Bosh sahifa » Tarix

Tarix

Buxoroning bombardimon qilinishi (1920 y.)

Бухорода ёнғин. Қизил армия ҳужуми оқибати (аэропланда олинган сурат)

Sovet Rossiyasi harbiy kuchlari tomonidan 1920 yil 2 sentyabrda Buxoroda amirlik ag‘darib tashlanib, xalq respublikasi tuzilgani eʼlon qilindi. Hokimiyatga rasman “Yosh buxoroliklar” yetakchilari kelgan bo‘lsa-da, mamlakat amalda bolsheviklar qo‘liga o‘tdi. Buxoroni bosib olish rejasi yil boshidayoq pishib yetilgan edi. May oyi avvalida Moskvaga kelgan Turkkomissiya aʼzolari Sh. Eliava va Ya. Rudzutak RSFSR tashqi ishlar vaziri G.V. Chicheringa “Turkkomissiya ertagayoq Buxoro …

batafsil »

Said Olimxon – so‘nggi mang‘it hukmdori

Alim Khan (1880-1944), Emir of Bukhara

Qadimdan Islom dinining tayanchi deya eʼtirof etilgan Buxoroning so‘nggi, o‘ninchi hukmdori bo‘lmish Amir Olimxonning hukmronlik yillari o‘ta ziddiyatli kechdi. Bir tomondan qizil armiya hujumi, ikkinchi tomondan esa, ichki muxolifat – «Yosh buxoroliklar» partiyasi amirlikning barham topishini tezlashtirdi. Amir 1881 yilda Karmanada dunyoga kelgan, o‘n ikki yoshida otasining istagi bilan Peterburgdagi Nikolayev kommunasida uch yil davomida, maxsus tezlashtirilgan tartibda xarbiy muhandislik …

batafsil »

Rossiya imperiyasining Turkistonda yer egaligi munosabatlari islohoti

Turkistonda Rossiya imperiyasi tomonidan yer egaligining musulmon yaʼni shariat tizimini isloh qilish yo‘lida olib borgan islohotlar ichida, birinchi navbatda, yangi tizimning asosiy muxoliflari — yirik yer egalari va musulmon ruhoniylari boshqaruvining zaiflashuviga olib kelgan fon Kaufman tomonidan amalga oshirilgan yer islohotini hisoblash mumkin. 1869 yil oktyabr oyida fon Kaufman tomonidan tuzilgan, general-mayor Gomzin boshchiligidagi rus maʼmuriyati vakillaridan tashqari va mahalliy …

batafsil »

Bodavlat, Otaliq g‘oziy – Muhammad Yoqubbek haqida

Yoqubbek botirning qabrda kesilgan boshi Qo‘qon xonligi tarixida Muhammad Yoqubbek (xalq orasidagi laqabi – Bodavlat, Otaliq g‘oziy)ning nomi tez-tez uchrab turadi. Asli Toshkent yaqinidagi Pskentda Qurama qozisi Pirmuhammadbek oilasida dunyoga kelgan Muhammad Yoqubbek yigitlik davrida Qo‘qon xonligi askari xizmatiga olinadi. Harbiy isteʼdodi va xizmatlari uchun u oldin Xon o‘rdasi botirboshisi, ellikboshi, yuzboshi va ponsod (besh yuz sonli qo‘shin boshlig‘i) darajasiga …

batafsil »

Temuriylar xilxonasining ochilishi: Amir Temur, Shohrux va Mirzo Ulug‘bek byustining yaratilish tarixi, qabriga qaytarish unutilgan Bibixonim jasadi

Bu muhim tarixiy voqeaning ro‘y berganiga shu yilning iyun oyida roppa-rosa 80 yil to‘ldi. 1941 yilning 12 martida SSSR Xalq Komissarlari Soveti va VKP(b) Markaziy Komiteti “Alisher Navoiyning 500 yillik yubileyini o‘tkazish to‘g‘risida” qaror qabul qilgan. Oradan ikki oy o‘tgach, 1941 yil 15 iyunda go‘yo shu qarorga binoan, buyuk o‘zbek shoiri yashagan tarixiy davrni o‘rganish maqsadida Moskvadan bir guruh olimlar …

batafsil »

