Bosh sahifa » Zamonaviy Toshkent » Bog‘ishamol ko‘chasi

Bog‘ishamol ko‘chasi

Bog‘ishamol ko‘chasi markazdan uzoqda joylashgan bo‘lsa ham, toshkentliklarga, avvalo, unda joylashgan Hayvonot bog‘i tufayli yaxshi tanish.

Qachonlardir bu yer shaharning chegarasi bo‘lib, Qoramurt ko‘chasi deb atalgan va 1950 yilda tashkil etilgan Botanika bog‘i va “O‘zqishloqmash” zavodiga olib borgan. Ushbu ko‘chaning orqasida, temir yo‘l va Bo‘zsuv kanalidan – hozirgi Chinobod, Yunusobod va teleminoradan o‘tganda sobiq Stalin, Boltaboyev va Pravda jamoa xo‘jaliklari joylashgan.

1947 yilda G‘alaba bog‘i ochildi. Hozirda uning o‘rnida Disneylend, Yapon bog‘i va akvabog‘i joylashgan, 1955 yilda Toshkent elektrotexnika aloqa instituti, hozirgi TATU yy ochildi. TATU binosining o‘ng tomonidan Qoramurt ko‘chasi boshlanadi.

Tez orada ko‘chaga yangi, Jahon Obidovaning nomi berildi. Ko‘chaning yaqinida joylashgan tamaki fabrikasiga ham uning nomi berildi.

1970 yillarda temir yo‘l bilan ko‘chaning kesishmasida yo‘l o‘tkazgich qurildi.

21 asrning boshida ko‘chani yana qayta nomlashdi va u Bog‘ishamol deb atala boshladi.

Hozirgi kunda bu yerda Davlat test markazi, Mirzo Yusuf, yaʼni Bodomzor masjidi, UNICON markazi, Axborot kutubxona markazi, TATU qoshidagi akademik litsey, “O‘zqishloqmash” zavodi, Bo‘zsuv GES, Hayvonot va Botanika bog‘lari joylashgan. Ko‘cha yangi qurilgan, Yunusobodni Qorasuv mavzesi bilan birlashtiruvchi Yangishahar – Do‘rmon yo‘li yo‘nalishi bilan kesishib, Salarni kesib o‘tadi. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va uning huzuridagi litseyning yonidan o‘tgan ko‘cha aylanma avtomobil yo‘liga chiqib, tugaydi.

Bog‘ishamol ko‘chasi shaharliklar orasida mashhur va transport yuklamasi katta. Bu yerda ko‘plab kafelar, savdo va tibbiyot obyektlari joylashgan.

Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati maʼlumotlari asosida

O‘xshash maqola

Teleminora (tun og‘ushida)

Post Views: 990 Mansur Urazbaev:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan