahifa » Toshkent tarixi (page 9)

Toshkent tarixi

Kavardon (Kabarna, Kabarnaket)

KAVARDON, Kabarna, Kabarnaket – arxeologik yodgorlik (miloddan avvalgi 4-asr – milodiy 5-asr boshlari). Chochdagi qadimiy shahar xarobalari. Arab geograflari asarlarida Kabarna nomi bilan qayd etilgan (10-asr). Toshkentdan 25 km sharqda. Yangibozor shahridan 6 km janubda, Kavardon qishlog‘ining shimoliy chekkasida joylashgan

batafsil »

Toshkent ko‘nkasi

KO‘NKA, konka – otlar bilan harakatlantirilgan bir vagonli, tor izli shahar transporti. Toshkentda 20-asr boshlarida paydo bo‘lgan. Toshkent Ko‘nkasining dastlabki loyihasini 1882 yil muhandis Eduard Deni taklif etgan. Ko‘nka qurilishi 1896 yil Belgiya jamiyati «Toshkent tramvayi» tomonidan boshlangan

batafsil »

Uchtepa

UCHTEPA – ilk o‘rta asr qishloq xarobasi (6-8; 10-15-asr boshi) – Oqtepa maydonidagi «Mebel» do‘koni o‘rnida joylashgan uchta tepalikdan iborat. Binkat atrofidagi hunarmandlar yashaydigan qishloq bo‘lib, asosan sopol va shisha buyumlari bilan shuhrat qozongan. Mo‘g‘ullar istilosi (13-asr boshi)dan so‘ng, 14-15-asrlarda hayot qisman tiklangan. 1966 yilgi Toshkent zilzilasidan so‘ng shahar va uning atrofida keng qurilish ishlari olib borilishi jarayonida tekislanib tashlangan

batafsil »

Toshkent fenologik kalendari

FENOLOGIK KALENDAR – tabiatdagi turli hodisalarning muayyan mavsumdagi oylar ichida boshlanish va tugash vaqtini ko‘rsatadigan kalendar. Toshkentda ham O‘rta Osiyoning aksari qismidagi kabi iqlim mavsumlari yaqqol namoyon bo‘lmaydi. Ikki davr: issiq va sovuq davrlar yaxshi farqlanadi

batafsil »

Bolgarlar (Народы Узбекистана. Болгары)

Народ, основное население Болгарии. Язык — болгарский южной подгруппы славянской группы индоевропейской семьи. Верующие — в основном православные, есть мелкие группы католиков и протестантов; значительна группа мусульман

batafsil »

Chuqurko‘prik

CHUQURKO‘PRIK – Beshyog‘och dahasidagi qadimgi mahalla. Mirlar, Zangiota, Badrboy, Eshonguzar mahallalari bilan chegaradosh. 300 dan ortiq xonadon yashagan. Aholisi o‘zbeklar bo‘lib, ko‘pchiligi dehqonchilik va bog‘dorchilik (shahar tashqarisidagi yerlarida), hunarmandchilik bilan shug‘ullangan

batafsil »

Choch tili

Choch tili – qadimgi tillardan biri. Choch aholisining turmushi, madaniyati haqida 10–12-asrlar manbalari ilgarigi asrlarga qaraganda ko‘proq ma’lumotlarni o‘zida mujassamlashtirgan

batafsil »

Xo‘ja Parixontepa

XO‘JA PARIXONTEPA, Xo‘jafarxon – ilk o‘rta asrlarga oid arxeologik yodgorlik, otashparastlar qabristoni (milodiy 6–7-asrlar). Beruniy va Kichik halqa yo‘li ko‘chalari kesishgan yerda joylashgan. 1988 yil Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi (M.I.Filanovich) tomonidan o‘rganilgan

batafsil »

Obrlig‘ (Arbilax)

OBRLIG‘, Arbilax – o‘rta asrlarda Iloq shaharlaridan biri (5-15-asrlar). Angren shahridan janubi-g‘arbda, Ohangaron daryosining chap qirg‘og‘ida, Obliq qishlog‘ining sharqiy qismida joylashgan. 1962-63 yillarda Yu.F.Buryakov tadqiq qilgan

batafsil »

Lashkar qushbegi

LASHKAR QUSHBEGI, G‘ulomshoh (1842 yilda vafot etgan) – Toshkent hokimi (1810–40); Chitrol viloyatidan chiqqan eroniy qullardan. Qo‘qon xonligi davrida yuqori lavozimlarni egallagan. 1809 yilda Olimxon Toshkentni bosib olgach, Lashkar qushbegini devonbegi lavozimida shahar hokimi etib tayinlagan

batafsil »

Торговые трассы Трансоксианы – Мавераннахра в системе Великого шелкового пути. Часть 1

Амударья, Земма, Фараб. Великий шелковый путь на протяжении многих столетий объединявший государства Евразии от Китая до Средиземноморья и Восточной Европы, сыграл важную роль в процессе развития интеграции экономики и культуры народов Востока и Запада

batafsil »

Toshkent darvozalari kalitlari

SHAHAR DARVOZALARI KALITLARI – Toshkent darvozalari (19-asr o‘rtalarida 12 ta darvoza)ning alohida kalitlari bo‘lgan. Har bir kalitda tegishli darvoza nomi va kalit yasalgan yil yozilgan. Toshkent 1865 yil iyun oyida Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingandan keyin, chor hukumatiga tobelik ramzi sifatida 12 ta darvozaning ramziy oltin kaliti shoshilinch ravishda yasalib, chor ma’murlariga topshirilgan

batafsil »

Chilto‘g‘on

CHILTO‘FON (asli nomi Chilcho‘pto‘g‘on bo‘lib, «qirqta yog‘ochdan yasalgan to‘g‘on» ma’nosida) – Sebzor dahasidagi qadimgi mahalla. Uchko‘cha, Taxtapul, Tarnovboshi mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan, bir qismi shahar chekkasiga borib taqalgan. O‘rta asrlarda shu yerda Kaykovus kanali ustiga qurilgan

batafsil »

Choch (Toshkent) vohasi qadimgi turk toponimlari

«Tarixiy-madaniy meros va zamonaviy madaniyat» mavzuidagi Xalqaro ilmiy-amaliy seminar materiallaridan… Древнетюркские топонимы Чачского (Ташкентского) оазиса Чачский (Ташкентский) оазис, основную территорию которого составляют долины рек Чирчик и Ахангаран

batafsil »