Bosh sahifa » Kutubxona

Kutubxona

Kutubxonalar. Sirdaryo viloyat bolalar kutubxonasi

Sirdaryo viloyat bolalar kutubxonasi 1967 yilda tashkil etilgan. Kutubxonada kitobxon bolalarni kutubxonaga yanada ko‘proq jalb etish va ularning o‘qishdan tashqari bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida «Kitob haftaligi» o‘tkazish an’anaga aylangan. Taniqli yozuvchi va shoirlar bilan uchrashuvlar, «Yosh qalamkashlar», «Rasm chizish», «Yosh shoirlar», «Eng yaxshi kitobxon» ko‘rik-tanlovlari tez-tez o‘tkazilib turiladi. Hozirgi kunda kutubxonada Kitob saqlash, To‘kislash, Adabiyotlarga ishlov berish, Kitobxonlarga xizmat …

batafsil »

Kutubxonalar. Alisher Navoiy nomidagi Sirdaryo viloyat universal ilmiy kutubxonasi

Sirdaryo viloyat universal ilmiy kutubxonasi 1964 yilning sentyabr oyida Guliston tumani Nekrasov nomli kutubxona negizida tashkil etilgan. Dastlab kutubxona fondi 21 ming nusxadan iborat bo‘lgan. 1987 yilning 5 noyabrida 400 ming nusxa kitobga mo‘ljallangan zamonaviy bino qurilib, foydalanishga topshirilgan. Kutubxonaga esa Alisher Navoiy nomi berilgan. Kutubxonada Kitob saqlash, To‘kislash, Adabiyotlarga ishlov berish va kataloglashtirish, Kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish, Ilmiy-metodik, Bibliografiya, O‘smirlar …

batafsil »

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Samarqand viloyat bolalar kutubxonasi

Samarqand viloyat bolalar kutubxonasi 1953 yilda 1-sonli shahar kutubxonasi negizida tashkil etilgan. Kutubxona binosi sobiq viloyat pionerlar saroyida joylashgan edi. Dastlab kutubxona fondi 15 ming nusxadan iborat bo‘lgan. 1970 yilda viloyat bolalar kutubxonasi Pushkin nomidagi viloyat universal ilmiy kutubxonasining oldingi joylashgan binosiga ko‘chirilgan va shu yili kutubxonaga Abu Rayhon Beruniy nomi berilgan. Kutubxona Kitob saqlash, Adabiyotlarga ishlov berish va to‘kislash, …

batafsil »

Kutubxonalar. A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat universal ilmiy kutubxonasi

Samarqand viloyat universal ilmiy kutubxonasi 1911 yilda tashkil etilgan. O‘sha davrda kutubxona shahar kutubxonasi deb yuritilgan. Kutubxonaning asoschilaridan biri arxeolog V.Vyatkin hisoblanadi. Kutubxonaning birinchi rahbari V.Andreyevdir. Dastlab kutubxona fondi 2 ming nusxadan iborat bo‘lgan. 1937 yilda kutubxonaga A.S. Pushkin nomi berilgan. 1970 yilda 500 ming nusxadagi adabiyotlarga mo‘ljallangan bino qurilib, foydalanishga topshirilgan. Kutubxonada Kitob saqlash, To‘kislash, Adabiyotlarga ishlov berish, Talaba …

batafsil »

Kutubxonalar. Namangan viloyat bolalar kutubxonasi

Namangan viloyat bolalar kutubxonasi 1933 yilning 3 dekabrida tashkil etilgan. Kutubxonaning tashkilotchisi va mudiri A.S.Nikochenko bo‘lgan. Dastlab kutubxona fondi 300 nusxadan iborat bo‘lgan. 1945 yilgacha kutubxona sobiq pionerlar uyiga qarashli bo‘lgan. 1946 yilda Namangan shahar ijroiya qo‘mitasi qoshida madaniy-oqartuv bo‘limi tashkil etilgan va kutubxona madaniyat bo‘limiga o‘tkazilgan. 1969 yilning fevral oyida kutubxonaga viloyat bolalar kutubxonasi maqomi berilgan. T.Chichkina kutubxonaga rahbar …

batafsil »

O‘zbekis­ton Respublikasi Milliy kitob palatasi

KITOB PALATASI, O‘zbekis­ton Respublikasi Milliy kitob palatasi (Navoiy ko‘chasi, 30) – bibliografik markaz, O‘zbekistonda chop etilgan bosma materiallar statistikasini yuritish va ularni asrash bo‘yicha yetakchi muassasa. 1926 yil 3 yanvarda O‘zbekiston davlat kitob palatasi nomi bilan Samar­qandda tashkil etilgan. 1934 yildan Toshkent­da. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 7 yanvardagi 3-sonli qaroriga ko‘ra, unga Milliy Kitob palatasi maqomi berildi. Kitob …

batafsil »

