Bosh sahifa » Allomalar (page 2)

Allomalar

Shoshlik allomalar

“Nasab” arabcha so‘z bo‘lib, kelib chiqish, nasl-nasab, sulola, ajdod ma’nolarini anglatadi. Islom ahlining ko‘payishi, arab xalqlarining ajam xalqlari bilan qo‘shilib ketishi nasablarni o‘rganish haqidagi ilmning dunyoga kelishiga zamin yaratdi. Uning asoschisi nasab ilmining imomi Hishom ibn Muhammad ibn Soib al-Kilabiy (vafoti hijriy 204 (milodiy 820) yil)dir. Shu an’ana davomchisi “Al-Ansob” muallifi — toj al-islom Abu Sa’d Abdulkarim ibn Muhammad ibn …

batafsil »

Yangidunyo.uz: Ikki Turkiston g‘ururi. Alixonto‘ra Sog‘uniy

Ulug‘ tangrimiz — Ollohga cheksiz shukrlar bo‘lsinkim, yaqin bir yarim asr davomida ozodlikning hayotbaxsh sharbatiga chanqoq Turkiston ahlining ko‘pchiligiga hurriyat nasib bo‘ldi. Buning sharofatidan shonli tariximizni soxtalikning o‘laksa qobiqlaridan tozalay boshladik, ma’naviyatimizni yaxshi niyatlar-la taftish qilmoqdamiz, ulug‘larimiz merosidan chin insoniy qadriyatlarni ularga amal qilish uchun izlamoqdamiz. Bu sa’y-harakatlardan olinajak natijalar ma’naviy kamolotni xoh ongli, xoh ongsiz ravishda moddiy rivojlanishdan oliyroq …

batafsil »

Mutafakkirlar. Abdulxoliq G‘ijduvoniy (1103–1179)

Xoja Abdulxoliq ibn Abduljamil G‘ijduvoniy tasavvufning yirik namoyandasi, mashhur avliyo, Xojagon nomi bilan shuhrat qozongan O‘rta Osiyo tariqatining asoschisi va rahnamosi, 1103 yilda Buxoro yaqinidagi yirik savdo-sotiq karvon yo‘llaridan bo‘lmish G‘ijduvon qishlog‘ida ma’rifatli oilada tug‘ilgan. O‘z qishlog‘ida dastlabki ma’lumotni olgach, 22 yoshida ilmini takomilga yetkazish maqsadida Buxoroga keladi. Bu yerda o‘sha davrning yirik olimlari va tasavvuf namoyandalaridan yetarli ta’lim oladi. …

batafsil »

Mutafakkirlar. Yusuf Xos Hojib

Yusuf Balasog‘uniy Yettisuv o‘lkasidagi Kuzo‘rda (Balasog‘un) shahrida 1021 yilda dunyoga keladi. Bu davrda Yettisuv va Sharqiy Turkiston o‘lkalari turkiy qarluq qabilasidan chiqqan Qoraxoniylar sulolasi qo‘l ostida edi. Bu sulola VI–IX asrlarda hukm surgan Buyuk Turk xoqonligining davomchilari bo‘lib, IX asr o‘rtalaridan davlatni boshqarib keldilar. X asr boshlarida Abdulkarim Sotuq Bug‘raxon (924–955) islom dinini qabul qildi va shu bilan turkiy elatlar …

batafsil »

Boqiy Jarroh Toshkandiy (16-asr)

BOQIY JARROH TOSHKANDIY (16-asr) – olim, tabib, shoir, musiqashunos va xattot. Toshkentda tug‘ilgan. Balx, so‘ngra Ahmadobod (Hindiston)ga borib, o‘sha yerda vafot etgan. Olim tabobatdan tashqari Davlatshoh Samarqandiyning tazkirasini ko‘chirgan (1581), bir qancha asarlarga, jumladan, «Yusuf Zulayho» dostoniga sharh yozgan, «Odob ul-munozara» asari sharhiga arab tilida hoshiya yozgan. Boqiy Toshkandiy fors tilida lirik she’rlar ham yozgan bo‘lsa-da, uni turkigo‘y shoir deyishgan

batafsil »

Mutafakkirlar. Abu Rayhon Beruniy (973-1048)

O‘rta asrning buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy 973 yil 9 sentyabrda Xorazmning qadimgi poytaxti Kot shahrida tug‘ildi. Ayrim manbalarda Beruniyni Kot shahrining tashqarisida tug‘ilgan, shu sababli uni “Beruniy”, ya’ni “tashqarilik” degan taxallus bilan atashgan deyishadi. Yoshligidanoq ilm-fanga qiziqishi orta bordi. Beruniy keyinchalik mashhur olim Abu Nasr Mansur ibn Iroq qo‘lida ta’lim oldi. Ibn Iroq astronomiya, geometriya, …

batafsil »

Mutafakkirlar. Abu Zayd Dabusiy (978–1039)

Yirik huquqshunos olim Abu Zayd Ubaydullo ibn Umar ibn Iso Qoziy Dabusiy Buxoroning yetti mashhur qozisi (quzzoti sab’a)dan biri, hanafiy mazhabining salohiyatli vakili va raisi edi. U Buxoro va Samarqand oralig‘ida joylashgan Dabusiya qishlog‘ida 978 yilda tug‘ilib voyaga yetgan va 1039 yil Buxoroda hayotdan ko‘z yumib, Imom Abu Bakr Tarxon maqbarasi yaqinida dafn etilgan

batafsil »

Mutafakkirlar. Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad ibn Abu Sahl Saraxsiy (vaf. 1094)

Mashhur islomshunos-faqih, Turkmanistonning Saraxs shahrida dunyoga kelgan. Bu vaqt Movarounnahrda qoraxoniylar (927–1212) sulolasi hukmronlik qilardi. Muhammad bolaligidan ilmga qiziqqan va o‘tkir zehnli bo‘lgan. Saraxsda boshlang‘ich diniy ta’limni olib, Qur’oni karimni to‘liq yod olgan, hadis, sarfu nahv (grammatika), balog‘at ilmlarini egallagan

batafsil »

Xoja Ro‘shnoyi (Xoja Chirog‘bardor)

XOJA RO‘SHNOYI (laqabi Xoja Chirog‘bardor) – tasavvuf vakillaridan (11-asr). Xoja Ro‘shnoyi nomi bilan bog‘liq qadamjolar O‘rta Osiyoda keng tarqalgan. Masalan, Termizdagi 11-asr me’moriy yodgorligi Xoja Ro‘shnoyi maqbarasi nomi bilan yuritiladi. Toshkentda Xoja Ro‘shnoyi mahallasida Xoja Ro‘shnoyiota mozori bo‘lgan

batafsil »

Mutafakkirlar. Abu Ali ibn Sino (980–1037)

Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatini o‘rta asr sharoitida dunyo madaniyatining oldingi qatoriga olib chiqqan buyuk mutafakkirlardan biri Abu Ali Husayn ibn Abdulloh ibn Sino bo‘lib, u Yevropada Avitsenna nomi bilan mashhurdir. Ibn Sino Buxoroning Afshona qishlog‘ida 980 yilning safar oyida, amaldor oilasida tug‘ildi. 986 yilda Ibn Sino oilasi Buxoroga ko‘chib keladi

batafsil »

Mutafakkirlar. Hakim Termiziy (820–932)

Hakim Termiziyning to‘liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn Hasan ibn Bashar Termiziy bo‘lib, u 820 yilda Termiz shahrida tavallud topib, uzoq umr ko‘rib 932 yilda vafot etgan. Uning maqbarasi Termiz shahrining yaqinida – Amudaryo bo‘yida joylashgan

batafsil »

Mutafakkirlar. Ahmad ibn Ali Nisoiy (830–915)

Abu Abdurahmon Ahmad ibn Ali ibn Shu’ayb Xurosonning Niso shahrida 830 yilda tug‘ilgan. Shu yerning mashhur olimlaridan dars olgan, Qur’onni yod olgan. Keyin talabi ilm yo‘lida 15 yoshligida Hijoz, Iroq, Shom, Misr va Makkaga yo‘l olgan. Bu shahar va mamlakatlar olimlaridan dars olgan. Hadis ilmi va hadislarni bilishda zamonasining peshqadamlaridan bo‘lgan

batafsil »

Mutafakkirlar. Abulqosim Is’hoq ibn Muhammad Hakim Samarqandiy

Faqih, muhaddis, mutakallim va mudarris Hakim Samarqandiy nomi bilan mashhur bo‘lgan olimning to‘liq ismi Abul Qosim Is’hoq ibn Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn Zayd Samarqandiy (953 yilda vafot etgan) bo‘lib, u o‘z zamonasida butun musulmon olamida tanilgan edi. Yozma manbalarda ko‘rsatilishicha u ilmga nihoyatda qiziqqan va Samarqand madrasalarida mudarrislik qilgan

batafsil »

Mutafakkirlar. Abu Nasr Forobiy (873–950)

Jahon madaniyatiga katta hissa qo‘shgan Markaziy Osiyolik mashhur faylasuf, qomusiy olim Forobiyning to‘liq ismi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug‘ Tarxon. O‘rta asrning bir qancha ilmiy yutuqlari, umuman Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarida taraqqiyparvar ijtimoiy-falsafiy tafakkur rivoji uning nomi bilan bog‘liq

batafsil »

Mutafakkirlar. Abu Mansur Moturidiy (870–945)

Abu Mansur Moturidiy sunniy e’tiqodidagi ikki yirik ta’limotlardan biri bo‘lmish moturidiya ta’limotining asoschilaridan hisoblanadi. Uning to‘liq ismi Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud Hanafiy Moturidiy Samarqandiydir. Buyuk kalom imomi va fiqh olimi asli Samarqandning Moturid qishlog‘idan bo‘lib, uning taxallusi shu qishloqqa nisbatan olingandir

batafsil »