Bosh sahifa » Allomalar » Boqiy Jarroh Toshkandiy (16-asr)

Boqiy Jarroh Toshkandiy (16-asr)

BOQIY JARROH TOSHKANDIY (16-asr) – olim, tabib, shoir, musiqashunos va xattot. Toshkentda tug‘ilgan. Balx, so‘ngra Ahmadobod (Hindiston)ga borib, o‘sha yerda vafot etgan. Olim tabobatdan tashqari Davlatshoh Samarqandiyning tazkirasini ko‘chirgan (1581), bir qancha asarlarga, jumladan, «Yusuf Zulayho» dostoniga sharh yozgan, «Odob ul-munozara» asari sharhiga arab tilida hoshiya yozgan. Boqiy Toshkandiy fors tilida lirik she’rlar ham yozgan bo‘lsa-da, uni turkigo‘y shoir deyishgan. O‘zbekiston FA Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan (inv. №9601) qo‘lyozmada Boqiyning she’rlari ham bor. Bu qo‘lyozma esa 1797–1809 yillar orasida ko‘chirilgan.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

O‘xshash maqola

Mutafakkirlar. Sulaymon Boqirg‘oniy

Post Views: 2 385 Hakim ota, Qul Sulaymon laqablari bilan ham mashhur bo‘lgan so‘fiy shoir (vaf. …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan