Bosh sahifa » Toshkent tarixi

Toshkent tarixi

«Mo‘yi muborak» madrasasi

«Mo‘yi muborak» madrasasi – meʼmoriy yodgorlik (1857). Toshkentning Hastimom mavzesida, Qaffol Shoshiy maqbarasi janubida joylashgan. Toshkent hokimi Mirzo Ahmad qushbegi tomonidan pishiq g‘ishtdan bunyod etilgan. Madrasa bitgach, Mirzo Ahmad unga Abdulmajidxon eshonni (sobiq muftiy Ziyovuddin Eshon Boboxonning bobosi) mudarris etib tayinlagan. Tarixchi Muhammad Solihxo‘ja o‘sha davrda madrasa o‘rni aholi tomonidan Xoja Ahror tug‘ilgan joy deb tushunilib, Xoja Ahror maydoni deb …

batafsil »

Isoxo‘ja qozi madrasasi

ISOXO‘JA QOZI MADRASASI (1830) – Sebzor dahasidagi madrasa. Asli sebzorlik Iso­xo‘ja qozikalon tomonidan pishiq g‘ishtdan qurdirilgan. Tarkibida dastlab bir necha hujra, 2 darsxona, xonaqoh va hovuz bo‘lgan. 1868 yilda madrasa 14 hujra, bir masjid, 1 dars­xona, tahoratxonadan iborat bo‘lib, kunchiqar tomonida katta mozor joylashgan. Madrasada Toshkentning nufuzli shaxslari Hakimxo‘ja qozi mudarris va imom, uning akasi shayxulislom Oyxo‘ja esa mutavalli bo‘lgan. …

batafsil »

Bokuda Sharq xalqlarining birinchi syezdi. 1920 yil (video)

1920 yil 1-8 sentyabr kunlari Boku shahrida Sharq xalqlarining birinchi syezdi o‘tkazilgan. Syezda 30 dan ortiq davlatdan 2000 ga yaqin vakillar qatnashgan. Syezdda qatnashgan 293 nafar turkistonliklar ichida Munavvarqori Abdurashidxonov, Toshpo‘latbek Norbo‘tabekov, Cho‘lpon, Obidjon Mahmudov, To‘raqul Jonuzoqov, Inomjon Xidiraliyev kabi taniqli shaxslar bo‘lgan. Videoda syezdning tantanali ochilish marosimidan parcha. Bosh kadrlarda Grigoriy Zinovyev va Karl Radeklarning chiqishi. Video: net-film.ru Manba: …

batafsil »

Professorlar shaharchasi

PROFESSORLAR SHAHARCHASI – Sobir Rahimov (hozirgi Olmazor) tumanidagi turar joy massivi. Qamarniso, Mirzo Folib, Forobiy va Toshxo‘jayev ko‘chasi oralig‘ida joylashgan. Loyihasi va qurilish ishlari Toshkent viloyati Zangiota tumani tasarrufidagi yerlarda 1966 yilgi Toshkent zilzilasidan so‘ng boshlangan. Professorlar shaharchasi, asosan, O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent texnika universiteti o‘qituvchi va professorlari uchun xususiy uy-joylar qurilishi maqsadida ajratib berilgan. Shaharchada turar joylar, maktab, bolalar bog‘chasi, …

batafsil »

Toshkent qozilari

O‘rta Osiyoda huquqiy masalalar ko‘p asrlar davomida islom shariati ahkomlariga ko‘ra qozilar tomonidan hal etilgan. XIX asrning ikkinchi yarmida xonliklardagi zaif siyosiy boshqaruvdan foydalanib Rusiya imperiyasi o‘lkani bosib oldi va Turkistonda o‘z qonunchiligini qaror toptirishga kirishdi. Huquqiy islohotlar imperiya tarkibida yangi tashkil etilgan Turkiston general-gubernatorligi markazi Toshkent shahridan boshlandi. Aytish joizki, chor hukumati mustahkam mahalliy huquq tizimi qarshiligiga duch keldi. …

batafsil »

