Bosh sahifa » Toshkent mahallalari

Toshkent mahallalari

“Labzak” mahallasi

“Labzak” mahallasi (Bahor ko‘chasi, 4) – Shayxontohur tumanidagi mahalla. “Kohota” va “Taxtapul” mahallalari bilan chegaradosh. Mahalla o‘tmishda «Sirli masjid», sho‘rolar davrida “Bahor” nomi bilan atalgan, keyinchalik “Izvestiya” mahallasi bilan “Bahor” birlashib, hozirgi “Labzak” mahallasi tashkil qilindi. Mahalla hududi Labzak arig‘i bo‘yida joylashganligi sababli “Labzak” – «zaxkash suv bo‘yi» deb nomlangan. Mahalla hududida shaharning Labzak darvozasi bo‘lgan. Aholisi 6,5 ming kishi, asosan, …

batafsil »

Qadimiy mahallalar. Zangiota

ZANGIOTA – Beshyog‘och dahasidagi qadimgi mahalla. “Suzukota”, “Chaqar”, “O‘qchi”, “Chuqurko‘prik”, “Zaxariq”, «Samarqand darvoza», “Eshonguzar” mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. Qariyb 100 xonadon yashagan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, kosibchilik, savdo-sotiq, shahar tashqarisidagi yerlari (Zangiota, Qatortol, No‘g‘oyqo‘rg‘on mavzelari)da dehqonchilik hamda bog‘dorchilik bilan shug‘ullangan. Maktab, masjid, choyxona, sartaroshxona, baqqollik va kosibchilik do‘konlari bo‘lgan (20-asr boshi). Meʼmoriy yodgorliklardan Xo‘ja Nuriddin maqbarasi (16-asr) saqlangan. Hozir hududida …

batafsil »

Binokor

BINOKOR DAHASI – Bektemir tumanining janubiy qismida, Sergeli tumani bilan Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumaniga chegaradosh. Binokor dahasi Bektemir tumani tarkibiga kirgan bo‘lishiga qaramay bog‘dorchilik-uzumchilik shirkati, dala hovlilar, yakka tartibdagi uy-joylar saqlanib qolgan. Binokor dahasida 2 va 4 qavatli turar joy binolari, kichik sanoat korxonalari, maktab, 2 ta bolalar bog‘chasi, poliklinika, madaniyat saroyi, dam olish uyi, savdo va maishiy xizmat …

batafsil »

Qadimiy mahallalar. Beshog‘ayni

BESHOG‘AYNI – Sebzor dahasidagi qadimiy mahalla. Kohota, Hovuzli, Qoratut, Qoshiqchilik mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. Qariyb 150 xonadon yashagan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, chakana savdo va hunarmandchilik, shahar tashqarisidagi yerlarida dehqonchilik bilan shug‘ullangan, 2 masjid, qabriston, choyxona, baqqollik do‘konlari, sartaroshxona, juvozxona, tegirmon, to‘quv ustaxonasi bo‘lgan (20-asr boshi). Hozirgi hududida 4–9 qavatli turar joy binolari qurilgan. «Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

batafsil »

Qadimiy mahallalar. Yalangqar

YALANGQAR – Beshyog‘och dahasidagi qadimgi mahalla. Murod, Zevak, Qoratosh mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan, 300 ga yaqin xonadon yashagan. Aholisi o‘zbeklar bo‘lib, ko‘pchiligi hunarmand­chilik, shahar tashqarisidagi yerlarida dehqonchilik va bog‘dorchilik bilan shug‘ullangan. Yalangqarda 2 masjid, 2 choyxona, qabriston, rus-tuzem maktabi (1895 yil tashkil etilgan), baqqollik do‘konlari bo‘lgan (20-asr boshi). Hozirgi Yalangqar hududiga turar joy va ma’muriy binolar qurilgan. «Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

batafsil »

Qadimiy mahallalar. Qashqar (Qoshg‘ar)

QASHQAR, Qoshg‘ar – Shayxontohur dahasidagi qadimgi mahalla. Turk, Ila, Tojik mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. Bir chekkasi Yangi shaharga tutashgan. Qariyb 130 xonadon yashagan. Aholisi 1830-yillarda Qo‘qon xoni tomonidan, asosan, Qash­qardan ko‘chirib keltirilgan qash­qarliklar (nomi shundan), bir qismi o‘zbeklar bo‘lgan; savdo-sotiq, shahar tash­qarisidagi yerlari (Oqqo‘rg‘on, Bo‘z, Yalang‘och va boshqa mavzelar)da deh­qonchilik va bog‘dorchilik bilan shug‘ullangan. Qashqarda 4 ta karvonsaroy, bozor, masjid, …

batafsil »

Torko‘cha (Tolko‘cha)

TORKO‘CHA, Tolko‘cha – Ko‘kcha dahasidagi qadimiy mahalla. Kattahovuz, Darboza mahallalari va Bo‘zsuv kanali bilan chegaradosh bo‘lgan. Qariyb 300 xonadon yashagan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, hunarmandchilik, savdo-sotiq, bog‘dorchilik, dehqonchilik, (Ingichkako‘prik, Shofayziquloq, Ko‘kcha Oqtepasi mavzelarida) bilan shug‘ullangan. Mahallada katta hovuz, masjid, do‘konlar bo‘lgan (20-asr boshi). Hozirgi hududining bir qismiga Gulobod dahasi, Abu Ali ibn Sino nomidagi 1-shahar klinik kasalxonasi qurilgan. «Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 …

batafsil »

