Bosh sahifa » Toshkent tarixi (page 8)

Toshkent tarixi

Kattahovuz

KATTAHOVUZ – Ko‘kcha dahasidagi qadimiy mahalla. «Obinazir», «Darvoza», «Ayrilish», «Sarxumdon» mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. Mahallada katta hovuz bo‘lgan (nomi shundan). Qariyb 350 xonadon yashagan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, ko‘nchilik, shahar tashqarisidagi yerlarida (Qo‘riqrabod, Cho‘ponota, Oqtepa, Damachi mavzelarida) dehqonchilik bilan shug‘ullangan

batafsil »

«Milliy ittihod» jadidlar tashkiloti

«MILLIY ITTIHOD», «Ittihodi taraqqiy» – Turkiston jadidlari tashkiloti (1920-25). Munavvarqori va Sadriddinxon Sharifxo‘jayev tashabbusi bilan Toshkentda tuzilgan. «Milliy ittihod» bolsheviklar rejimiga qarshi kurashda sovet muassasalarida xizmat qilayotgan milliy rahbar xodimlarga tayangan va o‘z oldiga Turkistonda milliy mustaqil davlat barpo etishni bosh maqsad qilib qo‘ygan

batafsil »

Kanpirdevor

KANPIRDEVOR, Kandiparak, Devori kan(m)pirak – O‘rta Osiyoda dehqonchilik vohalarini ko‘chmanchilar hujumidan himoya qilish maqsadida barpo qilingan mudofaa inshootlari tizimining xarobalari. Ma’nosi «qazilgan» (choh) demakdir. Talaffuzda «n» bilan «m» almashuvi kuzatiladi. «Pir» so‘zi esa qadimda payrya – aylana, o‘rov ma’nosida. Demak «kan(m)pir» so‘zining o‘zi «xandaqli devor» degani

batafsil »

Nujakat

NUJAKAT, Nujkat, Unjakat – o‘rta asrlarga oid Choch shahri (9-17-asrlar). Arab geograflari (10-asr) asarlarida Sirdaryo va Chirchiq daryolari kechuvida, shuningdek, So‘g‘ddan va Banokatdan keluvchi savdo yo‘lida joylashgan shaharlar ro‘yxatida qayd etilgan. Uning xarobalari hozirda Chirchiq daryosining quyilish yerida, daryoning chap sohilida, Gul qishlog‘ida joylashgan O‘jakent shahar xarobasi nomi bilan mashhur

batafsil »

Toshkentda noshirlik

NOSHIRLIK – Toshkent hududida bosmaxona paydo bo‘lgunga qadar kitob tayyorlashda kotib, xattotlar mehnati muhim o‘rin tutgan. Bu borada Toshkentda Abdulvadud kotib (15-16-asr), Abdulhaq kotib (1808-1886), Muhammad Yunus kotib (19-asr), Abdulmannop kotib (1880-1945), Muhammad Shohmurod kotib (1850-1922), Sidqiy Xondayliqiy (1884-1934) va boshqalarning faoliyatlari diqqatga sazovor

batafsil »

Solihbek oxund

SOLIHBEK OXUND (to‘liq ismi Mulla Solih oxund) (1813- 1868) – davlat arbobi, ulamo, mudarris, chor Rossiyasi qo‘shinlariga qarshi Toshkent mudofaasining rahbari. Otasi – Qo‘qon xonligining eng nufuzli kishilaridan biri bo‘lgan, unga dodxoh unvoni berilgan; Toshkent shahrida amalga oshiriladigan ishlarda uning maslahati muhim ahamiyat kasb etgan

batafsil »

Niyozbek yo‘li ko‘chasi

NIYOZBEK YO‘LI KO‘CHASI – Yunusobod tumanining «Turon» mahallasi, Mirzo Ulug‘bek tumanining «Amir Temur» mahallasi hududida joylashgan. Toshkentning qadimgi ko‘chalaridan biri. Amir Temur shohko‘chasi va Qori-Niyoziy ko‘chasi oralig‘ida. Uzunligi 1,5 km atrofida. 19-asrning 2-yarmida tashkil topgan

batafsil »