“Yangi Sanganak” xazinasi

Toshkent viloyati Parkent tumani “Yangi Sanganak” qishloq fuqarolari yig‘inida yashovchi Imomali Boymaqov o‘z hovlisida issiqxona qurishga joy tayyorlash uchun qazish ishlarini olib borayotganida ichiga mis tangalar solingan sopol ko‘zaga duch kelgan va 2021 yilning 11 mart kuni Temuriylar tarixi davlat muzeyiga borib, xazinani davlatga topshirish niyatida ekanini bildirishi bilanoq, ishchi guruh tuzilib, topilma yeriga yetib boriladi. Issiqxona qurish uchun tayyorlangan, …

batafsil »

«Turkiston albomi»

«TURKISTON ALBOMI» – Turkiston o‘lkasi, uning ijtimoiy hayoti, aholining turmush tarzi, madaniyati va tarixi aks ettirilgan birinchi noyob fotoalbom. Turkiston general-gubernatori Kaufman topshirig‘i bilan sharqshunos A.L.Kun rahbarligida tayyorlangan (1871–72). Albom 447 kartonli varaqdan iborat bo‘lib, unda 1262 ta fotosurat jamlangan. Fotoalbom 4 qism: o‘lka etnografiyasi, arxeologiyasi, tarixi va hunarmandchiligidan iborat. «Toshkent albomi»ning arxeologiya qismi (154 varaq, 363 rasm) A.L. Kun …

batafsil »

Registon arig‘i

REGISTON ARIFI – Kaykovus kanalining chap irmog‘idan (Zarqaynar ko‘chasiga yaqin joydan) boshlangan; uzunligi 2,5 km. Zarqaynar ko‘chasi bo‘ylab Imomsoib masjidi, aholi zich yashaydigan mahallalar orqali o‘tib, Jangob arig‘iga quyilgan. Toshkentning Registon bozori (hozirgi Chorsu)dan oqib o‘tganligi uchun shu nomni olgan. 19-asr oxiri – 20-asr boshlarida Ryegiston arig‘i Sebzor dahasining Uchko‘cha, Asuvot, Chuvalachi, Hasanboy, Sebzor, Chigitboshi, Oxunguzar-1, Oxunguzar-2, Oxunguzar-3, Fishtko‘prik, Eskijo‘va, …

batafsil »

Muhammad Karimxo‘ja xalifa madrasasi (1884)

MUHAMMAD KARIMXO‘JA XALIFA MADRASASI (1884) – Sebzor dahasining Kaduvod mahallasi hududida qurilgan. Madrasa quruvchisining to‘liq ismi Mulla Muhammad Karim xalifa xoji Muhammad Rahimboy o‘g‘li bo‘lgan. Madrasa pishiq g‘ishtdan qurilgan bo‘lib, xonaqoh, ayvon, darvozaxona, dabirxona, darsxona va qator hujralardan iborat. Sharq tarafida Muhammad Karimxo‘ja xalifa tomonidan qurilgan hammom, darsxona va pishiq g‘ishtli hujralar joylashgan. Madrasa vaqf mulklari hisobiga faoliyat yuritgan. “Toshkent” …

batafsil »

500 yillik kumush tanga

Movarounnahr hukmdorlaridan bo‘lgan Navro‘z Ahmadxon (Baroqxon) tomonidan zarb etilgan kumush tanga. Maʼlumot tariqasida eslatib o‘tamiz, Baroqxon (haqiqiy ismi Navro‘z Ahmadxon) (tug‘ilgan yili nomaʼlum–1556) – Shayboniylar sulolasidan bo‘lgan xon. Abulxayrxonning nevarasi, Toshkent xoni Suyunchxo‘jaxonning kichik o‘g‘li. Otasining vafotidan keyin Toshkent (1533–51), so‘ngra Movarounnahr (1551–56) xoni. Baroqxon yoshligida Vosifiydan sheʼriyat, musiqa, ashula, vazn va nazmdan taʼlim olgan. Ayni vaqtda chavandozlik va harbiy …

batafsil »

