Bosh sahifa » Ta’lim muassasalari

Ta’lim muassasalari

Mahmud dasturxonchi madrasasi (1833)

MAHMUD DASTURXONCHI MADRASASI (1833) – Toshkentdagi Degrez mahallasida joylashgan madrasa. Mahmud dasturxonchi (to‘liq ismi Mahmud Bobo dasturxonchi Hasanjon o‘g‘li) Qo‘qon xoni Muhammad Alixonning vaziri va Lashkar beklarbegining yaqin do‘sti bo‘lgan. Uning nomida 2 ta madrasa bo‘lgan, biri – Toshkentda – Sebzor dahasining YUqori Degrez mahallasida, ikkinchisi – Qo‘qonda. Toshkentdagi Mahmud dasturxonchi madrasasi, vaqfnoma shartiga ko‘ra, Qo‘qondagi madrasa bilan birga Mahmud …

batafsil »

“Xadichai Kubro” madrasasi

“Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurti 1993 yili “Eshon Boboxon” nomi ostida o‘z faoliyatini boshladi. Bilim yurtida O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi musulmonlari uchun o‘rta ma’lumotli dinshunos, odobnoma, boshlang‘ich arab tili o‘qituvchisi tayyorlanadi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Oliy hay’atining 1998 yil 15 iyuldagi majlis qarori asosidagi № 295-sonli bo‘yrug‘i bilan “Xadichai Kubro” nomiga o‘zgartirildi va “Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta …

batafsil »

Turkiston sharq instituti

TURKISTON SHARQ INSTITUTI – Toshkentdagi ilk oliy o‘quv yurtlaridan biri. Institutda sharq­shunoslar tayyorlangan. 1918 yil tashkil qilingan. O‘qish muddati talaba va erkin tinglovchilar uchun 4 yil bo‘lgan. Institut­da 3 bo‘lim (ilmiy-nazariy, amaliy, 1922 yildan mahalliy millat vakillari uchun tayyorlov), 12 kafedra (eronshunoslik, turkshunoslik, arabshunoslik, tilshunoslik, falsafa, siyosiy iqtisod, islomshunoslik, davlat huquqi, musulmon Sharqi tarixi, etnografiya, musulmon san’ati, xalqaro huquq) bo‘lgan. …

batafsil »

Toshkent islom institutining tashkil etilishi

Mamlakatimizdagi diniy bilim yurtlari – madrasalar qadim tarixga ega bo‘lib, ularning dovrug‘i butun musulmon olamiga tarqalgan. Masalan, «Islom dinining qubbasi» hisoblangan Buxoro shahrida XX asrning boshlarida 130 ta madrasa faoliyat ko‘rsatgan. Lekin sho‘ro hukumatining dahriylik siyosati, dinga qarshi kurash, barcha masjid va madrasalar yopib yuborilishi natijasida 1928 yilga kelib O‘zbekistonda diniy ta’lim tizimi batamom to‘xtatildi. Ikkinchi jahon urushi davrida sho‘ro …

batafsil »

Turkiston xalq universiteti

TURKISTON XALQ UNIVERSITETI – Markaziy Osiyoda rus oliy ta’limiga asos bo‘lgan ilk o‘quv maskani. Turkiston XKSning 1918 yil 16 martdagi qarori bilan shu yil 21 aprelda Toshkentning Yangi shahar qismidagi Ozodlik uyi (hozirgi O‘zbekiston Respublikasi bolalar kutubxonasi)da ochilgan. Universitetning tashkil topishida «Oliy ta’lim tarafdorlari jamiyati» (1918 yil fevral)ga uyushgan A.V.Popov (1918 yil aprel – dekabrda universitet rektori), G.N.Cherdansev (1918 yil …

batafsil »