Aleksandr Byornsning 1838 yilgi hisobotida Qo‘qon xonligidagi ayrim jarayonlar

Aleksandr Byornsning 1838 yil 01 fevraldagi hisobotida Qo‘qon xonligidagi ayrim jarayonlar Aleksandr Byornsning shaxsi ko‘pchilikka maʼlum. Uning birgina “Buxoro sayohatnomasi” asari muallif tirikligidayoq katta shuhrat qozongan. Aleksandr Byorns 1835-1838 yillari Afg‘oniston hukmdori Do‘st Muhammadxon huzurida elchi vazifasida faoliyat ko‘rsatadi. Elchilik davomida nafaqat Afg‘oniston, balki O‘rta Osiyo, Eron va Xitoy Turkistonidagi jarayonlarga katta qiziqish bildirib, bu haqda Hindiston general-gubernatori idorasiga yozgan …

batafsil »

Qo‘qon o‘rdasi

Farg‘ona vodiysidagi qadimiy shaharlardan bo‘lgan Qo‘qonda vodiydagi boshqa shaharlarga nisbatan meʼmoriy yodgorliklar ko‘p saqlanib qolgan. Dahmai shohon, Jome masjidi, Komolqozi (Xo‘ja dodxoh), Norbo‘tabiy, Miyon hazrat, Dasturxonchi madrasalari, Madarixon dahmasi, Xudoyorxon saroyi va boshqa ko‘plab yodgorliklar shaharning tarixiy qiyofasini belgilab, uning husniga husn bag‘ishlab turibdi. Ko‘hna shahar markazidagi tepalikda o‘rnashgan ulkan saroy, Qo‘qon o‘rdasi XIX asr meʼmorchilik yodgorliklari ichida tashqi ko‘rinishi …

batafsil »

Farg‘ona oblastidagi qadimgi Axsi shahrining tarixi

Farg‘ona o‘blastida qadimgi zamonlarda poytaxt bo‘lib turgan Axsi yoki Axsikat degan katta shahar bo‘lgan ekan. Bul kunlarda mazkur shaharning o‘rni va atrofi yaxshi maʼlumdir. Chunonchi, Namangon uyezdiga tobye xud Namangon shahridin o‘n besh chaqirim masofada Axsi bo‘lostida daryo labida bir necha qishloqdin iboratdur. Bul xususda tavorix kitoblardin mazkur Axsikat xususida xabar olib, tavorix uchun biror risola tasnif qilmoq lozimdur. Yaʼni, …

batafsil »

«Туркестан – туркестанцам»

Туркистон мухторияти байроғи

Судьба Туркистанской Автономии и Туркестанское национальное движение В условиях резкого падения авторитета временного правительства и фактического безвластия 25 октября (7 ноября) 1917 г. в Петрограде был совершен вооруженный переворот, приведший к власти коалицию наиболее радикальных частей социал-демократической и социал-революционной партии, большевиков и левых эсеров. Функции правительства передавались Совету Народных Комиссаров во главе с В.И. Ульяновым (Лениным). Декреты, принятые на II …

batafsil »

Алаш и Туркестан: точки прикосновения

Одним из обьектов узловых исследований, с пересмотром устоявщих по сей день выводов содержания истории, является – история Туркестана. Родственные народы, издревле живущие в тесной социально – экономической взаимосвязи более полувека находясь в составе политико– административной системы Российской колониальной власти под названием Туркестанское генерал–губернаторство, приобрели сложнейший характер с антагоническим содержанием. Цели и задачи современных научно–исследовательских направлений требуют выявления связи причин и …

batafsil »

