ABULLAYS NASR TUNKATIY, to‘liq ismi Abullays Nasr ibn al-Hasan ibn Qosim ibn al-Fazl ash-Shoshiy at-Tunkatiy (1013–1093) – shayx, muhaddis. Iloq markazi Tunkatda tug‘ilgan. Uni Abulfath deb ham atashgan. Ilm talabida Misr, Mag‘rib, Tunis, xatto Andalus (Ispaniya)ga ham borgan. Olim taniqli savdogar ham bo‘lgan. U asosan buyuk muhaddis Imom Muslim ibn Hajjojning «Sahih al-Muslim» kitobidan saboq bergan. Umrining oxirgi yillarida Nishopurda yashab, …
batafsil »Allomalar
Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Homid Imom Shoshiy
Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Homid Shoshiy (397/ 1007-485/1092) – imom, alloma, faqih1 bo‘lib, Shoshda tug‘ilgan. O‘z yurtida fiqh ilmini Abu Bakr Sanjiydan o‘rgangan. Undan ko‘p kishilar fiqh ilmidan saboq olishgan. Tarixchi Abu Saʼd Samʼoniyning aytishicha, «Imom Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Homid Faqih Marvda bo‘lib, mening bobom Imom Abulmuzaffar Samʼoniyning asʼhoblaridan edi. U taqvodor, zohid, pok qalbli …
batafsil »Abulhasan Qosim ibn Imom Abu Bakr Muhammad ibn Ali Qaffol Shoshiy
Abul Hasan Qosim ibn Imom Abu Bakr Muhammad ibn Ali Qaffol Shoshiy (“at-Taqrib” asari muallifi) – yirik faqih. Buyuk alloma Abu Bakr Qaffol Shoshiyning o‘g‘li bo‘lib, manbalarda dunyodagi ulug‘ imomlardan biri sifatida eʼtirof etilgan. Abbodiy uni o‘z “Tabaqot”ida zikr qilib, shunday degan: «Uning xizmatlari buyukdir, bunga uning “at-Taqrib” kitobi shohiddir1. Tojuddin Subkiyning xabar berishicha, Qosim ibn Muhammad ibn Ali Shoshiydan …
batafsil »Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad ibn Husayn ibn Umar Shoshiy Imom al-Kabir Faxr ul-Islom Mustazhiriy
Imom, alloma, shofiʼiya shayxi1, o‘z asrining faqihi Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad Shoshiy ulug‘ (katta) imom, islom faxri sifatida shuhrat qozongan2. Tojuddin Subkiyning yozishicha, “u taqvodor, ibodatgo‘y bo‘lib, nomi el-yurt orasida mashhur bo‘lgan”3. Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad Shoshiy 429/1038-yil muharram oyida Shosh yaqinidagi Mayoforiqin qishlog‘ida tug‘ilgan4.U dastlab fiqhilmidan Mayoforiqinda Muhammad ibn Bayon Kazruvniy5dan, Mayoforiqin qozisi Abu Mansur Tusiy Shayx …
batafsil »Mutafakkirlar. Sulaymon Boqirg‘oniy
Hakim ota, Qul Sulaymon laqablari bilan ham mashhur bo‘lgan so‘fiy shoir (vaf. 1186). Xoja Ahmad Yassaviyning iste’dodli shogirdi. Tariqatda ham, she’riyatda ham Ahmad Yassaviy an’analarining davomchisi. Sulaymon Boqirg‘oniy Xorazmning Boqirg‘on degan qishlog‘ida tug‘ilib, Xorazm madrasasida ilmi tahsil olgan, diniy tasavvufiy bilimlarni chuqur egallagan. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”da: “Hakim ota – oti Sulaymondir. Xoja Ahmad Yassaviyning murididur”, deb yozar ekan, Hakim …
batafsil »Lutfiy (Lutfiyi Shoshiy)
LUTFIY (1366–1465), Mavlono Lutfiy – o‘zbek shoiri, orif va mutafakkir. O‘z zamonining «malik ul-kalomi». YAqin vaqtlargacha Lutfiyning tavallud topgan va vafot etgan joyi Hirotning Dehikanor mavzei deb ko‘rsatib kelingan. Shayx Ahmad Taroziyning Mirzo Ulug‘bekka bag‘ishlab yozilgan «Funun ul-balog‘a» asari topilgach, undagi «ma’dan ul-latoyif Lutfiyi Shoshiy» jumlalariga asoslanib, Lutfiyning ona vatani Toshkent bo‘lgan, degan fikr ham ilgari surildi. Lutfiyning hayot yo‘li …
batafsil »Mutafakkirlar. Mahmud Koshg‘ariy (1030–1127)
Mahmud Koshg‘ariy Markaziy Osiyoda ilk o‘rta asr madaniyatining buyuk arboblaridan bo‘lib, tilshunoslik sohasida, xususan, turkiy tillarni o‘rganish sohasida mashhur bo‘ldi va tarixda o‘chmas iz qoldirdi. Mahmudning otasini ismi Husayn, bobosiniki Muhammad bo‘lib, kelib chiqishi va tiliga ko‘ra Koshg‘ariy nisbatini olgan. U yashab ijod etgan davrda Movarounnahrda Somoniylar o‘rnini Qoraxoniylar sulolasi egallagan, turkiy adabiy til mintaqada keng urf bo‘la boshlagan edi. …
batafsil »Mutafakkirlar. Mahmud Zamaxshariy (1075–1144)