Toshkent dahalari. Umid dahasi

UMID DAHASI – Chilonzor tumanida; Bunyodkor shohko‘chasi, Chilonzor, Cho‘ponota ko‘ch.lari va Kichik halqa yo‘li oralig‘ida joylashgan. 2008 yil 1 avgustda dahaga shu nom berilgan. 20-asrning 2-yarmida vujudga kelgan. Daha hududi 100 gektardan ortiq. Daha hududida O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining sport majmuasi, V.Vohidov nomidagi xirurgiya markazi, «Katta Qozirobod» jome masjidi va shu nomdagi qabriston, “Favvora” kafesi, “Anvarbek” restorani mavjud. Hudud o‘rtasidan Anhor …

batafsil »

Angrenda qadimiy sopol buyumlar topildi

2020 yil 23 aprel kuni Angren shahri Bog‘i Surh MFY Abay ko‘chasi 77-uyda yashovchi F.Normatovning yashab turgan turar joyi hovlisida qazilgan chuqurdan qabr ochilgan. 30 aprel kuni fuqaro F.Normatov bu haqda Angren shahar tarixi muzeyiga xabar berdi. Angren shahar tarixi muzeyi xodimlari tomonidan 2020 yil 1 may kuni Angren shahar Bog‘i Surh MFY Abay ko‘chasi 77-uyda yashovchi fuqaro F.Normatovning murojaati …

batafsil »

Qovunchi madaniyati

QOVUNCHI MADANIYATI – miloddan avvalgi 2-asr – milodiy 6-asrga oid arxeologik madaniyat. Dastlab o‘rganilgan joy – Qovunchitepa xarobasi nomidan olingan. Qovunchi madaniyati Toshkent vohasi, Sirdaryoning o‘rta oqimi va Farg‘onaning shimoli-g‘arbiy qismida tarqalgan. 1934-37 yillarda Qovunchi madaniyati komplekslarida qazish ishlari olib borgan arxeolog G.V.Grigoryev uni 2 bosqich – Qovunchi 1 va Qovunchi 2 ga ajratgan (u Qovunchi 1 miloddan avvalgi 2-ming …

batafsil »

Қибрай тумани

Qibray tumani – Toshkent viloyatidagi tuman. 1933 yil 1 dekabrda tashkil etilgan (1933–91 yillarda Orjonikidze tumani, 1991 yildan Qibray tumani). 1962 yil 24 dekabrda Kalinin (hozirgi Zangiota) tumani bilan birlashtirildi. 1964 yil 31 dekabrda qaytadan tuzildi. Janubi-g‘arbdan Toshkent shahri, janubdan Yuqori Chirchiq, sharqdan Bo‘stonliq, g‘arbdan Toshkent tumanlari, shimoldan Qozog‘iston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 0,56 ming kv.km. Aholisi 186,6 ming kishi, …

batafsil »

XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Toshkent matbuoti

Insoniyat paydo bo‘lganidan boshlaboq o‘zaro axborot almashuv ehtiyoji paydo bo‘lgan. Dastlab, insonlar o‘rtasidagi axborot almashuv jarayoni og‘zaki nutq orqali amalga oshirilgan bo‘lsa, keyinchalik yozuv paydo bo‘lishi bilan axborot tarqalishi jarayonida katta sakrash yuz bergan edi. Kitob bosib chiqarish bilan esa axborot almashish jarayoni yanada kuchaygan edi. Umuman, insoniyat rivojlanishi bilan axborot almashinuvi ham jadallashib boradi. Bir tomondan, insoniyat taraqqiy etishi …

batafsil »