Bosh sahifa » Islom

Islom

“Sahihul Buxoriy” kitobining asl nusxasi bormi?

Imom Buxoriy o‘zining “Sahihul Buxoriy” kitobini o‘z qo‘llari bilan yozgan. So‘ngra, uni hadis o‘rganadigan ko‘plab shogirdlariga o‘qib va rivoyat qilib bergan. “Sahihul Buxoriy” kitobini Imom Buxoriyning o‘zidan juda ko‘plab talabalar eshitgan. Bu haqida Imom Buxoriyning eng mashhur shogirdlaridan biri Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf Firabriy (vaf. 320 h.): “Muhammad ibn Ismoil Buxoriyning “Sahihul Buxoriy” kitobini muallifni o‘zidan to‘qson ming kishi …

batafsil »

Shayxul-Azhar diyorimizda (1999 yil)

Qohiradagi «Al-Azhar» universiteti shayxi Muhammad Sayyid Tantoviy janoblari mamlakatimizga safari davomida 1999 yil 3 dekabr juma kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasiga tashrif buyurdi. Bu aziz mehmon juma namozini «Shayx Zayniddii» jome’ masjidida ado etdi. Zamonamizning yirik olimlaridan biri bo‘lmish Shayx hazratlari u yerda juma xutbasini o‘qib, masjid ahliga qarata sermazmun nutq so‘zlab, jumladan shunday dedi: “Allohga hamdu sano, payg‘ambarimiz Muhammadga (sollallohu …

batafsil »

Toshkentda saqlanayotgan nodir qo‘lyozma manbalar

O‘zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida: “Katta Langar” Qur’oni (VIII asr). Qur’oni karimning hijriy 665 yili mashhur xattot Ismoil Muborak ko‘chirgan nusxasi (ma’nolarining forsiy tarjimasi bilan). Ayyub Muhammad o‘g‘li. “Tarixi Ajam” (XVI asr). Burhoniddin Marg‘inoniy. “Al-Hidoya”, milodiy 1773 yili ko‘chirilgan. Abdulloh Xatib Tabriziy. “Mushkatul Masabix” (XVI asr), milodiy 1737 yili ko‘chirilgan. Akbarxo‘ja Xoji. “Bahrul Mavvaj”, xattot Abulfaqir Rahimberdi, hijriy 1244 yili ko‘chirilgan. …

batafsil »

Islom instituti

ISLOM INSTITUTI, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti (Zarqaynar 18-berk ko‘chasi, 47a -uy) – oliy diniy o‘quv yurti. O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy bosh­qarmasi raisi, muftiy Ziyovuddinxon Eshon Boboxon o‘g‘li tashabbusi bilan masjid imom-xatiblarining malakasini oshirish kurslari (1970) negizida 1971 yil Toshkentda tashkil etilgan. Dastlab Islom oliy ma’hadi deb nomlangan. 1991 yildan hozirgi nomda. Tashkil etilganda buyuk muhaddis Imom …

batafsil »