Muin xalfa bobo maqbarasi

MUIN XALFA BOBO MAQBARASI (Qorasaroy ko‘chasi, 89) – me’moriy yodgorlik (19-asr). Toshkentlik eshon Muin xalfa bobo (1883 yil vafot etgan)ga atab qurilgan. To‘g‘ri to‘rtburchak tarhli (5,48×6,16 m) bino, yolg‘iz kvadrat xona (3,05×3,05 m) va unga tutash ayvondan iborat. Xona ichida ikki sag‘ana bor (xalfaning o‘zi va o‘g‘li dafn etilgan)

batafsil »

Moytepa

MOYTEPA – shahar xarobasi (7-13-asr boshi). Toshkentning janubi-g‘arbiy chekkasida, Zangiotada joylashgan. Dastlab (1934) arxeolog G.V.Grigorev tomonidan o‘rganilgan. 1948 yil Moytepadan tangalar topilgan, ulardan 2 tasi Banokatning qoraxoniylar sulolasiga mansub mahalliy hokimi tomonidan 12-asr oxiri – 13-asr boshida zarb etilgan, uchinchi tanga oltindan yasalib, 13-asr oxiri – 14-asr boshiga oid

batafsil »

Zanjirlik

ZANJIRLIK – Shayxontohur dahasidagi qadimgi mahalla. Quduqboshi, Mergancha, Padarkush mahallalari bilan chegaradosh. Quyi va Yuqori Zanjirlikka bo‘lingan. Qariyb 100 xonadon yashagan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, savdo-sotiq, shahar tashqarisidagi yerlarida (Avayxon, Tovkattepa, Askiya, Labzak) dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Shayxontohur arig‘idan suv ichilgan

batafsil »

Kavardon (Kabarna, Kabarnaket)

KAVARDON, Kabarna, Kabarnaket – arxeologik yodgorlik (miloddan avvalgi 4-asr – milodiy 5-asr boshlari). Chochdagi qadimiy shahar xarobalari. Arab geograflari asarlarida Kabarna nomi bilan qayd etilgan (10-asr). Toshkentdan 25 km sharqda. Yangibozor shahridan 6 km janubda, Kavardon qishlog‘ining shimoliy chekkasida joylashgan

batafsil »

Toshkent ko‘nkasi

KO‘NKA, konka – otlar bilan harakatlantirilgan bir vagonli, tor izli shahar transporti. Toshkentda 20-asr boshlarida paydo bo‘lgan. Toshkent Ko‘nkasining dastlabki loyihasini 1882 yil muhandis Eduard Deni taklif etgan. Ko‘nka qurilishi 1896 yil Belgiya jamiyati «Toshkent tramvayi» tomonidan boshlangan

batafsil »

Uchtepa

UCHTEPA – ilk o‘rta asr qishloq xarobasi (6-8; 10-15-asr boshi) – Oqtepa maydonidagi «Mebel» do‘koni o‘rnida joylashgan uchta tepalikdan iborat. Binkat atrofidagi hunarmandlar yashaydigan qishloq bo‘lib, asosan sopol va shisha buyumlari bilan shuhrat qozongan. Mo‘g‘ullar istilosi (13-asr boshi)dan so‘ng, 14-15-asrlarda hayot qisman tiklangan. 1966 yilgi Toshkent zilzilasidan so‘ng shahar va uning atrofida keng qurilish ishlari olib borilishi jarayonida tekislanib tashlangan

batafsil »

Toshkent fenologik kalendari

FENOLOGIK KALENDAR – tabiatdagi turli hodisalarning muayyan mavsumdagi oylar ichida boshlanish va tugash vaqtini ko‘rsatadigan kalendar. Toshkentda ham O‘rta Osiyoning aksari qismidagi kabi iqlim mavsumlari yaqqol namoyon bo‘lmaydi. Ikki davr: issiq va sovuq davrlar yaxshi farqlanadi

batafsil »

Bolgarlar (Народы Узбекистана. Болгары)

Народ, основное население Болгарии. Язык — болгарский южной подгруппы славянской группы индоевропейской семьи. Верующие — в основном православные, есть мелкие группы католиков и протестантов; значительна группа мусульман

batafsil »