Bosh sahifa » Toshkent tarixi (page 12)

Toshkent tarixi

Xoja Ahror Valiy (1404-1490)

Xo‘sh, Xoja Ahror kim? Bu zotning besh asrdan buyon tillardan tushmay kelishining sababi nimada? Nima uchun bu kishini Xoja Ahror Valiy deydilar? Nega bu kishi haqida ko‘plab, turli tuman mulohazalar yozib kelingan? Tarixiy manbalarda Xoja Ahror haqida g‘oyat muhim ma’lumotlar bor

batafsil »

Mingo‘rik

MINGO‘RIK – arxeologik yodgorlik, qadimiy shahar xarobasi qoldig‘i (1–13-asrlar). Mahalliy aholi o‘rtasida u Afrosiyob tepasi nomi bilan ham mashhur bo‘lgan. To‘rtburchak arkka yondoshgan minora-qasr va shahristonning tepalikka aylangan hududidan iborat. 19-asrga oid shahar xaritasida maydoni 30–35 ga ekanligi ko‘rsatilgan

batafsil »

Shohruxiya

SHOHRUXIYA, Sharqiya – o‘rta asr shahar xarobasi (14–19-asrlar). Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumani hududida, Sirdaryoning o‘ng sohilida joylashgan. Shohruxiyani havaskor arxeolog D.K.Zatsepin (1876), Ye.T.Smirnov (1894, 1896) o‘rgangan. 1973 yildan Shosh–Iloq ekspeditsiyasi (Yu.F. Buryakov) tekshiradi. Shohruxiya qadimiy Banokat o‘rnida vujudga kelgan

batafsil »

Shoshtepa

SHOSHTEPA – arxeologik yodgorlik, tashqi va ichki qishloq hamda baland ark – qal’adan iborat shahar xarobasi (miloddan avvalgi 9-asr – milodiy 16-asr). Jo‘n kanali bo‘yida (Choshtepa ko‘chasida) joylashgan. Dastlab Turkiston arxeologiya havaskorlari to‘garagi a’zolari tomonidan qayd etilgan

batafsil »

Yangi shahar (ma’lumot)

YANGI SHAHAR – Toshkentning chor Rossiyasi tomonidan bosib olingan (1865)dan keyin vujudga kelgan, yevropacha uslubda qurilgan janubi-sharqiy qismi, Eski shahardan Anhor kanali bilan chegaralangan mustaqil aholi manzili sifatida barpo etilgan. Yangi shahar qurilishi tarixan shakllangan Eski shaharni hisobga olmay, harbiy istehkom tipidagi inshootlar qurishdan boshlangan

batafsil »

Eski Toshkent

ESKI TOSHKENT (Yuqori Toshkent) – qadimda Shosh viloyatiga qarashli shahar nomi. Toshkent viloyatining g‘arbida, Sirdaryoning o‘ng qirg‘og‘ida, hozirgi Chinoz va No‘g‘ayqo‘rg‘on oralig‘ida, «Paxta» temir yo‘li bekatida, Chirchiq bo‘yidagi baland tekislikda joylashgan. Qadimda «Isko Toshkand» deb atalgan («Isko» sug‘dcha – «yuqori»)

batafsil »