O‘tgan asrning 10-yillaridan boshlab, oilalari kattalashib qolgan uch aka-uka Dolimbek, Komilbek va Karimbeklar otalari Muhammadaminbek hoji maslahati bilan Sag‘bondagi joylarini alohida-alohida uch hovliga bo‘lib, butunlay yangitdan imoratlar qurdiradilar. Karimbek va Komilbek hovlilaridagi yangi uylarni o‘sha vaqtda mashhur bo‘lgan Toshkentning sinchkor ustalaridan Nabi usta quradi
batafsil »Sulola
Sulola. Dolimovlar shajarasi. 5-qism. Abdurashid qozi Ibrohimov esdaliklaridan
Markaziy Osiyo chor Rusiyasi tomonidan bosib olingach, Toshkent, Qo‘qon, Farg‘ona, Samarqand, Chimkent, Turkiston kabi shaharlarning o‘ris zobitlari, yirik boshqaruv ma’muriyati xizmatchilari yashaydigan hashamatli qismi paydo bo‘ldi, ularning farovon yashashlari uchun hamma shart-sharoitlar: zamonaviy uylar, bog‘-rog‘lar, charog‘on ko‘chalar, teatrlar, madaniyat va ma’rifat, ta’lim-tarbiya maskanlari yaratildi
batafsil »Sulola. Dolimovlar shajarasi. 4-qism. Muhammadaminbek hoji masjidi
1912 yili aka-uka Dolimbek, Komilbek va Karimbek Norbekovlar otalari Muhammadaminbekni muborak haj safariga kuzatadilar. Karimbek otamning aytishlariga qaraganda, Muhammadaminbek Eron yo‘li bilan Istanbulga keladi va o‘zbeklarning Sultontepadagi eng e’tiborli takyasiga joylashadi. U yerda ta’lim olayotgan o‘zbek talabalariga iona ulashadi, bir necha oy yashab, Turkiyaning Izmir, Bursa shaharlarida bo‘ladi, qadamjolarni ziyorat qiladi
batafsil »Sulola. Dolimovlar shajarasi. 3-qism. Komilbek va Karimbek Norbekovlar
1875 yili Muhammadaminbekning xotini – Dolimbekning onasi Marziyabibi Mo‘minboy qizi vafot etadi va u ikkinchi marta uylanishga majbur bo‘ladi. Ikkinchi xotini Umrinisodan 1880 yili Komilbek (Muhammadaminbek Vatan himoyasida shahid bo‘lgan akasi Komilbekka bo‘lgan samimiy hurmatini ifodalab, ikkinchi o‘g‘lini shu ism bilan atagan
batafsil »Sulola. Dolimovlar shajarasi. Uzoq moziyga bir nazar (Haytabek va Norbek). 2-qism
davomi…avvalgi qism 1864 yilda general Chernyayev Avliyoota (1938 yildan e’tiboran Jambul nomi bilan atalgan) va Chimkent shaharlarida erishgan g‘alabalaridan mast bo‘lib, to‘xtovsiz 1864 yilning sentyabr oyida, qish kelguncha shaharni egallash maqsadida, Toshkentga yurish boshladi
batafsil »Sulola. Dolimovlar shajarasi. Uzoq moziyga bir nazar (Haytabek va Norbek). 1-qism
Buvam Dolimbek hoji Muhammadaminbek hoji o‘g‘lining aytishlariga qaraganda, bobokalonimiz asli qo‘qonlik Haytabek “Amir al-muslimin” sharafli unvoniga musharraf bo‘lgan mashhur shoh va shoir, siyosiy arbob Amir Umarxonning e’tiborli saroy beklaridan bo‘lib, uning ko‘p davlat ishlarida, harbiy yurishlarida faol ishtirok etgan
batafsil »