Ko‘hna Xorazm zaminida azaldan jahon fani va madaniyati rivojiga munosib hissa qo‘shgan ko‘plab buyuk allomalar yetishib chiqqan. Abul Qosim Zamaxshariy ana shunday ulug‘ siymolardan biridir. Mutafakkirning to‘liq ismi Abul Qosim Mahmud ibn Umar Zamaxshariy bo‘lib, 1075 yil 19 martda Xorazmning katta qishloqlaridan biri – Zamaxshar qishlog‘ida tavallud topdi. Zamaxshariy haqidagi ma’lumotlar, asosan, o‘rta asr arab manbalarida keltiriladi. Otasi unchalik badavlat …
batafsil »Mutafakkirlar. Burhonuddin Marg‘inoniy (1123–1197)
Buyuk faqih Ali ibn Abu Bakr ibn Abduljalil Farg‘oniy Rishtoniy Marg‘inoniy 1123 yil 23 sentyabrda tug‘ildi va 1197 yilda Samarqandda vafot etgan. U Qur’on, hadis ilmlarini mukammal egallab, fiqh – islom huquqshunosligi borasida benihoya chuqur ilmga ega bo‘lgani va bu sohada beqiyos asarlar yaratgani tufayli Burhonuddin (Islom dinining dalili) va Burhonuddin Marg‘inoniy (Marg‘inon – Marg‘ilon shahrini o‘rta asrlarda arablar Marg‘inon …
batafsil »Mutafakkirlar. Ahmad Yassaviy (1105–1167)
Islom dini paydo bo‘lgandan so‘ng uning doirasida, Qur’on va hadis ahkomiga mos ravishda paydo bo‘lgan tasavvufiy ta’limotlar X–XI asrlarga kelib Movarounnahrda ham keng tarqala boshladi. Tasavvuf – Yaqin va O‘rta Sharq xalqlarining ma’naviy hayoti tarixidagi eng murakkab, o‘zaro ziddiyatlarga to‘lib-toshgan va muhim hodisalardan biri bo‘lib, uning uchun tarkidunyochilik, bu dunyo boyliklaridan va nozu ne’matlaridan voz kechish, Alloh vasliga yetmak maqsadida …
batafsil »Mutafakkirlar. Ahmad Yugnakiy (XII asr)
Manbalarda Ahmad Yugnakiyning tug‘ilgan joyi Yugnak deb ataladi. Bu nomdagi qishloqlar qadimgi Samarqand atrofi, Farg‘ona vodiysi va Sirdaryo bo‘ylarida mavjud bo‘lgan. Ahmad onadan ko‘zi ojiz tug‘ildi. Alisher Navoiy bu haqda shunday yozadi: “Haq subhonahu va taolo agarchi zohir ko‘zin yopuq yaratgandur, ammo ko‘ngil ko‘zin bag‘oyat yoruq qilg‘ondur”. Ahmad yoshligidan juda qobiliyatli va ziyrak bo‘lgan. Ko‘zi ojizligi sababli, o‘zga turk yigitlari …
batafsil »Ibrohim Shoshiy
IBROHIM SHOSHIY, to‘liq ismi Abu Ishoq Ibrohim ibn Xuzayl ibn Qumayr ibn Xoqon Shoshiy (952 yilda vafot etgan) – muhaddis. Shoshning Xarashkat shahrida tug‘ilgan. A’bd ibn Muhammad Hamidning tafsiri va musnadini o‘rganib, undan hadis ilmidan ta’lim olgan. Ibrohim Shoshiydan 930 yilda Shoshda Abu Hotam ibn Xibbon, Abdulloh ibn Ahmad ibn Hamavayhi as-Saraxsiy va boshqa muhaddislar hadisdan ta’lim olishgan. Saraxs shahri …
batafsil »Хазрат Имам Абу Бакр Каффал Шаши – мухаддис из Ташкента
Исламские традиции на протяжении веков сопрягаясь с богатым культурным наследием народов Центральной Азии, способствовали формированию здесь особой мусульманской культуры, которая отразилась как на духовно-просветительской жизни, так и наложила отпечаток на развитие науки и образования. Особое место в этих исторических процессах занимал Узбекистан и такие его города, как Бухара, Самарканд, Насаф, (Карши), Термез, Хива, Шаш (Ташкент) и др., прославившиеся во всём …
batafsil »Ulamolarimiz. Saidqul Qizilbuloqiy (1894 – 1960)
Olim va orif inson, shariat va tariqat ilmlari bilimdoni Saidqul Abdurahim o‘g‘li 1894 yili hozirgi Forish tumanining Qizilbuloq qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasi Abdurahim mingboshi boy, dinu diyonatli va ma’rifatli inson edi. Zehnu qobiliyatli besh-(olti) yashar o‘g‘lini boshlang‘ich savod chiqarishi uchun Mulla Jo‘liboy qo‘lida o‘qitdi. So‘ngra Saidqul bolatoshlik imom-xatib domla Omon Oxunddan ta’lim olib, 7–8 yoshlarida hofizi Qur’on bo‘ldi. O‘sha paytlari Samarqandning …
batafsil »Mutafakkirlar. Abu Mu’in Nasafiy (1027–1114)
Kalom ilmining mashhur allomasi, mutafakkir Abu Mu’in Nasafiy 1027 yil Qarshi (Nasaf)da tug‘ilgan. Shu yerda o‘qib, ilmini kamolga yetkazgan. Umar ibn Muhammad Nasafiyning “al-Qand fi zikri ulamoi Samarqand” (Samarqand olimlari zikrida qand kitobi) asarida bu olim haqida shunday deyilgan: “Sharqu G‘arbning olimu ulamolari Abu Mu’in Nasafiy ilmining dengizidan bahra topib, u taratgan ziyo nurlarini ko‘zlariga to‘tiyo qilib surtganlar”. Abu Mu’in …
batafsil »