Turkiston Muxtoriyati milliy qo‘shini tarixi

O‘zbek davlatchiligi tarixida ko‘plab davlatlar va sulolalar o‘tgan. Tarixan qisqa muddat mavjud bo‘lgan Turkiston Muxtoriyati ham o‘zbek davlatchiligi tarixida o‘z o‘rniga ega. Muxtoriyat qisqa muddat mavjud bo‘lgan bo‘lsa-da bugungi kunda o‘z tadqiqotchilariga, izlanuvchilariga ega. 1917 yil 26-28 noyabr kunlari Qo‘qon shahrida butun Turkiston o‘lka musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi bo‘lib, unda Turkiston Muxtoriyati hukumati tuzildi. Mazkur qurultoyda ko‘rilgan bir qator muhim …

batafsil »

G‘ulom Zafariy Turkiston Muxtoriyati ilhomchisi

O‘tgan asr boshlarida ijod qilgan Turkiston taraqqiyparvarlarining yirik vakili G‘ulom Muzaffar o‘g‘li Zafariy (1889-1937) nafaqat o‘zbek musiqasi bilimdoni, milliy teatr sanʼati darg‘alaridan, balki, yetuk dramaturg, shoir va jurnalist ham bo‘lgan. Uning bolaligi ko‘hna Toshkentning Eski shahar qismida, Katta bog‘ mahallada o‘tdi. Oddiy misgar oilasida dunyoga kelgan G‘ulom Zafariy o‘z iqtidori va o‘tkir salohiyati bilan juda yoshlik onlaridan Toshkent ziyolilari orasida …

batafsil »

Turkiston Muxtoriyati zamondoshlar qarashlarida

Milliy davlatchilik qurilishi masalasiga yondoshish, Turkistonning to‘la muxtoriyat olish g‘oyasini ilgari surish milliy gazeta sahifalarida 1917 yil aprel oyidan boshlab ko‘zga tashlanadi1. 1917 yil aprelida bo‘lib o‘tgan Turkiston musulmonlari I qurultoyining tub maqsadi ham mamlakatni qanday idora qilish hamda milliy hukumat tuzishga hozirlik ko‘rish edi. Gazetalarning aprel, may oyi sonlarida berilgan maqolalarda 1917 yilning 1 may kuni Moskvada chaqirilgan I …

batafsil »

O‘rta Osiyoda ayollar vaqflari

Vaqf xayriyalari musulmon jamiyatining ham madaniy-maʼnaviy ham iqtisodiy taraqqqiyotining muhim omillaridan biri bo‘lgani maʼlum. Darhaqiqat o‘rta asrlardagi bunyodkorlik, savdo va hunarmandchilik, taʼlim, ijtimoiy himoya sohalari bevosita umumxalq foydasiga berilgan vaqf xayriyalarining (xayriy vaqflar) mavjudligi bog‘liq bo‘lgan. Vaqf taʼsischilarining ko‘pchiligini erkaklar tashkil qilgan. Biroq, bu ishda ayollar ham faol ishtirok etgan. Ayniqsa, zodagon ayollar o‘zlari taʼsis qilgan yirik vaqf xayriyalari bilan …

batafsil »

Turkiston Muxtoriyati va uning qismati Turkiston milliy matbuoti sahifalarida

1917 yil fevral oyidan boshlab Rossiyaning milliy o‘lkalari, shu jumladan Turkistonda ham “muxtoriyat” g‘oyasi ilgari surila boshladi. O‘sha davr milliy matbuotida Turkiston muxtoriyatining faoliyati va uning qismatiga doir juda ko‘p maʼlumotlarni uchratish mumkin. Ushbu maqolada muxtoriyat xukumatining faoliyati va uning qismatiga oid baʼzi bir manbalarga to‘xtalib, ularni tahlil etib o‘tamiz. Tatar ziyolilaridan Nushirvon Yovushev: “Muxtoriyatni qo‘lga kiritgandan keyin uni boshqarish …

batafsil »