Qadimiy mahallalar. Oxunguzar

OXUNGUZAR (asli Oxundguzar) – Sebzor dahasidagi qadimiy mahalla. Kaduvod, Xo‘jako‘cha, Eski­jo‘va, Tinchob mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. Birinchi va Ikkinchi Oxunguzarga bo‘lingan. 18-asrning 1-yarmida Toshkentda xo‘jalar, oxundlarning mavqyei baland bo‘lgan. Mahalla nomi uning hududida yashagan oxundlar nomidan olingan. Mahallada qariyb 150 xonadon yashagan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, hunarmandchilik va shahar tashqarisidagi yerlarida dehqonchilik va bog‘dorchilik bilan shug‘ullangan. 2 masjid, temirchilik ustaxonalari, …

batafsil »

Qadimiy mahallalar. Ochmasjid

OQMASJID – Shayxontohur dahasidagi qadimiy mahalla. Jarko‘cha, Xo‘jaro‘shnoi, Darxon, Balandmasjid mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. Mahallada 400 dan ortiq xonadon yashagan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, savdo-sotiq, mayda hunarmandchilik, shuningdek shahar tashqarisidagi yerlarida dehqonchilik va bog‘dorchilik bilan shug‘ullangan. 4 masjid, 2 choyxona, baqqollik do‘konlari bo‘lgan (20-asr boshlari). Hozirgi Oqmasjid hududida Labzak mavzei qurilgan. «Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

batafsil »

Qadimiy mahallalar. Govkush

GOVKUSH – Shayxontohur dahasidagi qadimgi mahalla. Xo‘ja Ro‘shnoyi, Balandmasjid, Degrez mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan va Shayxontohur ko‘chasi (Toshko‘cha; hozirgi Navoiy ko‘chasi)ga tutashgan. Aholisi 600 ga yaqin kishi; asosan, o‘zbeklar. Shayxontohur arig‘idan suv ichgan. Aksariyat aholisi to‘qimachilik, kosibchilik va boshqa hunarlar bilan shug‘ullangan. Do‘kon, masjid bo‘lgan (20-asr boshlari). Mahalla aholisining dehqonchilik yerlari va bog‘lari Otchoparda va Tovkattepada bo‘lgan. Govkushning hozirgi hududida …

batafsil »

Qadimiy mahallalar. Sho‘rtepa

SHO‘RTEPA – Shayxontohur dahasidagi qadimiy mahalla. Degrez, Tikanlimozor, Hadra, Balandmasjid mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. 200 dan oshiq xonadon yashagan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, pilla chuvish, bog‘dorchilik, savdo-sotiq bilan shug‘ullangan. Sho‘rtepada 2 masjid, hovuz, 2 tegirmon, 2 objuvoz, 10 savdo do‘koni, 2 qabriston bo‘lgan (20-asr boshi). Hozirgi Sho‘rtepa hududida savdo shoxobchalari joylashgan. «Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

batafsil »

Qadimgi mahallalar. Badrboy

«BADRBOY» – Beshyog‘och dahasidagi qadimgi mahalla. «Sorchabon», «Mirzag‘ozi», «Temirchi», «Chuqurko‘prik» mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. Qariyb 100 xonadon yashagan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, shahar tashqarisidagi yerlarida dehqonchilik qilishgan, hunarmandchilik, savdo-sotiq bilan shug‘ullangan. Masjid, temirchilik ustaxonasi, baqqollik do‘konlari, juvozxona, 3 tegirmon, choyxona bo‘lgan (20-asr boshi). Hozirgi hududida turar joy massivi qurilgan. «Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

batafsil »

Qadimgi mahallalar. Gulbozor

GULBOZOR – Shayxontohur dahasidagi qadimgi mahalla. Hadra va Sebzor dahasining Qoshiqchilik mahallalari bilan, Shayxontohur ko‘chasi va Chorsu bozori bilan chegaradosh bo‘lgan. Gulbozorda 200 ga yaqin xonadon yashagan. Aholisi o‘zbeklar bo‘lib, hunarmandchilik (tunukasozlik, bo‘z to‘qish va h.k.), dehqonchilik (mahalla aholisining dehqonchilik yerlari va bog‘lari Nazarbek, Qorasuv, CHo‘ponota mavzelarida bo‘lgan), savdo bilan shug‘ullangan. Uchta masjid, bir necha rasta, 2 qavatli mehmonxona, do‘konlar …

batafsil »

Allon mahallasi

ALLON MAHALLASI (Forobiy ko‘chasi, 278) – Sobir Rahimov (hozirgi Olmazor) tumanidagi mahalla. «Chimboy», «Chig‘atoy darvoza», Alisher Navoiy, «Beruniy maydoni» va «Universitet» mahallalari bilan chegaradosh. 1931 yil tashkil qilingan. «Allon» so‘zi Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» va Navoiy asarlarida «Olong» (tepalik, past-balandlik ma’nosida) shaklida uchraydi. Darhaqiqat, «Allon» Binkat atrofida, shahar devoriga yaqin joydagi tepalik yerda vujudga kelgan. Aholisi 3646 kishi (2009). …

batafsil »

Qadimiy mahallalar. Bodak

BODAK – Shayxontohur dahasidagi qadimgi mahalla. Ganchtepa, Orqako‘cha, Olmazor, Turk-Yangishahar mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. Qariyb 100 xonadon yashagan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, qishda qisman hunarmandchilik bilan, yoz mavsumida shahar tashqarisida – Do‘rmon va Yalang‘ochda dehqonchilik, bog‘dorchilik bilan shug‘ullangan

batafsil »