Bosh sahifa » Toshkent tarixi (page 7)

Toshkent tarixi

Городской архив. Кондиции на поставку строительных материалов и производство строительных работ

Кондицiи (от лат. condicio — соглашение) на поставку строительныхъ матерiалов и производство строительныхъ работъ съ подряда по Ташкентскому городскому общественному управленiю. «O‘zarxiv» agentligi fondlaridan

batafsil »

Алфавитный указатель улиц, переулков и проездов гор. Ташкента (конец XIX-начало XX веков)

Алфавитный указатель улиц, переулков и проездов гор. Ташкента с указанием в какие кварталы они входят, и сел и кишлаков Ташкентского уезда, с указанием числа верст до них от города Ташкента и каких полицейских, мировых и следственных участков и какого участка судебного пристава (конец XIX–начало XX веков). «O‘zarxiv» agentligi fondlaridan

batafsil »

Tarnaushtepa

TARNAUSHTEPA – arxeologik yodgorlik, arki va unga yondosh qishlog‘i bo‘lgan shahar xarobasi (7–8-asrlar va 10–15-asrlar). Toshkentning sharqiy chekkasida. Baxt ko‘li qirg‘og‘ida joylashgan. Ark o‘rnida xom g‘isht va paxsadan ilk o‘rta asrlarda bunyod etilgan mahobatli inshoot bo‘lgan. Qishloq hududi o‘rnida hozirda turar joy binolari qad ko‘targan

batafsil »

Toshkent qo‘zg‘oloni, Vabo isyoni (1892 yil)

TOSHKENT QO‘ZFOLONI, Vabo isyoni (1892.24.6) – chor Rossiyasi mustamlakachilik siyosati va milliy zulmiga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olon. Shaharda vabo kasalligi tarqalishi munosabati bilan mustamlaka ma’muriyati tomonidan ko‘rilgan o‘zboshimcha tadbirlar turtki bo‘lgan. Xususan, shahar ma’muriyati 7 iyunda 12 ta eski qabristonni yopib, yangi 4 qabriston ochilishini, shahardan chiqish cheklanganligini e’lon qilgan

batafsil »

Товкаттепа

TOVKATTEPA – arxeologik yodgorlik (1–8 va 11–15-asrlar); markazida qo‘rg‘on bo‘lgan, lekin atrofi mudofaa devori bilan o‘ralmagan manzilgoh. Qal’a va shahristondan iborat. Maydoni 6,5 gektar. Tovkattepaning sharqiy chekkasi – Tuzel qishlog‘i hududida. Yodgorlik Qovunchi madaniyatiga mansub

batafsil »

Nukat

NUKAT – o‘rta asrlarda Iloq shaharlaridan biri (3–12-asrlar). Choch markazidan Iloq poytaxti Tunkatga boradigan savdo yo‘lida joylashgan. Arab geograflari asarlarida Iloqning eng yirik shaharlaridan biri, 12-asr geograflarida esa Iloq poytaxti sifatida qayd etilgan. Uning xarobalari To‘ytepa shahrining g‘arbiy chekkasida, Toshkentdan 25 km janubida Ulkan To‘ytepa nomi bilan saqlangan

batafsil »

Garkert (G‘uzkert)

GARKERT, G‘ u z k e r t – o‘rta asrlarda Choch shahri (6–12-asrlar). Arab geograflarining ma’lumotlariga ko‘ra (10-asr), Isfijob yo‘lida Keles daryosining yuqori oqimida joylashgan. Qozig‘urt tog‘i yonbag‘ridagi daryoning so‘l sohilidagi Sharobxona shahar xarobasi o‘rnida bo‘lgan, deb hisoblanadi (G.I.Patsevich)

batafsil »

“Mo‘yi Muborak Ukkosha” jome’ masjidi tarixi

Mazkur masjid Toshkent shahar Shayxontohur tumani Samarqand darboza ko‘chasi “Chorsu” mahallasi 13-A uyda joylashgan. Masjid o‘z faoliyatini 1991 yil may oyidan boshlagan. Masjid Toshkent shahar adliya boshqarmasining 1998 yil 22 oktyabrdagi 107-raqamli guvohnomasi bilan qayta ro‘yhatdan o‘tgan

batafsil »

Новые данные об истории Ташкентской мечети — Хотинмасжид

Хотинмасжид древнейшая мечеть Ташкента, расположенная в местности Эски Джува Себзарской части города. Между тем точных письменных сведений о дате постройки и принадлежности инициативы ее сооружения до сих пор не имеется. Нам представляется, что прежде чем перейти к рассмотрению новых данных, необходимо проанализировать ранее выполненные исследования, касающиеся истории мечети

batafsil »

Tarixiy fotosuratlar

Toshkent shahri haqida so‘zlovchi tarixiy fotosuratlar (yozuvlar asli): 1. Eski shahar. Beklarbegi madrasasi minorasi (Старый город. Минарет Бигляр-биге)

batafsil »

Xarashket

XARASHKET – Toshkent vohasidagi qadimiy shahar. Toshkent viloyati, Oqqo‘rg‘on tumani, «Qanqa» qishloq xo‘jaligi birlashmasi hududida joylashgan. 10-asr arab geograflari (Istahriy, Ibn Havqal, Maqdisiy) tomonidan Choch shaharlari qatorida tavsiflangan. Masalan, Ibn Havqalning ma’lumotiga ko‘ra Xarashket – kattaligi jihatidan Chochda uning poytaxtidan keyin ikkinchi shahar bo‘lgan

batafsil »

Bo‘zsuv makonlari

BO‘ZSUV MAKONLARI – tosh davriga oid ibtidoiy manzilgohlar. Toshkent shahridan 12–15 km shimoli-g‘arbda Bo‘zsuv kanali bo‘yida joylashgan. Makonlardan biri – Shoimko‘prikni (1901) arxeolog A.P.Pavlov, ikkinchisi – SHo‘ralisoy yoqasidagini (1955) arxeolog O.I.Islomov topgan

batafsil »

Imloq

IMLOQ – qadimiy shahar xarobalari. Olmaliq shahridan (Toshkent viloyati) 12 km sharqda. Ohangaron daryosining chap sohilida joylashgan. Shahar markazi 5 gektar, undan sharqda joylashgan shahriston maydoni 12,5 gektar bo‘lgan. Shahristonning daryoga qaragan shimoliy tomoni mudofaa inshootlari bilan mustahkamlangan, qolgan tomonlari rabod bilan o‘ralgan

batafsil »

Niyozbek qal’asi

NIYOZBEK QAL’ASI – Chirchiq daryosining o‘ng qirg‘og‘idagi qal’a xarobasi (hozirgi Chirchiq shahri hududida bo‘lgan). Toshkent va uning atrofini suv bilan ta’minlovchi qadimiy irrigatsiya inshooti – Bo‘zsuvni dushmandan himoya qilish maqsadida qurilgan. Qal’a nomi Muhammad Solihxo‘janing yozishicha, To‘labiyning o‘g‘li Niyozbek nomi bilan bog‘liq bo‘lgan

batafsil »

To‘rtko‘ltepa-1

TO‘RTKO‘LTEPA-1 – shahar xarobasi (3–6-asrlar). Yangiyo‘l shahridan g‘arbda joylashgan. Dastlab (1934) G.V.Grigoryev, keyinchalik (1977) Yu.F.Buryakov tekshirgan. To‘rtko‘ltepa-1 maydoni to‘g‘ri to‘rtburchak (400 x 400 m) bo‘lib, Qurquldak soyining so‘l qirg‘og‘ida o‘rnashgan. Atrofi mudofaa devori bilan o‘ralgan (46–52 x 25–26 x 10–12 sm lik yirik xom g‘ishtlar ishlatilgan). Devor poyining qalinligi 8 m, saqlanib qolgan balandligi ham 8 m ni tashkil qiladi

batafsil »