«BESH BOSH» – 20-asr boshlarida Turkiston paxta tozalash va paxta moyi ishlab chiqarish sanoatida hukmronlik qilgan aksiyadorlik jamiyati. 1914 yil tashkil qilingan. Paxtani sotib olish, paxta tozalash va paxta moyi zavodlari qurish bilan shug‘ullangan. «Besh bosh»da 5 paxta firmasi – «Vl. Alekseyev», «Br. Shlossberg», «Moskovskoye torgovo-promыshlennoye tovariщyestvo», «Fors», «Bolshaya Yaroslavskaya manufaktura» birlashgan (nomi shundan). Unga 39 paxta tozalash zavodi, 5 …
batafsil »Toshkent tarixi
«Chaqar»dagi (yo‘qotilgan) topilma
Toshkent shahrining qadimiy (hozir ham mavjud bo‘lgan) «Chaqar» mahallasida olib borilgan qazishma ishlarida topilgan «hammom» qoldiqlari. Ekspeditsiya yakunida ko‘mib yuborilgan va o‘rnida hozirgi Respublika rassomlik kolleji qurilgan
batafsil »Sho‘rtepa
SHO‘RTEPA – arxeologik yodgorlik (7–8-asrlar, qisman 10–12-asrlar, 15-asr), arkli qishloq xarobasi. Toshkentning shimoli-sharqiy qismida, Qorasuvdan Tovkat arig‘i ajralib chiqqan yerda joylashgan. Balandligi 7 m li ark va unga tutash qishloq xarobasining bir qismi saqlangan. 1887 yil N.P. Ostroumov qazilma ishlari olib borgan. 1949 yil I.Baishev va V.M.Masson qayd qilgan. 1968 yil Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi Sho‘rtepada tekshirish ishlari o‘tkazib, Sho‘rtepa arkining …
batafsil »Eshonqulidodxoh madrasasi
ESHONQULIDODXOH MADRASASI (rus manbalarida Shayxontohur madrasasi) – Shayx Xovandi Tohur majmuasi tarkibidagi yirik madrasa (1840). Toshkent hokimi Lashkar qushbegining o‘g‘li, Turkiston hokimi Eshonqulidodxoh tomonidan Yunusxon madrasasining janubi-sharqida, Katta ko‘cha (hozirgi Navoiy ko‘chasi)ga tutash yerda qurdirilgan. Madrasa Shayx Xovandi Tohurning Oltunlik masjidi yonida, qadimiy Langar hovuzi atrofida to‘rt tarafdan bir-biriga qaratib solingan binolardan tarkib topgan. O‘rtada qolgan Langar hovuzi esa Eshonqulidodxoh …
batafsil »Toshkentni poytaxt deb e’lon qilinishi haqida
1930 yil 17 avgustda O‘zbekiston Respublikasining poytaxti Samarqand shahridan Toshkent shahriga ko‘chirilgan. Quyida o‘sha davrda yuqoridagi masala bo‘yicha qabul qilingan qarordan ko‘chirma. Qaror lotin grafikasiga asoslangan o‘zbek alifbosida yozilgan, lekin hozirgi alifbodan ancha farq qiladi: rus tilida: «O‘zarxiv» agentligi fondlaridan
batafsil »Toshkent politsiyasi
POLITSIYA – shahar va qishloq joylarda tartibni nazorat qilib turish uchun 18-asrda chor Rossiyasida tuzilgan ichki qo‘shin turi. Toshkentda 1887 yilgacha Politsiyachi vazifasini garnizon soldatlari bajargan. 1887 yildan shahar Politsiyasi shahar boshlig‘iga bo‘ysungan. Politsiyani politsmeyster boshqargan; unga mirshablar, adres stoli, Politsiya arxivi, vrachlik-politsiya komiteti ham bo‘ysungan. Toshkent 2 ta Politsiya boshqarmasiga bo‘lingan: biri Toshkentning Yangi shahar qismida, ikkinchisi Eski shahar …
batafsil »Toshkent qamali (1852)
TOSHKENT QAMALI (1852) – Toshkent hokimi Normuhammad qushbegining Musulmonqul mingboshi siyosatiga qarshi bosh ko‘tarib, Toshkentni Qo‘qondan mustaqil deb e’lon qilishi sabab bo‘lgan. Musulmonqul 1852 yil bahorda yosh Xudoyorxon hamrohligida Toshkentga yurish boshlagan, 7 martda 40 ming kishilik qo‘shin bilan Toshkentga yetib kelgan. Muhammad Solihxo‘janing yozishicha, Chirchiqdan o‘tgan qo‘shin Niyozbek qal’asiga hujum boshlagan, lekin qal’ani egallay olmagan Musulmonqul uning ro‘parasida Tanaso‘ydi …
