Bosh sahifa » Toshkent mahallalari (page 2)

Toshkent mahallalari

Махалля Кох-ота в городе Ташкенте

Большая часть информации о махалле «Кох-ота» (участок №1), в основном, была получена в ходе натурных исследований на данной территории, т.е. при опросе жильцов махалли, визуальном наблюдении, а также при работе с картами XIX нач. XX вв.. Когда легенды отражают реальность Махалля «Кох-ота» получила свое название от мавзолея «Кох-ота» XIV века расположенного на ее территории, у канала Калькауз

batafsil »

Xonaqoh

XONAQOH – Beshyog‘och dahasidagi qadimgi mahalla. Tikanlik mozor, Murod, Ko‘kmasjid mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. 300 ga yaqin xonadon yashagan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, hunarmandchilik, baqqollik va dehqonchilik (shahar tashqarisidagi dalalarida) bilan shug‘ullangan. Choyxona, temirchilik ustaxonalari, misgarlik ustaxonasi, baqqollik do‘konlari, masjid bo‘lgan (20-asr boshi)

batafsil »

Kaduvod

KADUVOD, K a d i o b o d – Sebzor dahasidagi qadimgi mahalla. «Qumloq», «Fishtko‘prik», «Oxunguzar», «Chuvalachi», «Chigitboshi» mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. Quyi va YUqori Kaduvodga bo‘lingan. 300 dan ortiq xonadon bo‘lgan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, baqqolchilik, kosibchilik, shahar tashqarisidagi yerlarida (Hasanboy, Chuqursoy) dehqonchilik bilan shug‘ullangan

batafsil »

Tojik mahalla

TOJIK MAHALLA – Shayxontohur dahasidagi qadimgi mahalla. Turkyangishahar va Qashqar mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. O‘rda atrofida qo‘qonlik askarlar qarorgohi joylashgan. Askarlar asosan, tog‘lik, Qorategin, Darvozdan olingan tojiklar bo‘lgan. Mahalla sharqdan Toshkentning Yangi shahar qismiga tutash bo‘lgan. 3 qismga bo‘lingan. Aholisi (qariyb 500 xonadon) asosan, tojiklar bo‘lib (nomi shundan)

batafsil »

Tarnovboshi

TARNOVBOSHI – Sebzor dahasidagi qadimgi mahalla. Taxtapul, Darvozakent, Sebzor, Kohota mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. Arxiv materiallariga ko‘ra, 19-asr oxirlarida Tarnovboshida 24 xonadon, 1 masjid bo‘lib, ellikboshining ismi Tosh oqsoqol deb atalgan. Aholisi (asosan, o‘zbeklar) hunarmandchilik, savdo-sotiq, dehqonchilik va bog‘dorchilik (Yunusobod, Oqtepa, Boltamozor mavzelarida) bilan shug‘ullangan

batafsil »

Chuvalachi

CHUVALACHI – Sebzor dahasidagi qadimgi mahalla. Teshikqopqa, Chigitboshi, Kaduvot, Hasanboy mahallalari bilan chegaradosh. 100 dan ortiq xonadon yashagan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, ko‘pchiligi hunarmandchilik, dehqonchilik va bog‘dorchilik (shahar tashqarisidagi yerlarida), savdo-sotiq bilan shug‘ullangan. Chuvalachida tegirmon, bir necha baqqollik do‘konlari, choyxona, masjid bo‘lgan (20-asr boshi)

batafsil »

Samarqand darvoza

SAMARQAND DARVOZA – Beshyog‘och dahasidagi qadimgi mahalla. Zangiota, Chaqar, Zaxariq, Kamolon mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan, bir chekkasi Chaqarariqqa yondoshgan. Hududida shahar darvozalaridan biri – Samarqand darvozasi joylashgan (nomi shundan). Samarqandga boriladigan karvon yo‘li shu yerdan boshlangan. Mahallada 50 dan ortiq xonadon yashagan

batafsil »

Shohnishintepa

SHOHNISHINTEPA – Ko‘kcha dahasidagi qadimgi mahalla. Chaqar, To‘qlijallob, Chig‘atoy mahallalari bilan chegaradosh. Chig‘atoy darvozasi yonida joylashgan. 300 ga yaqin xonadon bo‘lgan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, mayda hunarmandchilik, savdo-sotiq, bog‘dorchilik va dehqonchilik (Zaxariq, Oqtepa, Beltepa, Damariq mavzelarida) bilan shug‘ullangan

batafsil »

“Sariko‘l” mahallasi

«SARIKO‘L» MAHALLASI (Fidoyilar ko‘chasi, 26) – Mirobod tumanidagi mahalla. Fitrat, «Qorasuv», «Oltinko‘l» mahallalari bilan chegaradosh. 1930-yillarda mahalla o‘rnida Chirchiq daryosi oqib o‘tgan, keyinchalik daryo o‘rnida ko‘l paydo bo‘lgan, uning suvi loyqa sariq rangda bo‘lganligi uchun «Sariqko‘l» deb atashgan

batafsil »

Tikanlimozor

TIKANLIMOZOR – Beshyog‘och dahasidagi qadimgi mahalla. Qovurmoch, Xonaqoh, Chorsu, Qo‘rg‘ontagi mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. 300 ga yaqin xonadon yashagan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, hunarmandchilik, dehqonchilik va bog‘dorchilik (shahar tashqarisidagi yerlarida), baqqollik bilan shug‘ullangan

batafsil »

Saqichmon

SAQICHMON, Sanchiqmon – Ko‘kcha dahasidagi qadimgi mahallalardan biri. Pichoqchilik, Kallaxona, Pushtihammom mahallalari, Eski jo‘va bozori bilan chegaradosh bo‘lgan. «Saqichmon» atamasi tarixi 18-asr oxiri choragida Yunusxo‘jaga ittifoqdosh bo‘lgan sanchiqli qabilasidan bo‘lgan qavmlarni shahar hududiga kelib joylashishi bilan bog‘liq

batafsil »

Sarxumdon

SARXUMDON – Ko‘kcha dahasidagi qadimgi mahalla. Ayrilish, Kattahovuz, Langar, Podaxona mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. Qariyb 300 xonadon yashagan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, ko‘nchilik, kosibchilik, sovungarlik, dehqonchilik va bog‘dorchilik (Nishabquloq, Beshqayrag‘och, Xotinko‘prik mavzelarida) bilan shug‘ullangan

batafsil »

Degrez

DEGREZ, D e r o z – Shayxontohur dahasidagi qadimgi mahalla. G‘ishtmasjid, So‘galmasjid, Sho‘rtepa, Hovuzbog‘ va Xo‘ja Ro‘shnoyi mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. Quyi va Yuqori Degrezga bo‘lingan. Degrezda qariyb 220 xonadon yashagan. Aholisi asosan o‘zbeklar bo‘lib, hunarmandchilik, dehqonchilik (shahar tashqarisidagi dalalarida) bilan shug‘ullangan

batafsil »