Kutubxonalar. Nodira nomidagi Namangan viloyat universal ilmiy kutubxonasi

Nodira nomidagi Namangan viloyat universal ilmiy kutubxonasi 1918 yilda Namangan shahrida paxta zavodi qoshida 540 nusxa kitob fondi bilan ish faoliyatini boshlagan. 1929 yilga kelib sobiq Dzerjinskiy ko‘chasidagi binoga ko‘chib o‘tgan. 1941 yilda kutubxona viloyat kutubxonasiga aylanti- rilgan. 1980 yilda kutubxona uchun 500 ming nusxa kitob fondiga mo‘ljallangan maxsus 4 kavatli bino qurilib foydalanishga topshirilgan va shahar ijroiya qo‘mitasining qaroriga …

batafsil »

Kutubxonalar. Navoiy viloyat bolalar kutubxonasi

Navoiy viloyat hokimligining K-328 sonli «Viloyat bolalar kutubxonasini tashkil etish to‘g‘risida»gi qaroriga asosan 2001 yil dekabr oyida tashkil etilgan. Dastlab kutubxona fondi 14640 nusxadagi adabiyotlardan iborat bo‘lgan. Kutubxonada Kitob saqlash, To‘kislash va adabiyotlarga ishlov berish, Kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish, Ilmiy-metodik, Ma’muriy va xo‘jalik bo‘limlari mavjud. Kutubxonada rasm chizish, bichish-tikish, matematika to‘garaklari tashkil etilgan. Shuningdek, kitobxon bolalarni kutubxonaga yanada ko‘proq jalb etish …

batafsil »

Rauf Parfi: Fitrat she’riyati haqida

Abdurauf Fitrat she’riyati haqida so‘z ketganda shuni aytish kerakki- shoir ilk she’ridan boshlab Turk Dunyosini, Turkiston birligi, istiqlol g‘oyasini ilgari surdi, u turk dunyosiga millatparvar va yoniq shoir sifatida tanilgan edi. Bu haqda unga zamondosh tanqidchilardan Abdurahmon Sa’diy shunday yozadi: “Fitrat – hozirgi o‘zbek she’riyatida arab, fors so‘zlariga yo‘lni berkitdi. O‘zbek she’r tuzilishining rivojlanish yo‘llarini belgilay borib, ko‘pgina yosh shoirlarni …

batafsil »

Kutubxonalar. Abdulla Qodiriy nomidagi Navoiy viloyat universal ilmiy kutubxonasi

Abdulla Qodiriy nomidagi Navoiy viloyat universal ilmiy kutubxonasi Navoiy viloyat hokimining 1992 yil 27 maydagi PX-05/70 sonli «Viloyat birlashgan kutubxonasini tashkil etish to‘g‘risida»gi qaroriga asosan, 1992 yil iyun oyida viloyat bolalar kutubxonasi bilan birlashtirilgan holda tashkil etilgan. Dastlab kutubxona fondi 271495 nusxadan iborat bo‘lgan. O‘sha davrda kutubxonaga Galina Kovilina rahbarlik qilgan. Kutubxonada Kitob saqlash, To‘kislash va adabiyotlarga ishlov berish, Kitobxonlarga …

batafsil »

Kutubxonalar. Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyat universal ilmiy kutubxonasi

Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyat universal ilmiy kutubxonasi 1973 yilning dekabr oyida Jizzax shahar markaziy kutubxonasining ikkinchi tarmoq kutubxonasi negizida tashkil etilgan bo‘lib, 1974 yilning 2 sentyabrida ish boshlagan. O‘sha davrda kutubxona Jizzax viloyat ommaviy kutubxonasi deb nomlangan. Dastlab kutubxona fondi 12 ming 200 nusxadagi adabiyot lardan iborat bo‘lgan. 1993 yilda kutubxonaga Sharof Rashidov nomi berilgan. Hozirgi kunda kutubxonada Kitob …

batafsil »

Нозимжон Далибаев. Возрождение исламской цивилизации в Узбекистане: уроки прошлого и настоящего

Феноменом современного этапа общественного развития является возрождение и широкое распространение исламских ценностей. Подобные тенденции имеют место и в странах Центральной Азии, которые характеризуются многовековой историей исламской цивилизации. Обретение государственного суверенитета послужило началом нового этапа возрождения мусульманских ценностей

batafsil »

Весь Ташкент на 1925 год

Адресная и справочная книга (1925 г.) Содержание: Часть I. Статьи и обзоры 1. Узбеки (Историко-этнографический обзор) 2. Территория и население. Административное деление УзССР Ташкентская обл. 3. Ташкент

batafsil »