Bosh sahifa » Allomalar (page 3)

Allomalar

Mu’mil Shoshiy

MU’MIL SHOSHIY, to‘liq ismi Abu Rajo’ Mu’mil ibn Masrur ibn Abu Sahl ibn Ma’mun Shoshiy Xumrakiy (1049–1123) – faqih, muhaddis. Shosh vohasidagi Xumrak shaharchasida tug‘ilgan. Ilm-ma’rifat talabida yurt kezgan. Buxoroda Abu Xattob Tabariy hamda Faznada shoshlik mashhur faqix Abu Bakr Homid Shoshiydan fiqh ilmini o‘rgangan

batafsil »

Mutafakkirlar. Abu Lays Samarqandiy (911–985)

Abu Lays kunyasi bilan mashhur bo‘lgan Nasr ibn Muhammad ibn Ahmad Samarqandiy 911 yilda Samarqandda tug‘ilgan, shu yerda shayxulislomlik qilgan. Zamonasining yetuk fiqh va tafsir olimi, fozil va nufuzli kishisi bo‘lgan. Asarlaridan quyidagilarini ko‘rsatish mumkin: 1. “Tafsir al-Qur’on”. To‘rt jildi bo‘lib, eng yaxshi tafsirlardan hisoblangan

batafsil »

Mutafakkirlar. Abu Bakr Narshaxiy (899–959)

Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far ibn Zakariyo ibn Xattob ibn Sharik Buxoro vohasining Narshax qishlog‘ida 899 yilda tavallud topgan va 959 yilda vafot etgan. Abu Bakr Narshaxiy – Markaziy Osiyo tarixshunosligining durdonalaridan biri bo‘lmish “Tarixi Buxoro” deb shuhrat topgan nodir asarning muallifidir

batafsil »

Mutafakkirlar. Abu Abdulloh Xorazmiy

Markaziy Osiyoda ilm-fan yuksak taraqqiy etgan va buyuk allomalar davri IX–XI asrlar edi. O‘sha davrning keng bilimli, peshqadam olimlaridan biri Abu Abdulloh Xorazmiy (997 yilda vafot etgan) bo‘lgan. Bu olim haqida saqlanib qolgan ma’lumotlar juda kam. Olimning to‘liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Yusuf Xorazmiydir

batafsil »

Shoirlar. Miskin

MISKIN (taxallusi; asl ism-sharifi Fulomxalil Toshmuhammad o‘g‘li), (1880–1937) – shoir. Toshkentda tug‘ilgan. Balandmachitdagi maktabda, so‘ng Ko‘kaldosh madrasasida o‘qigan. Dastlabki she’rlari muhabbat mavzuida. Ko‘p o‘tmay, she’riyatiga zamon sadolari kirib kelgan. Xalqimizning milliy-ijtimoiy uyg‘onishida katta xizmat qilgan «Shuhrat» gazetasini she’r bilan quvvatlab chiqqan

batafsil »

Mutafakkirlar. Abu Abdulloh Rudakiy (860–941)

Sharqda tanilgan mutafakkir Abu Abdulloh Ja’far Rudakiy 860 yilda Samarqand yaqinidagi Panjrudak qishlog‘ida, dehqon oilasida tug‘ildi. Bu davrda Movarounnahr Eron, Hindiston, Xitoy, Misr va Suriya bilan savdo va madaniy aloqalarni yaxshi yo‘lga qo‘ygan edi

batafsil »

Mutafakkirlar. Muhammad ibn Muso Xorazmiy (783–850)

Buyuk matematik, astronom va geograf Muhammad Xorazmiy VIII asrning oxiri va IX asrning birinchi yarmida yashab ijod etdi. Dunyo faniga g‘oyat katta hissa qo‘shdi. Algebra fanining asoschisi bo‘ldi. Xorazmiy Xorazm o‘lkasida tug‘ilib, o‘sdi. Adabiyotlarda 783 yil uning tug‘ilgan yili deb qabul etilgan

batafsil »

Mutafakkirlar. Muhammad ibn Ismoil Buxoriy (810–870)

Hadis ilmining rivojida oltin davr hisoblangan IX asrda hadisshunoslikda katta muvaffaqiyatlar qo‘lga kiritilgan. Chunonchi, butun islom dunyosidagi eng nufuzli manbalar deb tan olingan oltita ishonchli hadislar to‘plamining (as-sihoh as-sitta) mualliflari yashab ijod qilganlar. Ular orasida “Hadis ilmida amir al-mo‘minin” degan sharafli nomga sazovor bo‘lgan Imom Buxoriy alohida e’tiborga molik buyuk olimdir

batafsil »

Mutafakkirlar. Ahmad Farg‘oniy (798–865)

O‘rta asrlarda yashagan Markaziy Osiyolik olimlar orasida buyuk astronom, matematik va geograf Farg‘oniy salmoqli o‘rin egallaydi. Olimning to‘liq ismi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir Farg‘oniydir. Sharqda “Hosib” (matematik) degan laqab olgan

batafsil »

Mutafakkirlar. Ahmad Marvaziy

Ahmad Marvaziy (770–870) – Bag‘dod ilmiy maktabida faoliyat ko‘rsatgan yirik astronom va matematiklardan biri Ahmad al-Marvaziy bo‘lib, u “Astronomik jadvallar”, “Damashq ziji” (bu zij Bag‘dod shahri uchun tuzilgan) va “al-Ma’munning sinalgan jadvali” asarlarining muallifidir

batafsil »

Abu Iso Muhammad Termiziy (824–892)

Markaziy Osiyolik buyuk mutafakkirlardan biri – mashhur muhaddis Abu Iso Muhammad Termiziydir. Uning to‘liq ismi Abu Iso Muhammad ibn Savra ibn Muso ibn Dahhok Sullamiy Termiziy bo‘lib, u 824 yilda Termizda, uncha badavlat bo‘lmagan oilada tavallud topdi. Uning yoshlik yillari Termiz shahrida o‘tib, dastlabki ma’lumotni ham shu shaharda olgan

batafsil »

Bizni jaholat – jahli murakkab. Munavvarqorining ijodidan namunalar

Maqola (“Taraqqiy” gazetasi, 1906 y. 14 iyun, № 1): Har millatni maktab va madrasasi o‘ldig‘i kabi bizni ham maktab va madrasalarimiz garchi benizom va beusul bo‘lsa ham, yo‘q demak darajada oz emasdur. Har millat avlodini tarbiyat va ta’limi ulumda ko‘rsatgan himmat va g‘ayrati kabi bizlarda ham o‘z ma’sum avlodlarini jaholat va g‘aflat zulmatida qolmoqig‘a hech bir rizolari o‘lmay, qo‘llaridan kelganicha …

batafsil »

Tabarruk siymo. Munavvarqori

O‘zbek xalqi tarixining so‘nggi 130 yilga yaqin davri “oq” va “qizil” saltanatlar tarkibida kechdi. O‘zbek diyorining moddiy va madaniy boyliklarini talon-taroj etishini o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan chor va sovet davlatlari xalqning shu davrda yashagan peshqadam vakillari – uni hur va ozod ko‘rishni istagan, shu yo‘lda faoliyat ko‘rsatgan kishilarni uzluksiz ravishda mahv etib keldi

batafsil »