Bosh sahifa » Allomalar (page 4)

Allomalar

Zayniddin Vosifiy

VOSIFIY (taxallusi; asl ismi Zayniddin Mahmud ibn Abduljamil) (1485–1551 yoki 1566) – Toshkentda uzoq vaqt istiqomat qilgan mashhur adib. Hirotda munshiy oilasida tug‘ilgan. Arab tili, adabiyot, fiqh va boshqa bilimlarni puxta egallagan. Hirotda Shohrux madrasasida tahsil ko‘rgan (1511 yilgacha)

batafsil »

Toshkandliklar. Muhammad Solih

XIX asrda Toshkentda yashab ijod etgan tarixnavis olimlardan biri Muhammad Solihdir. Muhammad Solih Raximxoja (Qoraxoja) o‘g‘li 1830 yili Toshkentning «Qoryog‘di» mahallasida dunyoga keladi. Yoshlik vaqtidayoq ilm olishga qiziqadi, Toshkent va Buxoroda ta’lim oladi

batafsil »

Shohiy

Shoxo‘ja Hakim ibn Shofayzxo‘ja (taxallusi Shohiy) asli Toshkentning Oq masjid mahallasidan bo‘lib, ma’rifatparvar olimlardan edi. Bu kishi o‘qimishli, shoir, tabib va ma’rifatparvar bo‘lgan edi. Dastlab Yunusxon madrasasida mudarrislik qilgan, keyin ko‘p mamlakatlarga sayohat ham qilgan

batafsil »

Shosh tabiblari. Shoh Ali Kahhol

Shoh Ali ko‘z davolovchi tabib bo‘lgan. She’riyatdan xabari bo‘lgani uchuy Shoh Ali ko‘z kasaliga oid «Zubda» – manzuma, ba’zilarcha «Zubdayi manzuma» («Qaymoq» – she’riy kitob yoki «Nazmlar qaymog‘i») asarini (bu kitob «Kuhlnoma» deb ham yuritilgan) fors tilida yozgan

batafsil »

Yormuhammad Toshkandiy

Bu kishining ismi manbalarda Mavlono Soniy Yormuhammad ibn Pirmuhammad Toshkandiy bo‘lib, o‘tkir shoir edi, ayniqsa, muammo janrida muallif anchagina mahorat qozongan. Fors tilida muammo yozishda Abdurahmon Jomiy birinchi darajada bo‘lgan bo‘lsa, undan keyin hech kim bu kishichalik mahoratga ega bo‘lmagan edi

batafsil »

Shoshlik tabib. Ubaydulloh Kahhol

Ubaydulloh Kahhol XVI asrda yashagan tib olimidir. Kahholning ota-bobosi tib ilmida shuhrat qozongan va tibbiy asarlar yozganlar. Ubaydullohning otasi Muhammad Yusuf ham zo‘r e’tiborli tabib bo‘lib, «Risola fi-t-taxqiq va-t-tafsirot an-nabz» («Tomir orqali kasallikni aniqlash haqida risola») nomli tibbiy asar yozgan

batafsil »

Hofiz Ko‘hakiy

Toshkentda yashab ijod etgan Hofiz Ko‘hakiy o‘z zamonasining iqtidorli olimi va tarixchisi bo‘lgan. U mashhur o‘zbek olimi Ulug‘bekning (1394-1449) shogirdi Ali Qushchining (XV) nabirasidir. Hofiz Ko‘hakiy parkentlik Kamoliddinning o‘g‘li bo‘lib, to‘liq ismi Sulton Muhammaddir

batafsil »

Abu Sulaymon Banokatiy

XIV asrda Shoshda yashagan ko‘zga ko‘ringan tarixnafis olimlardan biri Abu Sulaymon Banokatiydir. Uning to‘liq ismi Abu Sulaymon Faxruddin Ali b. Abulfazl Dovud b. Muhammad al-Banokatiy

batafsil »

Zangi ota Himmatiy

Zangi ota Himmatiyning tavalludlari haqida ko‘plab rivoyatlar mavjud. Shulardan birida naql qilinishicha, Zangi ota tug‘ilganlaridan so‘ng, ul zotning ota-onalari chaqaloqni Hazrat Xoja Ahmad Yassaviy xuzurlariga olib borganlar. Suhbat asnosida Xoja Ahmad Hazratlarining nigohlari chaqaloqqa tushadi

batafsil »

Shayx Zayniddin bobo

Shayx Zayniddin bobo 1164 yilda Bag‘dod shahrida tug‘ilgan. Shayx Zayniddinning otalari — Shayx Shahobiddin Abu Xafs Umar Suxravardiydir. U kishi atoqli olim va jamoat arbobi bo‘lib, «suxravardiyya» tasavvuf tariqatini yaratganlar. «Avoruf ul-maorif» nomli mashhur kitobning muallifi

batafsil »

Abu Bakr Shoshiy (1038-1114)

Muhammad ibn Ahmad Shoshiy hijriy 429, milodiy 1038 yili dunyoga keladi. U Ibn Sino vafotidan (1037) bir yil keyin tug‘iladi. Shoshiy Bag‘dodda ta’lim oladi. Tengdosh talabalardan ziyrakligi va bilimdonligi bilan farq qilgan Shoshiy ustodlari nazdida ham katta obro‘ qozonadi

batafsil »

Ikki Iloqiy. Sharafuddin va Muhammad Iloqiylar

Olimlar tarjimai holi haqida yozilgan manbalarda ikkita Iloqiy nomi zikr etilgan. Bularning biri Sharafuddin Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf al-Iloqiy (vafoti 1068 yil), ikkinchisi Muhammad ibn Ali (ba’zan Adib) al-Iloqiydir (vafoti 1141). Lekin bu olimlar haqida yozganlar ularning ikkovini ham Ibn Sinoning shogirdi deb tilga olishadi

batafsil »

Shoshiy-Omiriy

Shoshiy-Omiriy arab tilida ijod qilgan toshkentlik shoirlardandir. Uning to‘la ismi Abu Omir Ismoil ibn Ahmad ash-Shoshiy al-Omiriy bo‘lib, Toshkentda tug‘ilgan, keyinchalik ilm-ma’rifat qidirib Sharq o‘lkalarini kezgan

batafsil »

Shayx Shibliy

Bu zamindan ne-ne ulug‘ zotlar yetishib chiqmagan deysiz. Afsus, ularning barchasi haqida ham yetarli darajada ma’lumotga ega emasmiz. Jumladan, Shayx Shibliyni biladiganlar ham ko‘p emas. Vaholanki, Farididdin Attorning “Tazkirat ul-avliyo”sida, Alisher Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat” kabi asarlarida bu ulug‘ shayx nomi alohida ehtirom bilan tilga olinadi

batafsil »