batafsil »Childuxtarontepa
CHILDUXTARONTEPA – arxeologik yodgorlik (hozirgi «O‘zbekiston shampani» AJ yaqinida joylashgan). So‘nggi jez davri (miloddan avvalgi 2-ming yillik oxiri – 1-ming yillik boshlari) chorvador qabilalari tomonidan qoldirilgan qabriston. Uchta qabr ochilgan, ularda mayitlar tuproq o‘ralarga dafn etilgan. Jasadlar udumga ko‘ra naqshsiz, yassitaglik sopol idishlar, munchoqlar, jezdan yasalgan zeb-ziynatlar – ikki uchi burama naqshli bilakuzuklar bilan qo‘shilib ko‘milgan. «Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil
batafsil »Toshkent. 1988 yil
Toshkent shahrining yaqin o‘tmishidan so‘zlovchi fotosuratlar, 1988 yil (из набора открыток «Ташкент в 1988 году»)
batafsil »Ilg‘atu Malik
ILFATU MALIK, Ilatg‘u Malik (13-asr) – Xorazmshohlar davlatining harbiy arboblaridan biri. Muhammad Xorazmshohning Banokatdagi noibi. Mo‘g‘ullar istilosi arafasida Muhammad Xorazmshoh Jand noibi Amir Buji Pahlavon Qutlug‘xonni 10 ming otliq askar bilan Ilg‘atu Malikka yordamga jo‘natgan. Banokat garnizoni, asosan, qang‘-lilardan tashkil topgan bo‘lib, ularga Ilg‘atu Malik qo‘mondonlik qilgan. Chingizxon O‘trorga kelib, Banokatni egallash uchun Alaq no‘yon, Saqtu va Buqa boshchiligida 5000 …
batafsil »Toshkent uyezdi
TOSHKENT UYEZDI – markazi Toshkent hisoblangan ma’muriy-hududiy birlik (1887–1924; 1867–86 yillarda Qurama uyezdi). 1918 gacha Turkiston general-gubernatorligi, 1918–24 yillarda Turkiston ASSR, 1926–30 yillarda Toshkent okrugi tarkibida. Maydoni 25610 kv. versta, aholisi taxminan 310 ming kishi bo‘lgan (1909). Toshkent uyezdida aksariyat o‘zbeklar, shuningdek, tatarlar, qozoqlar va boshqalar yashagan. Yerlari Chirchiq, Keles, Ohangaron va boshqa daryolardan sug‘orilgan. Aholisi, asosan, dehqonchilik (asosiy ekinlari: …
batafsil »Toshkent. 1980 yil
Toshkent shahrining yaqin o‘tmishidan so‘zlovchi fotosuratlar (из набора открыток «Ташкент в 1980 году») Манба
batafsil »Changtepa
CHANGTEPA – shahar xarobasi (2–13-asr boshi). Toshkentning sharqida joylashgan. Dastlab, G.V.Grigoryev (1934), keyinchalik F.Dadaboyev (1968–69), Yu.F. Buryakov (1974) tekshiruv-qazish ishlari olib borishgan. Umumiy maydoni – 12 gektar, arki – 1 gektar. Changtepaning quyi qatlamlari milodiy 2–3-asrlarga oid. Changtepadagi hayot 6-asrga kelib barham topgan, faqat 11-asrga kelib uning xarobalari ustida kichik chorbog‘ qad ko‘targan, u 13-asr boshida vayron bo‘lgan. Fotosurat manbasi …
batafsil »Oqota
OQOTA – shahar xarobasi (milodiy 5–6 – 11-asrlar; qisman 15-asr). Toshkentning shimoli – sharqiy chekkasida joylashgan. 20-asrning 20-yillarida qayd etilgan bo‘lsa-da, birinchi arxeologik tadqiqot ishlari 1940 yil o‘tkazilgan (M.E.Voronets). Oqotaning umumiy maydoni 600×300 m, arkining balandligi 5–6 m. 1960 yil Oqotadan temuriylar davriga oid xazina topilib, 1040 ta mis tanga O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyiga topshirilgan
batafsil »Devonai Burx mozori
DEVONAI BURX MOZORI, Bo‘rqi Sarimast valiy (Shayxontohur dahasi, Fishtmasjid mahalla guzari) – Toshkentdagi ziyoratgoh qadamjolardan biri (19-asr). Sulaymon payg‘ambar (a.s.) zamondoshi bo‘lgan Osaf Burxiyo nomi bilan bog‘liq. Muhammad Solihxo‘ja Toshkandiyning yozishicha, qadamjo binosidagi baland gumbaz o‘ratepalik yuz jamoasidan bo‘lgan Qurbonboy tomonidan bino qilingan. Devonai Burx mozori Ko‘hna Urganch va Buxoroda ham uchraydi
batafsil »