Bosh sahifa » Toshkent shahri (page 3)

Toshkent shahri

Mirtemir

MIRTEMIR (taxallusi; asl ism-sharifi Tursunov Mirtemir) (1910.30.5–1978.25.1) – O‘zbekiston xalq shoiri (1971). Turkistonda tug‘ilgan. Eski maktabda ta’lim olgach (1919–20), Toshkentga kelib, Almaiy nomidagi namuna ish maktabi (1920–23) va O‘zbek erkaklar bilim yurtida (1925–29) tahsil ko‘rgan. Samarqanddagi Pedakademiyani tugatgan (1929)

batafsil »

Toshkent aglomeratsiyasi

TOSHKENT AGLOMERATSIYASI – aholi, soni, hududining kattaligi va xo‘jalikdagi ahamiyatiga ko‘ra O‘rta Osiyoda shakllangan shahar va qishloqlarning eng yirik, murakkab hududiy tizimi. 6,4 ming km2 maydonni egallaydi

batafsil »

Katta Qa’ni

«KATTA QA’NI» MAHALLASI (Lochin ko‘chasi, 14) – Uchtepa tumanidagi mahalla. «Qoziguzar», «O‘rikzor», «Nurobod» mahallalari va Algoritm mavzesi bilan chegaradosh. 1987–91 yillardan «Katta Qa’ni» mahallasi deb yuritilgan. Mahalla hududi Toshkent shahriga qo‘shilguncha Zangiota tumani Katta Qa’ni qishlog‘i deb yuritilgan. «Qa’ni» atamasi, aslida qadimgi turkiy qabilalardan «qang‘li»ning buzilgan shakli hisoblanadi

batafsil »

Nizomiy maydoni

NIZOMIY MAYDONI – Yakkasaroy tumanida, Toshkent pedagogika universiteti asosiy binosi qarshisida. Yusuf Xos Xojib, Bratislava hamda Bobur ko‘chasi o‘zaro tutashgan yerda. 1953 yil tashkil etilib, M.V.Frunze (1895–1925; Turkistonda sovet rejimini qurol kuchi bilan o‘rnatgan sho‘ro harbiy arbobi) nomi bilan atalgan. 1958 yil maydonga uning haykali o‘rnatilgan. 1992 yil maydonga ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy (1141–1209) nomi berildi

batafsil »

Oqilon (Oqlon)

OQILON (Oqlon) – Ko‘kcha dahasidagi qadimiy mahalla. Bo‘zsuv kanali hamda Ko‘kcha, Jarariq va Darvoza mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. Rivoyatlarga ko‘ra, mahalla nomi Shayx Zayniddinbobo nomi bilan bog‘liq. Shayxning zavjalari shu mahallalik Daryo Dilbekach bo‘lib, oqila ayol sifatida tanilgan. Mahalla shu bois «Oqilon», ya’ni oqillar makoni nomini olgan

batafsil »

Oqsaroy

OQSAROY – Toshkentdagi zamonaviy me’moriy inshoot; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorgohi. Binoning me’mori A.Toxtayev. Oqsaroy Yugoslaviya (hozirgi Serbiya va Chernogoriya)ning «Energoproyekt visokogradnya Xolding» kompaniyasi bilan hamkorlikda 6 oyda bunyod etilgan (1999). Maydoni 5460 kv.m

batafsil »

Toshkent zilzilalari

ZILZILA, Toshkent zilzilalari – Toshkent seysmik jihatdan xavf­li Toshkent-Piskom seysmogen zonasida joylashgan. Toshkentda so‘nggi 150 yil davomida 10 ga yaqin kuchli zilzila (1866 yil aprel, 1868  yil 4 fevral va 4 aprel, 1886 yil 29 noyabr, 1924 yil 7 iyun, 1959 yil 24 oktyabr,1966 yil 26 aprel, 1980 yil 11 dekabr, 2008 yil 22 avgustdagi zilzilalar) bo‘lib o‘tgan

batafsil »

«O‘zbekiston» anjumanlar sayroyi

«O‘ZBEKISTON» ANJUMANLAR SAROYI (Taraqqiyot ko‘ch., 1) – Toshkent shahrining 2200 yilligi munosabati bilan qurilgan muhtasham inshoot («Tashgiprogor» va «Po‘lat qurilma loyiha» institutlari loyihasi asosida; bosh pudratchi – «Neftgazmontaj» qo‘shma korxonasi). O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 5 iyundagi qarori asosida bunyod etilgan

batafsil »

Taxtapul

TAXTAPUL – Sebzor dahasidagi qadimgi mahalla. Teshikqopqa (Darvishakqopqa), Tarnovboshi, Kohota, Chilto‘g‘on mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. Bir chekkasi shahar mudofaa devoriga tutashgan; shahar darvozalaridan biri – Taxtapul darvoza shu yerda bo‘lgan. Arxiv materiallariga ko‘ra, 4 qismga (1-Taxtapul, 2-Taxtapul-mo‘g‘ol, 3-Taxtapul, Yuqori Taxtapul) bo‘lingan

batafsil »

Oqqo‘rg‘on

OQQO‘RG‘ON – qadimgi Toshkentning atrofidagi mavzelardan biri, shaharning sharqiy chekkasida, Shibli arig‘idan sharqda joylashgan. Sharqiy chegarasi Salor kanaliga qadar bo‘lgan. Mavzening janubiy qismi tarixiy manbalarda «Chimrabot» deb atalgan

batafsil »

Suzukota mahallasi

Shu mahalla faollaridan bo‘lmish Asqarxoji Obidov to‘plagan ma’lumotlarga ko‘ra mahallaning asoschisi Suzukota (Mustafoqul) XII asrning o‘rtasi XIII asrning boshida yashagan. Xoja Ahmad Yassaviyning qizi Gavhari Hushtojning kenja o‘g‘li Mustafoqul 1140 yilda Sayramda tavallud topgan

batafsil »

Cho‘ponota

CHO‘PONOTA MAJMUASI (Chilonzor dahasi, 13-mavze) – gumbazli darvozaxona va maqbara (ayrim ma’lumotlarga ko‘ra 15-asr), masjid (asosi 19-asr oxiri – 20-asr boshi) dan iborat. Cho‘ponlar homiysi Cho‘ponota shaxsiga atab Ulug‘bek tomonidan qurilgan deb taxmin qilinadi. Darvozaxona hovlining janubiy tomonida

batafsil »