Bosh sahifa » Shosh hokimlari

Shosh hokimlari

Boboxon

Boboxon, Bobosulton (1582 yil vafot etgan) – Turkiston va Toshkent hokimi (1579 yildan). Navro‘z Ahmadxon (Baroqxon) o‘g‘li, Abdullaxon II ning ashaddiy raqibi. Otasi Baroqxon vafotidan so‘ng (1556 yil) Gadoy sulton bilan Samarqand hokimi bo‘lgan. O‘sha davrda Toshkentga Darveshxon hokim edi. Buxoro bilan sulh tuzgan Darveshxonni zindonband (1574 yil) qilib, Toshkentni idora etgan. Boboxon Samarqandga 30 ming kishilik qo‘shin jo‘natgan, biroq …

batafsil »

Do‘stum (Abdul-quddus) sulton

DO‘STUM SULTON, Abdul-quddus sulton (?–1598) – Toshkent hokimi (1580 yildan). Shayboniylardan. Iskandarxon ibn Jonibekxon (Buxoro xoni)ning o‘g‘li. Abdullaxon II ning akasi. Dastlab (1560 yildan) Karmana hokimi bo‘lgan. Do‘stum sulton she’riyatga havasmand bo‘lib, o‘zi ham she’rlar yozgan. 1598 yil jiyani, Buxoro xoni Abdulmo‘minxon tomonidan farzandlari bilan birgalikda Toshkentda qatl etilgan. «Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

batafsil »

Darveshxon

DARVESHXON, Darvesh sulton (?–1578) – Toshkent va Turkiston hokimi (1556–78). Shayboniylar sulolasidan. Baroqxonning to‘ng‘ich o‘g‘li. Suyunchxo‘jaxonning nabirasi. Ukasi Bobo sulton bilan birgalikda Movarounnahrda hukmron bo‘­lish uchun Buxoro xoni Iskandarxon va Abdullaxon II ga qarshi urushlar olib borgan. Xususan, 1557 yil Ilono‘tti mavzeida Abdullaxon bilan jang qilgan, jangda yengilgach, birmuncha vaqt Abdullaxon bilan ittifoqda bo‘lgan. Biroq ukasi Bobo sulton Abdullaxonga bo‘yin …

batafsil »

Tudun

TUDUN (xitoy manbalarida – Tutun) – Chochni idora etgan turkiy hokimlar unvoni (7–8-asrlar). 7-asr boshida Turk xoqonligi o‘z tasarrufidagi shaharlarga xoqon nomidan noiblar tayinlashga kirishgan. Chunonchi, xitoy manbalariga ko‘ra, 605 yil turk xoqoni Sheguyxon Choch taxtiga Tyan-chji (Fu-chji)ni te-le (Tegin) unvoni bilan o‘tqazgan, u Chochni 620 yilgacha idora etgan. Manbalarda 641 yil turk xoqoni Choch tudunini qo‘shin bilan o‘z dushmanlariga …

batafsil »

Normuhammad qushbegi

NORMUHAMMAD QUSHBEGI – Qo‘qon xonligining Toshkentdagi noibi (1847–1852, 1863–64), qipchoqlardan. Qurama hokimi (1846–47). Xonlikdagi yuqori mansablarni olgan: dodhoh (1844), qushbegi (1850). Toshkent zodagonlari va ponsodlari ko‘magida xon noibi Aziz parvonachini Toshkentdan quvib yuborgan, qo‘zg‘olonni bostirgan. Qo‘qon xonligi mingboshisi Musulmonqul Toshkentni qamal qilgan. Normuhammad qushbegi qo‘shini shahar tashqarisiga chiqib jang qilib zafar quchgan

batafsil »

Suyunchxo‘jaxon

SUYUNCHXO‘JAXON, Suyunchakxon, Suyunchik sulton (taxminan 1452–1525.23.06) – shayboniylardan bo‘lgan Toshkent xoni (1503–25). Abulxayrxon va Ulug‘bekning qizi Robiya Sulton begimning farzandi. Shayboniyxon Movarounnahrni egallagach, Samarqandni poytaxt qilib, Turkistonni Ko‘chkunchixonga, Toshkentni Suyunchxo‘jaxonga bergan

batafsil »

Yunusxo‘ja

XVIII asrning ikkinchi yarmida Toshkent to‘rt qismga — Shayxontohur, Beshyog‘och, Ko‘kcha va Sebzor dahalariga bo‘lingan. «Chorhokimlik» nomi bilan ma’lum bo‘lgan bu davrda dahalar o‘rtasidagi o‘zaro nizolar shahar xo‘jaligining, uning tashqi va ichki savdosini izdan chiqargan

batafsil »